O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
24.1K subscribers
19.6K photos
1.73K videos
21 files
5.56K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Tanlov #YoshlarIttifoqi

🙋 Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun tanlov: 1500 dollargacha bo'lgan mukofotlar!

🆔 56th World Gallery of Cartoons – Skopje 2024 tanloviga ishlar qabul qilinmoqda. Tanlovda rasm chizishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

📌 Mukofotlar:
➡️ Asosiy sovrin: 1500 dollar va maxsus haykalcha;
➡️ 1-o’rin: 1000 dollar va maxsus yorliq nishon;
➡️ 2-o’rin: 500 dollar va maxsus yorliq nishon;
➡️ 5 nafar 3-oʻrin sohiblari va 5 nafar maxsus mukofot sohiblari maxsus yorliq nishon bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2025-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰31👍2111🔥9👏9🤩9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarIttifoqi #MilliyFashionShow

“Milliy Fashion Show” modalar namoyishi ana shunday yorqin xotiralarga boy boʻldi!

Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👍11🥰11🔥10👏10🤩4❤‍🔥3
#YoshlarIttifoqi #YoshFermerlariKengashi #Ilova

🙋 Yosh fermerlar uchun innovatsion mobil ilova yaratildi!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan yangi mobil ilova bilan fermerlik faoliyatingizni yanada samarali va oson boshqaring!

🔎 Mobil ilova sizga nimalar beradi?!

➡️ Ekin tanlash va ekish bo‘yicha tavsiyalar;
➡️ O‘g‘itlash va sug‘orish jadvali;
➡️ Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish;
➡️ Bozor narxlari va savdo imkoniyatlari.

⬇️ Ilova yordamida yuksak hosildorlikka erishing va fermerlikni innovatsion tarzda rivojlantiring!

➡️ Ilovani yuklab olish uchun:
🤖 Play Market 🍏 App Store

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🔥1810🎉73👏1
#YoshlarIttifoqi #Germaniya #OTM

🎓 O‘zbekistondagi OTM va kollejlar diplomlari Germaniyada tan olinishi kutilmoqda

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉22🔥18👍1572👏2💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarIttifoqi #Navroʻz

🎉 Navro‘z festivalida xalqlar do‘stligi va milliy qadriyatlar tarannumi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yangi O‘zbekiston universiteti, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

🎓 “Yangi O‘zbekiston” universitetida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli festival bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi mamlakatimizning boy madaniy merosi va milliy sport turlarini namoyish etishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, festival Navro‘zning umumturkiy bayram sifatida xalqimiz va qardosh xalqlar hayotida tutgan o‘rnini yorqin namoyon etdi.

🙋 Festival doirasida milliy xalq o‘yinlari va sport musobaqalari ham tashkil etildi. Bahodir polvonlar kurash maydonida bellashib, muxlislarning olqishiga sazovor bo‘ldilar. Ayniqsa, dorbozlarning murakkab va hayajonli chiqishlari tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar baxsh etdi. Shu bilan birga, festivalda ishtirokchilarga havo sharida uchish imkoniyati ham berildi va bu tadbirning yorqin taassurotlaridan biriga aylandi.
🔎 Festivalda qator xorijiy davlatlarning yurtimizdagi diplomatik missiyalari (elchixonalari) vakillari ham ishtirok etdilar. Ular tomonidan o‘z mamlakatlarining Navro‘zga oid urf-odat va an’analarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etildi. Xorijiy mehmonlar va milliy diasporalar vakillarining bunday ishtiroki festivalga haqiqiy xalqaro ruh baxsh etdi.

📍 Turli millat va elat vakillarining bir maydonda bayramni birgalikda nishonlashi o‘zaro hurmat va hamjihatlikni yanada kuchaytirdi. Shu tariqa, Navro‘z haqiqatan ham xalqlar do‘stligi va birdamligining ramzi ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topdi.


Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍12🎉118👏4💯2
#YoshlarBilanIshlash #YoshlarIttifoqi

🙋 Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi

🖋 Xabaringiz bor, joriy yil 14-fevral kuni davlat rahbari ishtirokida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilgan edi. Ushbu tashabbuslarning huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida 26-mart kuni PF-61-son Prezident farmoni qabul qilinib, tashkilotlar va rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.

💳 Shuningdek, 60, 61 va 62-son Prezident qarorlari imzolanib, yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir keng ko‘lamli imkoniyatlar yaratildi.

🆔 Mazkur yo‘nalishlar ijrosi va kelgusidagi rejalarni muhokama qilish maqsadida Mahallalarda yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda vazirlik va idoralar vakillari, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

🔎 Yig‘ilishda yoshlar jinoyatchiligini oldini olish, ishsiz yoshlarni rahbarlarga biriktirish, “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalari, “Talabalar bahori” festivali hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga doir masalalar atroflicha muhokama qilindi.


Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🎉1710🔥82👏2
#Grant #YoshlarIttifoqi

🙋 AQSHda magistraturani o‘qish Fulbright Foreign Student Program granti!

🖋 Dastur magistraturani AQSHda deyarli barcha sohalar boʻyicha toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Ingliz tilini yetarli darajada biluvchi, kamida bakalavrlik diplomi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

📌 Dastur imkoniyatlari:
➡️ O’qish to’lovi va boshqa barcha to’lovlar to’liq qoplanadi.
➡️ Oylik stipendiya beriladi.
➡️ Talabalar tibbiy sug’urtalanadi.
➡️ J-1 vizasini olishda yordam koʻrsatiladi.
➡️ Kitob va boshqa o’quv qurollari uchun mablag’ ajratiladi.
➡️ AQSHga borish va qaytish uchun aviachipta taʼminlanadi.


🗓 Arizalar 2025-yil 25-maygacha qabul qilinadi.

➡️ Batafsil: https://shorturl.at/aIQpt

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉13👍12🔥1110💯2👏1
#YoshlarIttifoqi #Grant #Yaponiya

🙋 Dunyoning eng nufuzli grantlaridan biri — MEXT (Research Student)ga qabul boshlandi!

🎓 Mazkur grant Yaponiyada magistratura yoki doktoranturada istalgan soha bo'yicha oʻqish imkonini beradi.

📌 Iqtisodiy imtiyozlar:
➡️ Yaponiyaga borish va qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
➡️ 1020 AQSH dollarigacha miqdorda oylik stipendiya beriladi.
➡️ Kontrakt toʻlovi va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplab beriladi.


🖋 Nomzod oʻqish uchun ingliz yoki yapon tilini tanlashi mumkin.
🗓 Qabul 2025-yil 23-may soat 17:00 gacha davom etadi.

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥5💯2🤝1
#YoshlarIttifoqi #DiplomatiyaOfTheHeart #MadaniyatlararoMuloqot

💬 Samarqand — sivilizatsiyalar chorrahasi: tinchlik yo‘lida madaniyatlar muloqoti!

🔎 Qadimiy va betakror Samarqand shahrida “Diplomatiya of the Heart (Qalb diplomatiyasi): Madaniyatlararo muloqot va tinchlik qurishda ta’limning roli” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Ushbu nufuzli tadbir AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi (WAYU), Samarqand viloyati hokimligi, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti va Baskerville Instituti hamkorligida tashkil etilib, dunyoning 13 mamlakatidan 50 dan ortiq yetakchi olim va mutaxassislarni birlashtirdi.

📌 Konferensiyaning asosiy maqsadlari:
➡️ Madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish;
➡️ O‘zaro hurmat va empatiyani mustahkamlash;
➡️ Zamonaviy "Buyuk Ipak yo‘li" g‘oyasini tiklash;
➡️ Ta’lim orqali tinchlik va barqarorlikka hissa qo‘shish.

🏠 Samarqand — ming yillik tarix va madaniyatning jonli guvohi sifatida – UNESCO Bosh konferensiyasiga mezbonlik qilish arafasida turibdi. Bu o‘z-o‘zidan, shaharimizning global madaniy almashinuv va muloqotdagi yuksak o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi.


🙋Diplomatiya of the Heart (Qalb diplomatiyasi) — yurakdan chiqqan samimiy muloqot, kelajak avlod uchun tinch va adolatli dunyo sari qo‘yilgan muhim qadamlardan biridir.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🎉169🔥9👏3💯1
#YoshlarIttifoqi #QozogʻistonXalqiAssambleyasi

🖋 Qozogʻiston xalqi Assambleyasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati ta’kidlandi

➡️ You tube'da tomosha qiling

🙋 Qozogʻiston xalqi Assambleyasida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyati ta’kidlanishi – bu ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ayniqsa yoshlar siyosati borasidagi o‘zaro ishonchning yorqin ifodasidir.

📍 Har yili mustahkamlanib borayotgan bu hamkorlik yoshlar diplomatiyasi orqali yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu esa, nafaqat ikki davlat yoshlari oʻrtasidagi madaniy, ijtimoiy va innovatsion aloqalarni mustahkamlash, balki umumiy mintaqaviy barqarorlikka ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1813🎉13🔥9👏3🫡2💯1