Toshkent viloyati yoshlari
2.11K subscribers
8.64K photos
1.76K videos
41 files
4.08K links
Toshkent viloyati yoshlar ishlari boshqarmasining rasmiy telegram sahifasi.

❗️Muammo bormi, shu yerga yozing 👉 @Yoshlar_murojaat_Tosh_vil_bot 👈
Download Telegram
#jarayon

Ohangaron tumani "Ovjazsoy" mahallasi hududidagi tabiat qo‘ynida sayl tashkil etildi.
#bandlik

Ohangaron shahrida ishsiz yoshlar uchun ekskursiya tashkil etildi

Bugun, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi, Ohangaron, Olmaliq, Nurafshon, Angren shahri hamda Ohangaron tuman yoshlar ishlari bo‘limlari bilan hamkorlikda Ohangaron shahriga ekskursiya tashkil etildi.

Unda mazkur hududlardan borgan 200 nafarga yaqin yoshlarni shahardagi “Artel", "Trend Tex", "Premiyer", "Texnopark” korxona va fabrikalarda tashkil etilgan mehnat yarmarkalarida ishtirok etdi.

Ekskursiya davomida zavodlardagi ishlab chiqarish jarayonlari, eksport salohiyati yuzasidan maʼlumotlar berildi. Avvalgi mehnat yarmarkalarida ishga joylashgan yoshlarning fikri tinglandi.

Shuningdek, 30 nafardan ortiq yoshlar mazkur zavodlarga ishga joylashadigan bo‘ldi.

Bu kabi ekskursiyalarning davomli tashkil etilishi, ishsiz bo‘lgan yoshlar uchun o‘zlariga munosib ish o‘rni topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

https://t.iss.one/yiatvboshqarma
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Mutolaa” jamoasidan menga kreativ taklifnoma keldi. 

Sun’iy idrok orqali tayyorlangan bo‘lsa-da, jadidlar otasi Behbudiyning o‘tli so‘zlari, tilaklari, loyiha taqdimotiga chorlovini tinglash shunchaki ajoyib. Men jamoaning kitobxonlikka yangicha yondashayotganidan, milliy tariximiz, qadriyatlarimizni zamon bilan uyg‘un ko‘rayotganlaridan xursandman.

Loyihaning teatrlashtirilgan taqdimoti hamda “Qo‘rqma” filmi premyerasini Youtube sahifamiz orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin. Yana bir ajoyib loyiha barchamizga muborak

Taqdimot va premyerani https://youtube.com/@mutolaafilms?si=aWI_rt6F22u_R2ot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#besh_tashabbus
#DXX_kubogi

🏆 DXX kubogi g’oliblari munosib taqdirlandi

Yurtimiz bo‘ylab sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha “Davlat xafsizlik xizmati kubogi” musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Bugun shahrimizdagi 1-sonli umumta’lim maktabining futbol maydonida ushbu musobaqaning final bosqichi bo’lib o’tdi.
Tadbirda sektor rahbarlari va DXX Chirchiq shahar bo’limining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Unda 4 ta sektor hududidagi mahalla yoshlari bellashdi.
Qizg‘in davom etgan bahslar yakuniga ko‘ra, keyingi viloyat bosqichida ishtirok etib, shahrimiz sharafini himoya qiladigan jamoa ham aniq bo‘ldi.

O‘yin natijalariga ko‘ra:
🥇-o'rin “Ma'rifat” mahallasi,
🥈-o'rin “Hayot guli” mahallasi,
🥉-o'rin Xaydar Maqsudov mahallasi jamoalariga nasib etdi.


G‘oliblar Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, shahar prokurori Ummatbek Ablabekov, IIB boshlig’i Ibrohim Xasanov va DSI boshlig’i Abror Xamdamov tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan munosib taqdirlandilar.

Endilikda 4-sektorga qarashli “Ma’rifat” mahallasining o’gil bolalar jamoasi musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etadi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati


💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
#Hokim_qarori

Toshkent viloyatidagi Yangiyoʻl Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Angren shahar 2-son kasb-hunar maktabida kasb (mutaxassislik) va chet tiliga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek, xorijda maqsadli ishlash istagi boʻlgan yoshlarning manzilli roʻyxati shakllantirilishi hamda ularni mazkur oʻquv kurslariga jalb etilishi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
#onlayn

⭕️ Quyi Chirchiq tumanidagi "Beruniy"  mahallasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning joriy yilgi mavsumi doirasida oʻtkazilayotgan “Boʻzatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tmoqda.

https://t.iss.one/yiatvboshqarma
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live

"Boʻzatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovi davom etmoqda.

Unda tuman va shahar bosqichlarida gʻolib boʻlgan 200 nafarga yaqin oʻgʻil-qizlar ishtirok etmoqda.

https://t.iss.one/yiatvboshqarma
#Live

Ayni damda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridagi bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuvi boshlandi.

Tadbir avvalida viloyat hokimi Yoshlar ijodiyot saroyida yaratilgan sharoitlar, "Kreativ park" hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan "Mutolaa", "Ibrat farzandlari", "Ustoz AI" kulolchilik akademiyasi, volontyorlik faoliyati va boshqa loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur loyihalarni Toshkent viloyatida ham tadbiq etish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Mazkur uchrashuvni tashkil qilishdan asosiy maqsad – Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash tizimida malakali mutaxassislarni ko‘paytirish, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda aholini sifatli tibbiyot bilan qamrab olishdir.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda viloyatimiz sog‘liqni saqlash sohasidagi tibbiyot muassasalarida 8 873 nafar shifokor shtat
birligi mavjud bo‘lib, shundan 7 832 shtat birligida 4 732 nafar shifokor faoliyat yuritib kelmoqda. Vakant o‘rinlar soni esa 1 041 tani tashkil qiladi.

Muloqotda Zoyir Mirzayev viloyatdagi mavjud vakant lavozimlarga bitiruvchi bakalavriat talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni shartnoma asosida ishga qabul qilish taklifini ilgari surmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌