Yoshlar ishlari agentligi
168 subscribers
171 photos
23 videos
51 links
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
Download Telegram
Yoshlar ishlari bo‘yicha MDH davlatlari Kengashining 28-majlisi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi

🔰 Yoshlar masalalariga qaratilgan xalqaro Kengashning navbatdagi sessiyasi shu yilning 29-30-aprel kunlari, Toshkent shahridagi "Hilton Tashkent City" mehmonxonasida bo'lib o'tadi.

🔹 Yig'ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, MDH davlatlarining yoshlar bilan ishlash va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha asosiy tashkilotlari vakillari jonli hamda masofaviy tarzda ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Telegram sahifamiz👇
@yoshlar_agentligi_rasmiy
"Biznes marafon" tadbirkorlikka qiziquvchi Sirdaryolik yoshlarni o'z atrofida jamladi

Guliston shahridagi viloyat musiqali drama teatri hamda Xovos tumani Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida o'tkazilgan tadbirda Hasan, Husan Mamasaidov, Laziz Adhamov, Firuz Allaev, Temurbek Adhamov, Jahongir Po'latov kabi muvaffaqiyatli tadbirkorlar o'z tajribalarini ishtirokchilar bilan bo'lishdilar.

Shuningdek, qatnashchilarni qiziqtirgan tadbirkorlikka oid savollariga javob berib, ularga o'z tavsiyalari bilan berdilar.

#BiznesMarafon

Telegram sahifamiz👇
@yoshlar_agentligi_rasmiy
Jizzax viloyatida Mehribonlik uyi bitiruvchilari uchun "Iqtidor" loyihasiga start berildi

💫 Loyihaga respublikamizning barcha hududlaridagi 17 ta mehribonlik uylari va 4 ta bolalar shaharchalaridagi jami 215 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari jalb etilgan bo'lib, shu yilning 23-25-aprel kunlari "Zomin" bolalar oromgohida maxsus darslar o'tkaziladi.

🔰 Loyihaning ilk kunida yoshlarning bandligini ta'minlash, kasb-hunar o'rgatish, volontyorlik hamda kitobxonlik to'g'risida spikerlarning ma'ruzalari tinglandi.

Telegram sahifamiz👇
@yoshlar_agentligi_rasmiy
"Yosh chegarachilar" musobaqasining Andijon viloyat bosqichi o'tkazildi

🔰 Yoshlarni sportga qiziqtirish va keng targ'ib etish, ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "Yosh chegarachilar" musobaqasining Andijon viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

🔹 Musobaqada oldingi bosqichlarda o'z salohiyatini namoyon etib, yuqori natija ko'rsatgan 7 ta jamoa o'zaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalarga ko'ra 1-o'rin Xonobod shahar "Temuriylar" jamoasiga nasib etdi, Paxtaobod tumani "Turon" jamoasi esa 2-o'ringa loyiq ko'rilib, kuchli uchlikni Xoʻjaobod tumani "Vatanparvar" jamoasi yakunlab berdi.

🔸 Shuningdek, Aʼloxon Muxtorova "Eng ilgʻor qiz", Jamshidbek Oʻlmasbekov "Eng ilgʻor yigit" nominatsiyasiga munosib topilib, tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.

Telegram sahifamiz👇
@yoshlar_agentligi_rasmiy
Rossiya Federatsiyasida o'tkaziladigan "Kelajak muhandislari - 2021" forumida ishtirok etishni istaysizmi?

👷🏻‍♂️ Muhandislikka oid eng zamonaviy ma'lumotlar, yangi bilimlarni yoshlarga yetkazishga yo'naltirilgan xalqaro yoshlar sanoat forumida 3 davlatdan kelgan 100 dan ortiq delegatlar ishtirok etadi.

📩 Ishtirok etishni istagan yoshlar shu yilning 30-aprel sanasiga qadar @yosh_bot orqali ro'yxatdan o'tishlari so'raladi.

🔹 Eslatib o'tamiz, aviareys xarajatlari ishtirokchilar tomonidan qoplanadi.

Telegram sahifamiz👇
@yoshlar_agentligi_rasmiy
"Iqtidor" loyihasi davom etmoqda!

🔰 Xabaringiz bor, Jizzax viloyatida Mehribonlik uyi bitiruvchilari uchun "Iqtidor" loyihasiga start berilgandi. Tadbirda Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Hojiakbar Ibragimov, "asaxiy.uz" internet do'koni asoschisi - Firuz Allaev, Toshkent shahridagi "Inha" universiteti rektori - Muzaffar Jalilov, O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi rahbari Shirin Obidova, Aqliy sport federatsiyasi prezidenti Saidmurodxon Muydinovlar ishtirokida mahorat darslari o'tkazildi.

🔸 Shuningdek, loyiha bitiruvchilari ishtirokida sportning futbol, voleybol hamda stol tennisi turlari bo'yicha do'stlik musobaqalari bo'lib o'tdi.

Telegram sahifamiz👇
@yoshlar_agentligi_rasmiy