O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
20.3K subscribers
19.4K photos
1.61K videos
21 files
5.34K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
🛡Andijonlik yoshlar koronavirusga qarshi kurashda tashabbus ko'rsatmoqda.

🔹COVID-19 pandemiyasi tarqalishini oldini olish va epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida hudud yoshlari Andijon viloyat hokimligi va "Face Mask" MChJ korxonasi ko'magida 10 mingta tibbiy niqob va 2 mingta qo'lqop aholiga bepul tarqatishdi.

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamyurtlarimizni kasallikka qarshi kurashga undagan, aholi salomatligi haqida qayg'urayotgan aksiya tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiradi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🌟Uyda qolish sizni izlanishlardan va yangi imkoniyatlardan cheklab qololmaydi!

🔸"Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi respublikadagi yosh tadbirkorlar bilan hamkorlikda siz uchun uydan chiqmagan holda daromad olish usullarini o'rgatuvchi yangi loyiha ustida ish olib bormoqda.

🔹Loyiha doirasida tadbirkorlikka qiziquvchilar va yoshlar uchun muvaffaqiyatli tadbirkorlar uy sharotida foyda olish usullari haqida master klass o'tib beradilar.

📝Yangi bilim va tajriba orttirishdan to'xtamang. Qatordan chetda qolmang, siz ham #uyda_qol_foyda_ol chellenjiga qo'shiling !

Batafsil👉🏻 @ykfoundation

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔸Hurmatli yoshlar va telegram kanalimiz obunachilari.

🦠Respublikamizda so‘nggi kunlarda COVID-19 virusi tarqalishini oldini olish maqsadida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

📥Sizning sog'ligingiz va vaqtingizni o'ylagan holda tashkilotimizda faoliyat yuritayotgan "Yoshlar Qabulxonasi"ga tashrif buyurish o'rniga, tashkilot faoliyatiga doir taklif yoki e’tirozlaringizni 1️⃣0️⃣9️⃣3️⃣ qisqa raqamiga yoki telegramdagi @yoshlarmurojaatibot orqali yetkazishingiz mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan bloger va jurnalistlar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdormiz.

(Videolavha 17 mart kuni suratga olingan)

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Axborot xizmati

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Uyda qoling I Tavsiyalarga amal qiling❗️
(surdotarjima bilan)

🔴Qoʼllaringizni sovun bilan kamida 20 soniya davomida yuving.

🔴Аksirgan yoki yoʼtalganingizda ogʼzingizni, burningizni bir martalik qogʼoz sochiq bilan toʼsib oling, qogʼoz sochiq boʼlmasa tirsangingizdan foydalaning.

🔴Qoʼllaringiz bilan ogʼzingizni, koʼzlaringizni va burningizni ushlamang.

🔴Oʼzingiz turgan xonangizni tez-tez shamolatib turing.

🔴Doimiy foydalanagidan buyumingizni har kuni tozalang.

🔴Koʼrishish va quchoqlashish kabi holatlardan tiyiling.

🔴Imun tizimi kuchli boʼlishi uchun koʼproq suyuqlik ichib turing.

🔴Аgar Sizda shamollash alomatlari boʼlsa, keksalar yoki surunkali kasalligi bor odamlar bilan muloqotga kirishmang.

🔴Niqob taqmasdan tashqariga chiqmang.

🔴Isitma, aksirish, nafas siqishidan shikoyatingiz boʼlsa tezda shifokorga murojaat qiling.

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi
Аxborot xizmati
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ga a’zo davlatlarning yoshlar bilan ishlash sohasida hamkorlik shartnomasiga qo‘shilishi to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

📝Mazkur bitim MDHga a'zo mamlakatlarning yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlari va yoshlar jamoat tashkilotlari orqali yoshlar bilan ishlash sohasida hamkorlikni kuchaytiradi va rivojlantiradi, shuningdek MDH yoshlarining o'zaro hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi. Bitimga qo'shilgan mamlakatlar ushbu maqsadlarga erishish uchun kerakli sharoitni yaratish majburiyatini o'z zimmalariga oladilar.

🔸Ma’lumot uchun: MDH ishtirokchi-davlatlarining yoshlar bilan ishlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimi 2005-yil 25-noyabrda Moskva shahridagi Kengash yig‘ilishida imzolangan.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
📣 Vaqt - bu pul! Vaqtingizni esa to‘g‘ri maqsadlarga sarflang va u kelajakda sizni porloq biznes loyihalar tomon boshlashi mumkin!

🤝 Karantin va ijtimoiy masofalanish vaqtida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Bridge Consult hamda MEPartnersning malakali biznes-trenerlari bilan hamkorlikda onlayn darslarni tavsiya etadi 👩🏻‍💻👨🏻‍💻

🧐 Har tomondan koronavirus va u bilan bog'liq masalalar biznes kayfiyatingizga, muhitga ta'sir qilishni boshlasa, inqiroz haqida fikrlar xayolingizdan ketmasa, sarosimaga tushmang, nafasingizni rostlab, vebinarga qo‘shiling!

Aslida murakkab va inqirozli davrlar – imkoniyatlar pallasidir. Biz sizga bir nechta oddiy tashxis va tashabbuslar uslubini beramiz, siz undan foydalanib, biznesingizni yangi darajaga olib chiqishingiz mumkin.

#Biznes #Tadbirkorlik

💰 Webinar mutlaqo BEPUL - Ro'yxatdan o'tsangiz bas!
🔗 https://clck.ru/Mf3e2 📲 +998999955800

🗓Sana: 28-martdan (Davomli ravishda)
Vaqt: 15:00

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalar
i👇
Telegram | Facebook | Instagram
⚡️ O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi to‘laligicha onlayn ish rejimiga o‘tdi. Tizim xodimlari tashabbusiga ko‘ra ularning bir kunlik ish haqi jamoat jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi!

Kecha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va viloyat kengashlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan videomuloqotda shunday qarorga kelindi.

🔹 Onlayn videomuloqot davomida har bir hududda yoshlar bilan bog‘liq vaziyat, shuningdek, COVID-19 bo‘yicha karantin holatidagi choralar muhokama qilindi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
📌 Videomuloqotdan so‘ng bilishingiz kerak bo‘lgan eng muhim ma'lumotlar:

✔️ tashkilot xodimlari o‘zaro onlayn ish rejimiga to‘laligicha o‘tdi;

✔️ xodimlar uyidan - ijtimoiy masofalanishga amal qilgan holda ishlaydi, zarur vaqtda videouchrashuvlar o‘tkaziladi, eng muhim vaziyatlardagina ishga chaqiriladi;

✔️ tizimdagi xodimlar tashabbusi bilan bir kunlik ish haqi “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazib beriladi;

✔️ faoliyat 90% raqamli texnologiyalariga o‘tkazilishi boshlandi;

✔️ internet va televideniye orqali karantinni smart karantinga aylantirish, yoshlar vaqtini unumli yo‘naltirishga urg‘u beriladi (tashkilot Modul5, tezyoz, Masofaviy ta'lim, Zakovat Quiz, TV auditoriya kabi platformalarni taqdim etgan);

✔️ volontyorlar bilan birgalikda barcha hududlardagi yolg‘iz keksalar holidan xavfsizlik qoidalariga to‘la rioya qilgan holda xabar olinadi;

✔️ tashkilotning hududlardagi rahbarlariga karantin davrida barcha xodimlarga shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, karantin qoidalariga intizom bilan amal qilish tavsiyasini yetkazish topshirildi;

#UydaQoling #BizYengamiz

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi va “Sintez” kreativ laboratoriyasi tomonidan hozirgi kunda aktual bo‘lgan bannerlar tayyorlandi.

Ushbu bannerlar yagona uslubda yaratilgan. Ulardan Respublikamizdigi barcha reklama taxtalarida, LED ekranlarda unumli foydalanish maqsadga muvofiq.

Qolaversa, barcha viloyat, shahar va tuman hokimliklarini ushbu bannerlardan unumli foydalanishda qo‘llab-quvvatlashlarini soʼrab qolamiz.

Suratda: Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosi

@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
👨‍🌾 Yosh tadbirkor, fermer va dehqonlar diqqatiga!

🛡Karantin vaqtida uyda ekaningizdan foydalanib, muvaffaqiyatli tadbirkor, tajribali fermer va taniqli biznes trenerlar tomonidan tayyorlangan video qo'llanmalar yordamida o'z bilimlaringizni oshirishga nima deysiz ?

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiya qiladi!

📱 Telegramdagi foydali sahifalar

💡 @MFaktorUz - Muvaffaqiyat va mag'lubiyat omillari
💡 @BiznesRivoj - Kunlik motivatsiya va yangiliklar
💡 @biznes_saboq - Malakali biznes trener saboqlari
💡 @biznes_boshlaymiz - Katta kapitalsiz iqtisodiy erkinlikka erishish
💡 @yaranuz - Biznes uchun moliyaviy va huquqiy maslahatlar
💡 @AgroOlamUz - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun
💡 @bogdorchilik - Nabobat olamiga mehr qo'yganlar uchun
💡 @ykfoundation - Yosh tadbirkorlar uchun imtiyozlar
💡 @yoshtadbirkoruzb - Biznes sari sening ilk qadaming
💡 @uzyfk - Barcha yosh fermerlarga tavsiyalar

💻 Youtube'dagi foydali sahifalar

🔋 Oybek Kosimov - Real va jaydari biznes keyslar
🔋 Ibrahim Gulyamov - Professional biznes saboqlar
🔋 Murad Nazarov - Biznes boshlash uchun ajoyib motivatsiya
🔋 Jakhongir Pulatov - Yosh tadbirkor kundaligi
🔋 Miraziz Ahmedov - Katta kapitalsiz iqtisodiy erkinlikka erishish
🔋 Ikhtiyar Dosmetov - Biznesga psixologik yondashuv
🔋 Ravshanbek Xonniyoz - Biznes va hayot; kurslar va maslahatlar
🔋 Sardor Islomov - Biznesga yangicha yondashuv. Chorvachilik
🔋 Urmonali Usmonov - 1 gektardan qancha hosil olish mumkin
🔋 Rahimbekov TV - Chorvachilik bo'yicha ajoyib maslahatlar
🔋 Project Ashurov.A - Biznesda motivatsiya
🔋 Umid UZ - Mevali ekinlar bo'yicha maslahatlar
🔋 Agro olam - Agro sohadagi barcha bilimlar
🔋 Bozor olami - Uy sharoitida biznes boshlash; real keyslar
🔋 Issiqxona sirlari - Issiqxonadan daromad olish sirlari
🔋 Bog'dorchilik ilmi - Bog'dorchilik bo'yicha professional bilimlar
🔋 Avlod21 - Tadbirkorlikka oid vebinarlar, onlayn treninglar
🔋 Biznes Saboqlar - Malakali biznes trener saboqlari
🔋 MFaktor - Eng yirik va davomli vebinarlar, biznes saboqlar

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
The New Yorker jurnalining 6-aprel kuni chop etiladigan soni muqovasi dolzarb mavzuga bag‘ishlanadi. Musavvir Kris Ueyr (Chris Ware) qalamiga mansub ushbu ta'sirli tasviriy asar Uyqu vaqti (Bedtime) deya nomlanadi.

Bugun dunyoning deyarli barcha nuqtalarida COVID-19 virusi tarqalishi, uning xavfini pasaytirish borasida keng qamrovli choralar olib borilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi ushbu surat misolida salomatligimiz va xavfsizligimiz uchun qayg‘urayotgan insonlar, yurtdoshlarimiz, shuningdek, yosh mutaxassislarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Azizlar, uyda qoling va karantin qoidalariga rioya qiling!

#UydaQoling

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏠Uyda qol va qahramonga aylan!

Koronаvirus info (@koronavirusinfouz) rasmiy kanali Oʼzbekistonda koronovirus infeksiyasining tarqalishi va unga qarshi koʼrilayotgan choralar boʼyicha aholini toʼgʼri, xolis va aniq maʼlumotlardan tezkor xabardor qilish maqsadida ochilgan rasmiy kanal.

Kanal Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi, АOKА, Mass-media fond hamda Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil qilingan.

Koronavirus info (@koronavirusinfouz) rasmiy kanali telegram ijtimoiy tarmogʼi maʼmuriyati tomonidan rasmiy tasdiqlangan kanal maqomiga ega.

Barcha OАV jurnalistlari va blogerlarni ushbu kanaldan birinchi manbaa sifatida foydalanilishi hamda unda tarqatilayotgan xabar va yangiliklarni keng yoritib borishda hamkorlikka chaqiramiz.

📺Videorolik Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi va “Mening Yurtim” telekanali qoʼshma loyihasi.

@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi
Аxborot xizmati
🌏 Butun dunyo yoshlari BMTning UNICEF va Jahon sog‘likni saqlash tashkilotlari mutaxassislari bilan hamkorlikda koronavirusning tarqalishiga qarshi birga kurashadi. O‘zbekiston nomidan siz ham qatnashing!

🇺🇳 BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha vakili UNICEF hamda Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda #COVIDBilanKurash mavzusida 1000dan ortiq yoshlar ishtirokida vebinar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📌 Vebinarni o‘tkazishdan maqsad – yoshlarga COVID-19 bilan bog‘liq noaniqlik holatlarda chinakam aloqa platformasini yaratish, ularning savollarini UNICEF va Jahon sog’likni saqlash tashkiloti ekspertlariga yetkazish, shuningdek yoshlar orasida ruhiy salomatlikni shakllantirish hamda COVID-19ga qarshi javob sifatida ruhiy salomatlikka bo‘lgan talabni kuchaytirish.

Qachon o‘tkaziladi?
1-sessiya – 1-aprel kuni soat 17:00-18:00da (Toshkent vaqti bilan);
2-sessiya –15-aprel kuni (vaqti aniqlashtirilmoqda)
3-sessiya – 29-aprel kuni (vaqti aniqlashtirilmoqda)
4-sessiya – 6 may kuni (vaqti aniqlashtirilmoqda)

🔗 Vebinarga qanday qo’shilish mumkin?
1-sessiya uchun quyidagi havolaga qo‘shiling: bit.ly/CwCOVID (https://bit.ly/CwCOVID)

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram