O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
🧐 Siz universitetingizdagi yoshlar yetakchisini taniysizmi? Ko'pchilik bu savolga qiynalib javob beradi yoki javob bera olmaydi...

💡 25-noyabr kuni Oliy ta'lim muassasalari Boshlang'ich tashkilotlari yoshlar yetakchilari forumi boshlandi. Unda tashkilot rahbariyati, talaba yoshlar va volontyorlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari, volontyorlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining Boshlang‘ich tashkilotlari Yoshlar yetakchilaridan iborat 150 nafarga yaqin yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

🔹 Ishtirokchilar dastlabki kun O'zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa'dullayev bilan uchrashdi.

🇺🇿 Ushbu forum yoshlar yetakchilarini mustaqil fikrlash, talaba yoshlar bilan faol ishlashga o'rgatish, yoshlarning huquqiy ongini rivojlantirish va ularning siyosiy yetakchiligini ta’minlash maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etildi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿 Yangi O'zbekiston - yangi saylovlar shiori ostida o'tayotgan saylovlarda, albatta, yoshlarning faol ishtiroki ahamiyatli hisoblanadi. Yangi va yosh O'zbekistonni yoshlar quradi!

🗳 O'zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari hududiy va mahalliy kengashlari deputatligiga jami 261 nafar xodim o'z nomzodini qo'ygan.

🏛 Ularning 26 nafari Oliy Majlis, 41 nafari Xalq deputatlari hududiy kengashlari va 194 nafari esa Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatligi uchun kurashadi.

🧐 Sizningcha, yoshlar va yoshlar tashkiloti vakillari bo'lgan nomzodlar kelajakda ishni qay sohaga e'tibor qaratishdan boshlashi kerak? Fikringizni quyidagi sahifalarimizda bildiring:

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
📚"Yosh kitobxon"📚 tanlovining Respublika bosqichi 20 - 30 yoshlilar toifasidagi bahslari o'z yakuniga yetdi.

🏵G'oliblar bilan tanishing:

🥇-o'rin va Prezident sovg'asi - 🚘"Spark"🚘 avtomashinasini Qashqadaryo viloyati vakili kitobxon Surayyo Shodiyeva qo'lga kiritdi.

🥈-o'rin va Yoshlar ittifoqi sovg'asi ( kompyuter jamlanmasi printeri bilan, 100 dona kitob va xorijga sayohat)ni Namangan viloyati vakili Nazokat Jabborova qo'lga kiritdi

🥉-o'rin va Yoshlar ittifoqi sovg'asi (100 dona kitob va xorijga sayohat)ga Samarqand viloyati vakili Gulhayo Eshmonova ega bo'ldi

🏆Barcha g'oliblar va ishtirokchilarni qutlaymiz!

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi chin xazina moddiy rag'bat emas, aslida bilim olish ekanligini yana bir bor e'tirof etadi va kitobga mehr qo'ygan barcha yoshlarga ilm yo'lida shahdam qadamlar, shijoat, muvaffaqiyat tilaydi!

#5Tashabbus #YoshlarIttifoqi
📚 2019-yil "Yosh kitobxon" loyihasida 1,2 mln nafardan ko'proq ishtirokchi qatnashdi!

🏆 20 - 26-noyabr kunlari "Yosh kitobxon" tanlovining uch toifa bo'yicha Respublika bosqichi o'z nihoyasiga yetdi. G'oliblar bilan tanishing!

10 - 14 yosh toifasi:

🥇 - Otabek Eshpo'latov (Toshkent vil.)
🥈 - Gulsanam Abdulakimova (Samarqand vil.)
🥉 - Umidjon Shaxobov (Buxoro vil.)

15 - 19 yosh toifasi:

🥇 - Shahzoda Karimboyeva (Qoraqolpog'iston Respublikasi)
🥈- Farangiz Isoqova (Buxoro vil.)
🥉 - Nigora Asqaraliyeva (Toshkent vil.)

20 - 30 yosh toifasi:

🥇 - Surayyo Shodiyeva (Qashqadaryo vil.)
🥈 - Nazokat Jabborova (Namangan vil.)
🥉 - Gulhayo Eshmonova (Samarqand vil.)

🇺🇿 Eslatib o'tamiz, g'oliblar Prezident sovg'asi - "Spark" avtomobili bilan mukofotlansa, 2-o'rin sohibiga kompyuter jamlanmasi, kitoblar to'plami va xorijga safar yo'llanmasi, 3-o'rin sohibiga kitoblar jamlanmasi va xorijga safar yo'llanmasi taqdim etildi.

#5Tashabbus #KitobxonMillat

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Farg‘onada ochiq muloqot o‘tkazdi

🤝 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa'dullayev Farg‘ona viloyatidagi Tadbirkorlar markazida 500dan ziyod yoshlar bilan ko‘rishdi.

💬 Ochiq muloqotda farg‘onalik yoshlarni qiynayotgan muammolar tinglandi, yoshlar oldida turgan masalalar uchun yechimlar muhokama qilindi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram