Toshkent viloyati yoshlari
1.94K subscribers
9.51K photos
1.97K videos
41 files
4.4K links
Toshkent viloyati yoshlar ishlari boshqarmasining rasmiy telegram sahifasi.

❗️Muammo bormi, shu yerga yozing 👉 @Yoshlar_murojaat_Tosh_vil_bot 👈
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

🇺🇿Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi faoliyatidan maxsus rolik.

📍Nurafshon shahri


Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1
#Jarayon

“Yosh fermerlar” platformasi taqdimoti o’tkazildi

📍Nurafshon shahrida Yosh fermerlar kengashi tomonidan yosh fermerlar hamda yoshlar yetakchilariga “Yosh fermerlar” platformasidan foydalanish tartiblari tushuntirib o’tildi.

Prezidentimizning "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 153-sonli qarori asosida ishsiz yoshlar mo‘may daromad manbayiga ega bo'ldi. Yer maydoni ajratilishi tufayli mahalladagi  yoshlarni bandligi ta'minlandi. Yaxshi parvarish qilingan yerda turli xil sabzavot mahsulotlaridan yuqori daromad olinmoqda.


Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#Jarayon

⚡️⚡️⚡️ Yoshlar masalasidagi Respublika ishchi guruh faoliyatini davom ettirmoqda


Bugun mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi Parkent tumanida amalga oshirilayotgan ishlarning qamrovi bilan yaqindan tanishdi.

🟢Oʻrganish jarayonida ogʻir toifaga mansub, otaliqqa olingan yoshlar masalasida amalga oshirilgan ishlar, mahallalarda yoshlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, imtiyozli kredit va yer ajratish darajasi, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻtkazilayotgan loyihalarda yoshlar qamrovi tahlil qilindi.

❗️Shuningdek, yozgi taʼtil vaqtida oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlarining dasturlari ham oʻrganildi.

Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

“Yosh fermerlar” platformasi taqdimoti o’tkazildi

📍Nurafshon shahrida Yosh fermerlar kengashi tomonidan yosh fermerlar hamda yoshlar yetakchilariga “Yosh fermerlar” platformasidan foydalanish tartiblari tushuntirib o’tildi.

Prezidentimizning "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 153-sonli qarori asosida ishsiz yoshlar mo‘may daromad manbayiga ega bo'ldi. Yer maydoni ajratilishi tufayli mahalladagi  yoshlarni bandligi ta'minlandi. Yaxshi parvarish qilingan yerda turli xil sabzavot mahsulotlaridan yuqori daromad olinmoqda.


Toshkent viloyati yoshlari
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Ohangaron shahridagi Xonobod mahallasida yoshlar hashar o‘tkazdi.

Yoshlar shu kabi hasharlarni shaharning barcha mahallalarida o‘tkazishga bel bog‘ladi.


Batafsil videolavhada

Telegram Facebook  📹You tube🌐Instagram   🌐Web-sayt
👍51
#Jarayon

Yoshlar subsidiya asosida ish qurollariga ega bo‘ldi

📍Yangiyo‘l tumanida "Yoshlar daftari" jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 10 nafar yoshga noutbuk va printer, 6 nafariga motokultivator, 7 nafariga tikuv mashinasi berildi.

Viloyatning har bir hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni alohida qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina Yangiyo‘l tumani misolida "Yoshlar daftari" orqali 2024-yilda 769 nafar yoshlarga 2 mlrd. 447 mln. so‘mlik ko‘mak ko‘rsatilgan.

Shundan, mehnat qurollari uchun 96 nafar yoshlarga 1 mlrd. 122 mln. so‘mlik, to‘lov kontrakti uchun 76 nafar yoshlarga 431 mln. so‘mlik, tibbiy xizmat davolanish xarajatlari uchun 37 nafar yoshlarga 121 mln. so‘mlik, safarbarlik chaqiruv rezervi badal pullarini qoplash uchun 49 nafar yoshlarga 351 mln. so‘mlik, ilm-fan, sport va san’at yo‘nalishlarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun 18 nafar yoshlarga 26 mln. so‘mlik yordamlar ko‘rsatilgan.

Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Jarayon

DOLZARB 90 KUN TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Viloyatimizning barcha hududlarida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida yosh avlodning barkamol rivojlanishi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar izchil tashkil etilmoqda.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Chinoz tumanda yoshlar o‘rtasida ARM WRESTLING, stol tennisi va basketbol musobaqalari tashkil etildi.

🔹“Oʻquvchilar kino kunlari” doirasida talabalar va yoshlar “Islomxoʻja” tarixiy-badiiy filmini tomosha qilishdi. Film orqali tarixiy shaxs hayoti, ma’naviyat va milliy qadriyatlar haqida muhim saboqlar olindi va tadbir yoshlarda vatanga mehr va tarixga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1
#Jarayon

📚 Yosh huquqshunoslar bellashdi

⚡️ "Yoshlar oyligi" doirasida Toshkent viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida “Yosh huquqshunos” tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

👨‍👩‍👦 Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida o’tkazilgan ushbu tanlov 14-18 va 18-30 yosh toifasidagi ishtirokchilar o'rtasida o’tkazildi.


Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Jarayon

SOG'LOM HAYOT SARI OLG'A!


🏃‍♂️‍➡️Bekobod tumani "Zafar" shaharchasida "Sog’lom hayot uchun 5000 qadam" sport tadbiri tashkil etildi. Yoshlar va tuman aholisi o’rtasida sog’lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida bugun erta tongdan "Sog’lom hayot uchun 5000 qadam" nomli ommaviy yurish marafoni bo’lib o’tdi.

💠Marafonda hokimlik mutasaddilari, hokim yordamchilari, Yoshlar ishlari agentligi, tuman sport bo’limi hamda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan fuqarolar ishtirok etdi.

Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Jarayon

Zakovat: Yoshlar kubogi – Nurafshonda!
🏆

📌Bugun Nurafshon shahri Yoshlar markazida 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha “Yoshlar kubogi” bellashuvi yuqori saviyada o‘tkazildi!. Unda 25 yoshgacha bo‘lgan bilimdon va zukko yoshlar ishtirok etib, o‘z intellekti va jamoaviy fikrlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazishdi.

Saralash bosqichida ishtirokchilar 24 ta savolga javob berishdi, kuchli jamoalar esa keyingi – pley-off bosqichiga yo‘l olishdi. Har bir raund qiziqarli savollar, tezkor javoblar va iliq raqobat ruhi bilan o‘tdi. Nurafshondagi o‘yin, tashkilotchilik, muhit va ishtirokchilar faolligi bilan alohida ajralib turdi. qiziqarli bahslar bilan o‘tgan musobaqa yoshlarning bilim va tafakkur bayramiga aylandi.


Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

NODIR XOJIYEV MDH YOSHLARI POYTAXTIDA

🇺🇿🇦🇿Ayni kunlarda Ozarbayjon Respublikasi Gabala shahrida nufuzli tadbir — “Gabala–2025: MDH yoshlari poytaxti – Xilma-xillik va birlik bayrami” yoshlar forumi bo‘lib o‘tmoqda.

🇺🇿 Xalqaro forumda ishtirok etayotgan O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasiga Toshkent viloyati yoshlari lideri Nodir Xojiyev rahbarlik qilmoqda.

Forum doirasida MDH Tashkilotining Yoshlar masalalari qo‘mitasi kotibi Tatyana Kovaleva rasmiy ravishda Gabala shahri yoshlari nomiga MDH bosh kotibi maktubini hamda shaharga “Yoshlar poytaxti” maqomini beruvchi hujjatni tantanali topshirdi. O'zbekiston vakillari ham forumda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur nufuzli maqom 2024 yilda Toshkent shahriga berilgan edi. “Yoshlar poytaxti” maqomi bir yil muddatga taqdim etilib, ushbu maqomga sazovor bo‘lgan shaharda milliy va xalqaro miqyosdagi yoshlar tadbirlarini o‘tkazish rejalashtiriladi.


Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏1
#Jarayon

BITIRUVCHILAR BANDLIGI UCHUN MUHIM TASHABBUS

Toshkent davlat agrar universitetida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talabalarining bandligini ta’minlashga qaratilgan “Biznes-marafon” bo’lib o’tdi.


💼 Marafonda nimalar taklif qilinmoqda?

Ish beruvchilar bilan bevosita uchrashuvlar

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari

Mutaxassislar tomonidan beriladigan maslahatlar

Kasbiy yo‘naltirish va tavsiyalar

Bozordagi real talablar asosida yo‘nalish tanlash imkoniyati


🎯 Asosiy maqsad: Yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirib, ularni mehnat bozoriga ishonch bilan olib chiqish!

Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Jarayon

"FAOL YOSHLAR ISHCHI GURUHI" NING MAXSUS YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI

🇺🇿Davlat rahbarining joriy yil 30-iyun kuni yoshlar bilan uchrashuvida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev topshirig‘iga asosan, viloyat yigit-qizlarini qiynayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘lida viloyatning eng faol yoshlaridan iborat ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi.

📍Bugun Nurafshon shahrida viloyat hokimi o‘rinbosari O. Sultonbekov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishchi guruh faoliyatiga oid barcha muhim masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

❗️Jumladan, ishchi guruh vazifasi etib quyidagilar belgilandi:

Sohada mavjud kamchiliklar va muammolarni aniqlash va qo'shimcha imkoniyatlarni ishga tushirish bo'yicha takliflar tayyorlash;
Hududda ijtimoiy yoki iqtisodiy jihatdan yoshlar duch kelayotgan
muammolarni o'rganish va bartaraf etish bo'yicha taklif tayyorlash;
Aniqlangan kamchiliklarni tuman (shahar) hamda viloyat darajasida hal etish yuzasidan viloyat rahbariga ma'lumot taqdim etish;
Hududning qo'shimcha imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yoshlarni
sohalarga yo'naltirishni tashkil etish;
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat shtabiga axborot kiritib borish
.


Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3👨‍💻1
#Jarayon

YOSHLAR BANDLIGI ENG USTUVOR VAZIFA

🇺🇿 Joriy yilning 30-iyun kuni Davlat rahbarining yoshlar bilan muloqotida yigit-qizlar bandligi, ularni kasb-hunarga oʻqitish, jinoyatchilikga qarshi kurash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

📌 Bu borada Toshkent viloyatida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun Nurafshon shahridagi yoshlar markazida ogʻir toifadagi, ishsiz, jinoyatchilikga moyil yoshlarni munosib, daromadli ish oʻrinlari bilan taʼminlash maqsadida ish beruvchi korxonalar, yoshlar va mutasaddilar ishtirokida jonli muloqot boʻlib oʻtdi.

Migratsiya agentligi Toshkent viloyat filiali hamkorligida oʻtgan uchrashuvda Germaniyaning nufuzli Axen universitet klinikasi (Uniklinik Aachen) vakillari ham xorijdagi boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarga qonuniy migratsiya, xorijda ishlash shar-sharoitlari va tartibi haqida atroflicha maʼlumot berildi.

🟢Tadbir doirasida viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi Nodir Xojiyev hududlarda ogʻir toifa, ishsiz, jinoyatchilikka moyil yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar xususida agentlikning mahalliy boʻlim rahbarlari hisobotlari bilan tanishdi va mazkur yoʻnalishdagi ishlar sifatini oshirish yuzasidan qator topshiriqlar berildi.


Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

🔴Avvalroq xabar berganimizdek, bugun Nurafshon shahridagi yoshlar markazida ogʻir toifadagi - ishsiz, jinoyatchilikga moyil yoshlarni, kambag‘al oila farzandlarini daromadli ish oʻrinlari bilan taʼminlash maqsadida mahalliy va xorijiy ish beruvchi korxonalar, yoshlar va mutasaddilar ishtirokida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Jarayonlar Sherzod Qoraboyev lavhasida.


Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#Jarayon

“Yoshlar balansi” masalasi muhokama qilindi

📍Bugun Nurafshon shahrida Toshkent viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Nodir Xojiyev rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatda "Yoshlar balansi"ni shakllantirish, og‘ir va otaliqqa olingan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarning sifati va samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

🔴Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda bu boradagi sustkashliklar tanqid ostiga olinib, ayrim hudud rahbarlariga jiddiy ogohlantirishlar berildi.

☑️Shuningdek, boshqarma mutasaddilari tomonidan yoshlar yetakchilari va mahalliy bo‘lim mutaxassislariga “Yoshlar balansi”ni shakllantirish bosqichlari yuzasidan seminar tarzida batafsil tushuntirishlar berildi. Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan yig'ilishda viloyatning barcha hududlaridagi yoshlar yetakchilari va mahalliy bo‘lim vakillari ishtirok etdi.


Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Toshkent viloyatida "Men qutqaruvchiman" musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi


🏁Bunda jamoalar estafeta, birinchi tibbiy yordam, arqon tortish hamda bilimdon qutqaruvchi yo‘nalishlarida bellashdilar.

Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanib, g‘olib jamoa Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Jarayon

🏓BUGUN VILOYATNING ENG MOHIR RAKETKA USTALARI ANIQ BO'LADI

🖐Ayni damda Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Stol tennisi markazida "Besh tashabbusi olimpiyadasi" doirasida sportning "Stol tennis" turi boʻyicha musobaqalarning viloyat bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

📌Ushbu musobaqada viloyatimizning barcha tuman-shaharlaridan kelgan 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasidagi 130 nafardan ziyod ishtirokchilar qatnashmoqda.

🟢Jarayonlar davom etmoqda.

Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1
#Jarayon

“Besh tashabbus” stritbol g‘oliblari – endi respublika bosqichida!

📢Avvalroq xabar berganimizdek, “Besh tashabbusi” olimpiadasi doirasida stritbol bo‘yicha musobaqalarning Toshkent viloyati bosqichi Nurafshon shahrida boʻlib oʻtdi!

👥130 nafardan ziyod ishtirokchi, 16 yoshdan 30 yoshgacha — jamoaviy tarzda viloyat birinchiligi uchun jiddiy bahslarga kirishdi.

🎉Natijalar quyidagicha:

👦16–21 yosh (o‘g‘il bolalar):
🥇Nurafshon sh.
🥈Chinoz t.
🥉Bo‘stonliq t.

👧16–21 yosh (qizlar):
🥇Bo‘stonliq t.
🥈Yangiyo‘l sh.
🥉Parkent t.

👦22–30 yosh (o‘g‘il bolalar):
🥇Olmaliq sh.
🥈Qibray t.
🥉Yangiyo‘l sh.

👧22–30 yosh (qizlar):
🥇Yangiyo‘l sh.
🥈Chinoz t.
🥉Olmaliq sh.


🇺🇿Gʻolib jamoalar endi respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qilishadi. Ularga omad va zafarlar tilaymiz!

Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
#Jarayon

TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA


❗️Ayni vaqtda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yoshlarni eshitamiz” shiori ostida yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
bo‘lib o‘tmoqda.

Unda bir guruh Toshkent viloyatining faol tadbirkor yigit-qizlari bevosita ishtirok etayotgan bo'lsa, yana bir qismi Nurafshon shahridagi viloyat studiyasidan boshqarma boshlig'i Nodir Xojiyev boshchiligida qatnashmoqda.

🟢Eslatib o'tamiz, muloqot jarayonlarini Agentlikning Youtube sahifasi orqali jonli efirga uzatilmoqda.


Toshkent viloyati yoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4