O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
Endi “Life Abroad” treninglari Yoshlar ittifoqi yetakchilari oʻrtasida ham tashkil etiladi

Bu safar Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi 3-7- mart kunlari Xorazmning Hazorasp, Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Shovot tumanlarida treninglar oʻtkazishni rejalashtirdi.

👉Ilk bor yetakchilari oʻrtasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan trening mehnat hamda taʼlim olish uchun chetga chiqqanda aldanib qolmaydigan yoshlar qamrovini kengaytirishda ahamiyatlidir.

👉Kollej va maktablardagi Yoshlar ittifoqi yetakchilariga 12 soatlik treninglar oʻtiladi. Oʻquv rejasiga asosan uchta yoʻnalish: migratsiya asoslari, xorijda taʼlim olish yoʻriqnomasi, xorijda mehnat qilishning huquqiy asoslari boʻyicha tayanch bilimlar beriladi.

Telegram |Instagram|Facebook
Rahbar va yoshlar uchrashuvida ishtirok etib, o'z takliflaringizni bildirdingizmi?

💬 Yoshlar bilan doimiy muloqotda bo'lish, ularning taklif va tashabbuslarini o'rganish maqsadida vazirlik va idoralar tomonidan ochiq muloqotlar o'tkazish amaliyoti yo'lga qo'yildi.

🔸 Joriy yilning yanvar-fevral oylarida bo'lib o'tgan muloqotlarda 27 ming 372 nafar yoshlar ishtirok etib, 874 ta taklif va muammolar borligi bildirildi. Berilgan taklif va muammolarning 422 tasi (48,2%) joyida hal etildi.

📊 Shuningdek yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yo'nalishida "Yoshlar dasturlari" qabul qilinib, dastur ijrosini ta'minlash uchun 26,8 mlrd so'mdan ortiq mablag' yo'naltirilgan.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🔹Yoshlarning innovatsion g'oyalari va startap loyihalariga ko'maklashish "Startap tashabbuslari" dasturining 4-davri bo'lib o'tdi!

📈Dasturda qatnashish istagida jami 1 520 nafar yoshlardan 648 ta arizalar qabul qilinib, 179 nafar loyiha ishtirok etishga saralab olindi, ulardan 27 tasi finalga yetib kelishga muvaffaq bo'ldi.

🏆“Demo Day” yakuniy natijalariga ko'ra shoshilinch vazifalarni bajaruvchi ishchilarni qidirib topish imkonini yaratuvchi - "2work", sun'iy intelekt yordamida ko'krak bezi saratonini aniqlash tizimi - "Mammo cancer", stomotologik klinikalarni onlayn boshqarish - "Stoma CRM", barcha turdagi klinikilar tizimi - "Med ID", vegetarian taomlar va shirinliklarni yetkazib berish xizmati - "Vegan uz" loyihalari g'olib deb topilib, 50 mln so'm miqdorida grant mablag'lari ajratildi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
🔹Bugun O'zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 24 yilligi!

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi favqulodda vaziyatlarda jonbozlik ko'rsatayotgan bu sharafli kasb egalarini bayram bilan qutlaydi!

⭐️ Biz barchangiz va oila a'zolaringizga eng samimiy tilaklarimiz qatorida mustahkam sog'lik, kuch-quvvat, baxt-omad, faoliyatingizda esa yuksak zafarlar hamroh bo'lishini tilaymiz!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from tezyoz
"O‘nta qo‘y nima bo‘lardi! TezYoz'da yutganim mahallada duv-duv gap bo‘lsin, deyman!"

Aziz TezYozarlar, biz saytda yangi musobaqani boshladik. Xotin-qizlar kuniga yodda qolarli tuhfani bizdan yutib oling!

Hoziroq saytimizdagi "Musobaqalar" bo‘limida sinab ko‘ring!

t.iss.one/tezyozuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Yoshlarning innovatsion g'oyalari va startap loyihalariga ko'maklashish "Startap tashabbuslari" dasturining 4-davri bo'lib o'tdi!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
Xatirchida yoshlar bandligini ta'minlash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Navoiy viloyatining Xatirchi tuman hokimligida Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashining yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan sessiyasi boʼlib oʼtdi.

Unda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, senator Аlisher Saʼdullayev, viloyatdan saylangan senatorlar va sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Sessiyada Xatirchi tuman sektor rahbarlarining yoshlar bandligini taʼminlashga doir faoliyatlari sarhisob qilindi. Shuningdek, Xalq deputatlari tumandagi yoshlar bandligini taʼminlash yuzasidan o‘z takliflarini bildirib o‘tishdi. Ma'lumot uchun: Xatirchi tumanida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 48 ming 442 nafarni tashkil etadi. Bugungi kunda ularning 2 ming 390 nafari ishsiz.

Xususan, senatorlar koʼmagida tumanda deputatlar tomonidan trikotaj mahsulotlari tikuv sexlari tashkil etish taklifi berildi. Bu orqali tuman iqtisodiyotini rivojlantirish hamda yoshlar bandligini ta'minlashga erishilishi ta'kidlandi.
⚡️⚡️⚡️Biz faoliyatimizga doir maʼlumotlarni taqdim etishni davom etamiz

🗂Аksariyat yoshlar tashkilotimiz tomonidan oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomaga ega boʼlgan tengqurlari kim ekanligiga qiziqadilar.

📄2018 – 2019 yillar davomida Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi oliy taʼlim muassasalari imtiyozli qabul qilishi uchun 28 nafar yoshga tavsiyanoma bergan.

📂Batafsil maʼlumotni quyidagi havolaga kirib olishingiz mumkin.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Buxoro viloyatida yoshlar bilan uchrashmoqda

🤝Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Romitan tumani xalq deputatlari bilan yoshlar bandligini ta'minlash masalalarini muhokama qildi. Mazkur sessiyada O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, senator Alisher Sa'dullayev, Buxoro viloyati Kengashi raisi Hamza Ro'ziyev, Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari Jamol Nosirov va viloyatdan saylangan deputatlar, sektor rahbarlari ishtirok etdi.

🔸 Sessiyada ta'kidlanishicha, Romitan tumanida bugungi kunda 141ming 143 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 76ming 886 nafarini esa yoshlar tashkil etadi. Mazkur uchrashuv davomida Romitan tumanidagi ishsiz yoshlar bandligini ta'minlashga doir ish-rejalarni tasdiqlash masalasi ko'rib chiqildi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Modul 5
🔥Trollar fabrikasiga aloqasi bo'lmagan yagona Troll - Umid Gafurov Modul 5 loyihasida!

📝Qahramonimizning tanqidiy fikrlash, blogerlik to'g'risidagi fikrlarini 14-mart, soat 15:00 da O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida tinglashingiz mumkin.

Modul 5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
🔹O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan samarali mehnati bilan tashabbus va ibrat ko'rsatib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.

🎖Xususan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining "Yosh kuch" jurnali bosh muharriri Dadajanova Iroda Abdulazizovna ham "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi ma'naviy barkamol va vatanparvar yoshlar tarbiyasiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan - Iroda Dadajanovani va "Yosh kuch" jamoasini mukofot bilan tabriklaydi va keyingi ishlarida shijoat va zafarlar tilaydi!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram