PISKENT YOSHLARI
351 subscribers
3.61K photos
1.13K videos
129 files
1.45K links
Kanal rasmiy emas
Download Telegram
❗️“2023/2024-ўқув йилида қабул квоталари сони грант учун 10 фоизга, тўлов-контрактга 1 фоизга оширилди” — Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги департмент бошлиғи Абдували Холиқов.

@yoshlar_elchisi_uz
oz vaqt qoldi shu hafta ichi bo'lishi kutilmoqda tanlovni ilk bosqichlari, sovrin miqdori 6 mln so'm
#диққат

⚡️Мактаб битирувчилари ўз шаҳодатномаларини онлайн тарзда юклаб олишлари мумкин

Эндиликда e-shahodatnoma.uz ахборот тизими орқали ўз шаҳодатномангизни онлайн тарзда юклаб олишингиз мумкин!

Платформага қуйидаги умумий ўрта таълим мактаблари 11-синф битирувчиларининг шаҳодатнома маълумотлари киритилган:

- Умумий ўрта таълим мактаблари;
- Президент мактаблари, ижод мактаблари ва ихтисослаштирилган мактаблар;
- Олимпия ва паралимпия спорт турларига тайёрлаш марказлари;
- Нодавлат таълим ташкилотларининг 11-синф битирувчилари.

@yoshlar_elchisi_uz
Ingliz tilini biladiganlar bormi , @new_cnc yozing iloji bo'lsa tezroq, bir kichik iltimos bor edi,
Forwarded from Kamolov
Piskent hayoti газетаси 23 сон .pdf
8.9 MB
#Matbuot

"Piskent hayoti" gazetasining navbatdagi 23-soni nashr etildi. Ushbu sonda

Quyosh panellari - tejamkorlik, foyda, daromad

Hammasi inson manfaati uchun

Mablag‘ ijtimoiy himoyaga yo‘naltirildi

Saylovchilar ishonchini oqlayotgan deputat

Afsus va nadomat salomatlikni qaytarib bermaydi...

Tumanimizda tashkil etilgan ilk mental arifmetika musobaqasi haqida

Va boshqa maqolalarni mutolaa qilishingiz mumkin.

@yoshlar_elchisi_uz
shunchaki

Savollarga javob berishni o‘rganing.😄


1. Napoleon qaysi jangda halok bo'lgan?
- Oxirgisida.

2. AQSH mustaqillik deklaratsiyasi qayerda imzolangan?
- Varaqni pastki qismida.

3. Ajrashishning sababi nima?
- Nikoh qurish.

4. Nonushtaga nima yemaysiz?
- Tushlik va kechki ovqatni.

5. Olmaning yarmi nimaga o'xshaydi?
- Olmaning 2-yarmiga.

6. Ko'k dengizga tashlangan qizil tosh qanday bo'ladi?
- Ho'l bo'ladi.

7. Qanday qilib 8 kun uxlamay yashash mumkin?
- Tunlari uxlab.

8. Sizning bir qo'lingizda 3ta olma va 4 ta apelsin bor, ikkinchi qo'lingizda 4 ta olma va 3 ta apelsin bor. Yakunda sizda nima bor?
- Juda ham katta qo'llar.

9. Xom tuxumni betonga qanday qilib uni sindirmay tashlash mumkin?
- Xohlagandek. Beton qattiq, baribir sinmaydi.

10. Jumlani davom ettiring: "Sabr va mehnat, ..."
- Bu men onamni yaxshi ko'rishimning asosiy sabablari.

P/s: reaksiya qoldiring :)

@yoshlar_elchisi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

⚡️DIQQAT, E'LON!

❗️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi:
Prizident maktablariga;
Ijod maktablariga ;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga;
Boshqa sinflarda o'quvchilar bo'sh o'rinlari;
hujjatlar qabuli boshlandi.


Yuqorida onlayn ariza topshirish bo‘yicha video qo'lanma,kimda hujjat topshirishda muamo bo'lsa @new_cnc murojat uchun.

⚡️Maʼlumot o‘rnida, Nozimbek Turg‘unboyev 120 dan ortiq xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan 6,000,000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritgan.

💫 O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

@yoshlar_elchisi_uz
❗️Мактаб директорларини лавозимига тайинлаш “Директорлар кенгаши” тавсиясига асосан очиқ танлов асосида амалга оширилади

▪️2023 йил 1 сентябрдан бошлаб:

умумий ўрта таълим муассасалари директорларига ўз ўринбосарларини ишга қабул қилиш ва ишдан бўшатиш, ажратилган умумий соатлар доирасида ўқув режаларига 15 фоизгача ўзгартириш киритиш масалаларини мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрида энг тажрибали умумий ўрта таълим муассасалари директорларидан иборат бўлган “Директорлар кенгаш”лари ташкил этилади;

умумий ўрта таълим муассасалари директорларини лавозимига тайинлаш “Директорлар кенгаш”и тавсиясига асосан Қорақалпоғистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги, вилоятлар ва Тошкент шаҳар мактабгача ва мактаб таълими бошқармалари томонидан очиқ танлов асосида амалга оширилади.

@yoshlar_elchisi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Aziz ota-onalar!

✔️ 7-maktab 2023-2024 o'quv yili uchun 1-sinfga o‘quvchilarni qabul qilmoqda.

📌 Bolajonlarga o‘quv yilidan boshlab darsdan tashqari haftada 2-kun rus tili va mental arifmetika mashg‘ulotlari 4-yil davomida o‘rgatiladi.

➡️ Sinf rahbari, Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, mental arifmetika treneri Atamurodova Munojat

📞+998901262281

@yoshlar_elchisi_uz
“Olmaliq KMK” AJ O‘quv markazi zahira kadrlar tayyorlash maqsadida “BelAZ haydovchisi” kasbi bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan yuqori mehnat tajribasiga ega bo‘lgan haydovchilarni o‘qishga taklif etadi.

O‘qish istagini bildirgan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

BelAZ-7540 (30 tn) haydovchisi o‘quv kursiga

Ma'lumoti: o‘rta yoki o‘rta-maxsus;
“BC” kategoriyali haydovchilik guvohnomasi;
12 tonna va undan yuqori bo‘lgan og‘ir yuk avtosamosval haydovchiligi bo‘yicha 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat tajribasi;
Mehnat daftarchasi.
BelAZ-75131 (130 tn) haydovchisi o‘quv kursiga

Ma'lumoti: o‘rta yoki o‘rta-maxsus;
“BC” kategoriyali haydovchilik guvohnomasi;
25 tonna va undan yuqori bo‘lgan og‘ir yuk avtosamosval haydovchiligi bo‘yicha 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat tajribasi;
Mehnat daftarchasi.
Hujjatlar 2023-yil 16-iyundan 23-iyunga yuborilishi munkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

⚡️DIQQAT, E'LON!

❗️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi:
Prezident maktablariga;
Ijod maktablariga;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga;
Boshqa sinflarda o'quvchilar bo'sh o'rinlari uchun
hujjatlar qabuli boshlandi.

Yuqorida onlayn ariza topshirish bo‘yicha video qo'lanma. Kimda hujjat topshirishda muamo bo'lsa @new_cnc 👈murojat uchun.

⚡️Maʼlumot o‘rnida, Nozimbek Turg‘unboyev 120 dan ortiq xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan 6,000,000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritgan.

💫 O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

@yoshlar_elchisi_uz
Бугун 23-Июнъ Жума :

• Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Давлат хизматлари куни

• Халқаро бева аёллар куни

• Халқаро Олимпия куни

•  Халқаро муҳандис хотин-қизлар куни

• 1894 - йил Халқаро Олимпия Қўмитаси ташкил топди

• 1989 -йил  Ислом Каримов Ўзбекистон ССР компартияси Марказий қўмитаси Биринчи котиби етиб тайинлади

• 1972 - йил  франсиялик машҳур футболчи  Зинедин Зидан туғулган

@yoshlar_elchisi_uz
📣 Опа-сингиллар хушёр бўлинг, бўлмасам имтиёздан айриласиз!

Контракт асосида давлат ОТМга магистратурага кирадиган талаба хотин-қизларнинг контракт пуллари тўлаб берилади.

Бу давлат раҳбарининг ташаббуси билан ўтган йил 7 мартдаги ПФ-87-сон Фармонида белгиланган.

Унда ҳар йили давлат бюджетидан давлат ОТМларнинг магистратура босқичида ўқиётган барча хотин-қизларнинг контракт тўловларини қайтариш шартисиз молиялаштириш кўрсатилган.

Шунингдек, Президентнинг 2022 йил 15 июндаги 279-сонли қарори, 2023 йил 15 июндаги 31-сон фармойишида ҳам давлат ОТМ магистратурасига базавий тўлов контракт асосида талабаликка қабул қилинган хотин-қизларнинг контракт тўлови давлат бюджетидан қайтариш шартларисиз қопланиши кўрсатилган.

☝️Бироқ бизнинг бюрократсевар идораларимиз мантиқсиз тўсиқлар қўйиб, хотин-қизларни бу имтиёздан маҳрум қилмоқчи бўлишган. Яъни улар Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 15 августдаги 447-сон қарори билан тасдиқланган Низомда, Президентнинг юқоридаги Фармонидан четга чиқиб, қўшимча равишда магистратурага кирган хотин-қизлар агар ректор номига ариза беришмаса, контракт пули тўланмайдиган қилиб шарт қўйишган.

Улар ҳар йили 15 сентябргача ўзлари ўқиётган ОТМ ректори номига ариза беришлари керак. Агар (амалда ҳеч қандай маъно ва мантиққа эга бўлмаган) ўша аризани шу муддатгача ёзиб топширишмаса, ёки аризалари қаердадир қолиб кетса, контракт пули қоплаб берилмайди.

Зўр-а: бу ёқда Президент магистратурага кирган барча аёлларга контракт пуллари тўлаб берилади деса, бу ёқда Президент ишонган масъулларимиз ишончни суистеъмол қилиб, қанақадир аризалар ўйлаб топишади. Ва шу йўл билан бу ташаббусни пачоғини чиқаради. Оқибатда сарсон бўлган ёки ариза ёзиш кераклигидан бехабар сингилларимиз Президент айтган гап амалда йўқ эканда, деган хулосага келади. Ажойиб...

❗️Шу сабабли ҳурматли опа-сингиллар эшитинг: сарсон қилишнинг минг хил усулини ўйлаб топишдан бошқасига ярамайдиган амалдорларимиз бор экан, сиз хушёрликни йўқотмаган ҳолда ўша "бир тийинга қиммат" аризаларни 15 сентябргача ректорлар номига ёзиб беринг!(мазза қилиб, макулатура йиғишсин)

Дарвоқе, аризани топширганда, олган одамга қўл ҳам қўйдирволинг. Чунки бюрократсеварларнинг ижрочиларидан ҳам ҳар бало кутиш мумкин!

@yoshlar_elchisi_uz
"Zukko kitobxon" tanloviga qatnashish jarayoni haqida qisqacha:

25-iyun kuni boʻladigan saralash bosqichida ishtirok eting.

‼️ Soat 12:00 da boshlanadi, 17:00 ga qadar yechiladi;

Saralashdagi 25 ta testga javob bering. Har bir toʻgʻri javob uchun 4 ball beriladi, maksimal -- 100;
Balingiz tumandagi eng yaxshi 6 talikda boʻlsa tuman jamoasiga olinasiz va viloyatingizdagi tumanlar oʻrtasida bellashuvda qatnashasiz.

Jamoaalarga:
1-o'rin uchun 6 mln;
2-o'rin uchun 4,2 mln
3-o'rin uchun 3 mln pul mukofotlari bor.
Uchtalikka kirmagan barcha qolgan tuman jamoalari 300 ming so'mdan oladi.

Qatnashing. Bahonada mutolaa jarayoniga yana ham qiziqish oshadi. Omad!

Ma'lumot uchun:
+998949446744
+998958286030

@yoshlar_elchisi_uz
Forwarded from Nozima
📣📣📣 Диққат!

🔴Тошкент вилояти ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари Отабек Султонбеков ва Ёшлар ишлари агентлиги Тошкент вилояти бошқармаси бошлиғи Миразиз Мирсултонов билан аудио суҳбат бошланди.

✔️Ўзингизни қизиқтирган саволларни йўллашингиз мумкин.

👉Суҳбатга уланиш 👈

💬Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yosh kitobxon” tanlovi orqali kitobxonlarga, “Ibrat farzandlari” orqali xorijiy tillarni o‘ganishni istaganlarga, “Bo‘zatov FEST” orqali iste’dod egalariga, “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” orqali shaxmat ixlosmandlariga va boshqa qator loyihalarimiz orqali turli yo‘nalishlarda imkoniyatlar taqdim etilmoqda.

Ammo kasb-hunarli yoshlar va bu yo‘nalishdan borishni istaganlarga ham qo‘llab-quvvatlov kerak edi. Boshqa yo‘nalishlar singari yoshlarning kasb-hunar o‘rganishni ham ommalashtirish va buni ham trendga chiqarish kerak, albatta.

Bu borada ham ilk qadamlarni qo‘ydik. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ilk marta kasblar tanlovi o‘tkazildi. G‘oliblar 1-o‘rin 100 mln so‘m, 2-o‘rin 75 mln so‘m, 3-o‘rin esa 50 mln so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Albatta, bu hali boshlanishi, kasb-hunarni ham trendga chiqarish uchun harakatlarimiz davom etadi.

@yoshlar_elchisi_uz
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании Курбан хайита"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Mitan Mfy Kamolov:
Ertaga viloyat hokimi kubogi , yugurish bo'yicha marafon bo'lib o'tadi, borish istagida bo'lganlar @new_cnc aloqaga chiqishingiz so'raladi, borib kelish transport tashkil etiladi,

Undan tashqari Zukko kitobxon tanlovi xam o'tkaziladi , online, avval may oyida g'olib bo'lganlar bu safar qatnasha olmaydi, g'olib bo'lgan jamoa 6 mln,  beriladi

Kechki dasturda Olmaliqda gala kansert rejalashtirilgan, unga xam transport tashkilashtirilgan , bir qator xalq artistlari kelishi rejalashtirilgan
⚡️"Zukko kitobxon" tanlovining iyun oyi uchun saralash bosqichi 30-iyun kuni bo'lib o'tadi!

📍Xabaringiz bor, avval e'lon qilingan ushbu 3 ta kitob bo'yicha 25 ta savolga javob bersangiz bo'ldi, g’olib bo’lish imkoniyati mavjud! Eng muhimi, ushbu tanlovda yoshidan qat'iy nazar barcha ishtirok etishi mumkin.

📚Siz ham ishtirok etmoqchimisiz? @kitobxontestbot orqali hoziroq roʻyxatdan oʻting!

Tanlov nizomi bilan yana bir bor tanishing

@yoshlar_elchisi_uz
"Zukko kitobxon" tanloviga qatnashish jarayoni haqida qisqacha:

25-iyun kuni boʻladigan saralash bosqichida ishtirok eting.

‼️ Soat 12:00 da boshlanadi, 17:00 ga qadar yechiladi;

Saralashdagi 25 ta testga javob bering. Har bir toʻgʻri javob uchun 4 ball beriladi, maksimal -- 100;
Balingiz tumandagi eng yaxshi 6 talikda boʻlsa tuman jamoasiga olinasiz va viloyatingizdagi tumanlar oʻrtasida bellashuvda qatnashasiz.

Jamoaalarga:
1-o'rin uchun 6 mln;
2-o'rin uchun 4,2 mln
3-o'rin uchun 3 mln pul mukofotlari bor.
Uchtalikka kirmagan barcha qolgan tuman jamoalari 300 ming so'mdan oladi.

Qatnashing. Bahonada mutolaa jarayoniga yana ham qiziqish oshadi. Omad!

Ma'lumot uchun:
+998949446744
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM