O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
19.3K subscribers
19.5K photos
1.71K videos
21 files
5.53K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Buxoro viloyatida yoshlar bilan uchrashmoqda

🤝Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Romitan tumani xalq deputatlari bilan yoshlar bandligini ta'minlash masalalarini muhokama qildi. Mazkur sessiyada O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, senator Alisher Sa'dullayev, Buxoro viloyati Kengashi raisi Hamza Ro'ziyev, Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari Jamol Nosirov va viloyatdan saylangan deputatlar, sektor rahbarlari ishtirok etdi.

🔸 Sessiyada ta'kidlanishicha, Romitan tumanida bugungi kunda 141ming 143 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 76ming 886 nafarini esa yoshlar tashkil etadi. Mazkur uchrashuv davomida Romitan tumanidagi ishsiz yoshlar bandligini ta'minlashga doir ish-rejalarni tasdiqlash masalasi ko'rib chiqildi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Modul 5
🔥Trollar fabrikasiga aloqasi bo'lmagan yagona Troll - Umid Gafurov Modul 5 loyihasida!

📝Qahramonimizning tanqidiy fikrlash, blogerlik to'g'risidagi fikrlarini 14-mart, soat 15:00 da O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida tinglashingiz mumkin.

Modul 5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
🔹O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan samarali mehnati bilan tashabbus va ibrat ko'rsatib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.

🎖Xususan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining "Yosh kuch" jurnali bosh muharriri Dadajanova Iroda Abdulazizovna ham "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi ma'naviy barkamol va vatanparvar yoshlar tarbiyasiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan - Iroda Dadajanovani va "Yosh kuch" jamoasini mukofot bilan tabriklaydi va keyingi ishlarida shijoat va zafarlar tilaydi!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
👩‍💼Sizga jonajon Vatanimizning Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi bo‘lishdek sharaf muborak bo‘lsin!

🔹Bu mukofot sizga nafaqat yurtimizning eng fozila va oqila qizi, millatimiz faxri, xalqimiz iftixori ekanligingiz, bilim va zakovat borasidagi erishgan yutuqlaringiz uchun rag‘bat sifatida taqdim etildi, balki kelajakdagi zimmangizda turgan mas’uliyat, fidoyilik, jamiyatda o‘z o‘rningiz va ovozingizga ega bo‘lib, o‘zingiz tanlagan sohangizda mamlakatimiz rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishingiz uchun da’vat hamdir.
Siz voyaga yetkazgan, tarbiya bergan mehribon ota-onangiz, hayotda to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan, salohiyatingizni namoyon etishda o‘z bilimi va tajribasi bilan yuksak marralarni zabt etishga undagan ustozlaringiz, Sizga hurmat va ehtirom ko‘rsatayotgan davlatimiz hamda xalqimizning ishonchini oqlaysiz degan umiddamiz.
Muvaffaqiyatlaringiz bardavom bo‘lsin!

🌟Hurmat bilan
O'zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi


Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
🌸 Aziz va mehri daryo onajon-u buvijonlar, go‘zal va nafosatli opa-singillar, maftunkor va oqila qizlar!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi barcha-barchangizni 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz! Sizga, oila a’zolaringiz, yaqinlaringizga mustahkam sog‘liq, olam-olam baxt tilaymiz!

💐 Bugun ayollar, qizlarga berilayotgan imkoniyatlarning soni tobora oshib bormoqda, buyuk va ezgu maqsadlaringizda muvaffaqiyat hamroh bo‘lsin! Zero yurtimiz, jamiyatimiz taraqqiyoti, farovonligimiz, xonadonlardagi fayz-baraka va xotirjamlik beshigini tebratuvchilar - sizdirsiz!

🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin! Sizni yolg‘iz 8-mart kuni emas, yil davomida e’zozlaymiz!

🇺🇿 Cheksiz hurmat va sof tilaklar bilan,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📝Kimki boqsa ko'zlaringga ziyosan, ayol,
Go'yo gulsan, sertabassum ibosan, ayol
Qoshlaringga, ko'zlaringga nur bersa ham tun,
Dili poku mo'jizakor samosan, ayol!

🌺Yana bir bor bayramingiz muborak bo'lsin aziz ayollar!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
📚 "Ta'lim dunyoni o‘zgartirishingiz uchun eng qudratli quroldir".

📌 Nelson Mandela

☕️ #TonggiTetiklik

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🎻Gruziyada o'tkazilgan festivalda hamyurtlarimiz munosib ishtirok etishdi!

🔸20-28-fevral kunlari Batumi shahrida Mikeladze nomli "Silk Way" xalqaro musiqa tanlovi bo'lib o'tdi. Unda Turkiya, Italiya, Gruziya, Shveysariya, Qozog'iston, O'zbekiston va boshqa mamlakatlardan iste'dodli yoshlar ishtirok etishdi.

🏅Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi o'quvchilari Rahimov Bahodir, Ayubjonov Asadbek, Mirzaahmedov Aslbeklar tanlovda ishtirok etishib, bitta 1-o'rin va ikkita 3-o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi yosh san'at ustalarini va ularning ustozlarini mukofot bilan tabriklaydi!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
📢 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi, O‘zYFK va GEF KGD hamkorlikda tanlov e’lon qiladi!

🌱🌳 Yoshlar orasida ekologiya va atrof-muhitni asrashni ommaviy harakatga aylantirish, iqlim o‘zgarishlariga befarqlikni yo‘qotish va yosh avlodning tabiat uchun ham birdek mas’ulligini anglatish - har kunlik kun tartibida eng dolzarb masala bo‘lib qolaveradi.

🛡 "Yoshlar iqlim o‘zgarishiga qarshi" loyihasi doirasida umumiy sovrin jamg‘armasi 7000 AQSh dollari bo‘lgan tanlov tashabbuskorlaridan biri ekanimizdan mamnunmiz va sizni ham faollikka chorlaymiz!

🖐🏻 Ona yer ekologiyasi buzilishiga yo‘l qo‘ymaymiz!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
⚜️Har bir yoshning kichik bo'lsada muvaffaqiyati biz uchun faxr!

🎖Kuni kecha davlat rahbari qaroriga binoan o'zining zukkoligi, tashabbuskorligi, o'qishdagi muvaffaqiyatlari bilan ajralib turuvchi bir guruh qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoli, sportning taekvando(ITF) yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Shahnoza Samatova "Jamoatchilik" yo'nalishida ushbu mukofotga loyiq deb topildi.

🔸O'zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Shahnoza Samatova va oila a'zolarini ushbu yuksak e'tirof bilan qutlaydi!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🔸 BAA elchisi Dubai Expo 2020'da o‘zbekistonlik yoshlarning ishtirokiga urg‘u berdi

🇺🇿🇦🇪 Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyati vakillari Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Matar Sulton as Siri al Qamzi bilan uchrashdi.

🤝 Tomonlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasida aynan yoshlar masalalarida hamkorlikning yangi vektorlarini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdilar.

🇦🇪 Janob Al Qamzi o‘zbekistonlik yoshlarning salohiyatini yuqori baholashini aytib, ularning Dubai Expo 2020'da ishtiroki to‘g‘risida fikrlari, shuningdek, BAA Diplomatiya akademiyasida malakasini oshirish taklifini ham bildirib o‘tdi.

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari esa xalqaro texnologiyalar, tadbirkorlik, ta'lim va ekologiya sohalarida tomonlarning yoshlari o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etish taklifini ilgari surdilar.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿АOKАda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

🔹Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mas'ul rahbarlari va OAV xodimlari ishtirok etdilar

Asosiy mavzular:

📝 Vazirliklar, Davlat va xoʼjalik boshqaruv organlarining Markaziy boshqaruv apparatida faoliyat yuritayotgan yoshlarning salmogʼi(ulushi) tahlili.

🔸 "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi tomonidan 2018-2019-yillarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot.

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan "5 tashabbus" doirasidagi loyihalar sarhisobi.

🔖O'zbekiston yoshlar ittifoqi ochiqlik indeksi doirasida 2017-2019-yillarda yoshlarga berilgan imtiyozlar, imkoniyatlar, ijtimoiy yordamlar bo'yicha yaratilgan ochiq ma'lumotlar bazasi yaratilganligi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram