Kadastr - Live
4.7K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрининг Шайхонтоҳур туманидаги Сархумдон маҳалласига борди.
Президентимиз маҳалладаги шароитларни кўрди, маҳалла оқсоқоллари билан бирга кўчатлар ўтқазди. Нуронийлар юртимизга ҳамиша тинчлик, халқимизга фаровонлик тилаб дуо қилди.
Давлатимиз раҳбари кутилмаганда Гулобод маҳалласига ҳам ўтиб, мавжуд ҳолатни кўздан кечирди, одамлар билан суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Сархумдон в Шайхантахурском районе Ташкента.
Президент ознакомился с условиями в махалле, вместе с аксакалами махалли посадил деревья. Представители старшего поколения прочитали дуа с пожеланиями мира и процветания нашей стране.
Глава государства неожиданно решил посетить и махаллю Гулобод. Он ознакомился со здешними условиями и побеседовал с жителями.

#Mirziyoyev #tanishuv #mahalla #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik #LX #seminar_trening

Joriy yilning 22-24 noyabr kunlari Koreya Respublikasining Yer, infrastruktura va transport vazirligi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda milliy geografik axborot tizimi uchun fazoviy maʼlumotlarni standartlashtirish va ulardan foydalanish” grant loyihasi doirasida Yer va fazoviy maʼlumotlarni axborotlashtirish korporatsiyasi tomonidan “O‘zbekistonda geoaxborot tizimlari maʼlumotlarini standartlashtirish” bo‘yicha Kadastr agentligi hamda davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik-idoralar mutaxassislari uchun seminar trening tashkillashtirildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Миллий географик ахборот тизими учун фазовий маълумотларни стандартлаштириш ва улардан фойдаланишда ҳамкорлик.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2021-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiyaga oid 230 ta texnik loyiha va 121 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Shuningdek 181 ta kartografiya mahsulotlarini ekspertiza qilish va nashr etishga ruxsat berildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun 82 ta ruxsatnomalar rasmiylashtirildi.

♦️Ushbu rasmiylashtirilgan ruxsatnomalar orqali 22 452 ta geodeziya va kartografiya materiallari buyurtmachilarga taqdim etildi.

📌Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 120 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #haftalik_xisobot #axborot_xizmati

HAFTA DAVOMIDA KADASTR AGENTLIGI TIZIMIDA SODIR BO'LGAN ENG ASOSIY YANGILIKLAR.

1. “O‘zbekiston milliy geografik axborot tizimi uchun fazoviy maʼlumotlarni standartlashtirish va ulardan foydalanish”
grant loyihasi doirasida o‘quv seminar o'tkazildi.

2. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar hamda kelajakdagi rejalar” mavzusida yig'ilish o'tkazildi.

3. Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2021-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiyaga oid 230 ta texnik loyiha va 121 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.
#huquqiy_bilim

Kadastr pasportining shakllari:

🏢 Ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;
🏡 Yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;
🏭 Noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;
📝 Yer uchastkasining kadastr pasporti;
🏗 Qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.

Huquqiy asos

**********************************************
Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash

HURMATLI FUQAROLAR!!!

Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha «Komplaens-nazorat» (ichki nazorat) xizmati Sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.

Agarda Siz kadastr tizimida korrupsion holatlarga guvoh bo‘lsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari to‘g‘risida maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz bizga murojaat qiling.

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

“KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAYLIK”

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Davlat_kadastrlari_palatasi

Bugun, Davlat kadastrlari palatasida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-avgustdagi 5689-sonli farmoyishiga asosan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun yer maydonlarini auksion savdosiga chiqarilishi bo‘yicha qilinayotgan ishlar, hamda

Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishning integratsiyalashtirilgan axborot tizimida qishloq xo‘jaligi yerlarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Uni Kadastr agentligi direktori F.Umarov boshqardi. Onlayn tarzidagi ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan uchrashuvda mamlakatimizning barcha hududlaridan Davlat Kadastrlar Palatasining boshqarma boshliqlari qatnashib, bu masalada bajarilayotgan ishlar bo‘yicha axborot berdilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#huquqiy_bilim

Kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

🔹 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Huquqiy asos

****************************************
Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Davlat_tili

📄Sertifikatlar topshirildi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan bir oylik “O‘zbek adabiy tili, me’yorlari va davlat tilida ish yuritish kursi” bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilgan edi.

Joriy yilning 29-noyabr kuni mazkur o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Andijon #kadastr #yer_nazotari #Qaror_ijrosi

🏢Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasining "Yer va kadastr nazorati" bo'limi tomonidan yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan:
📈Hisobot kuniga qadar viloyatda faoliyat olib borayotgan inspektorlar tomonidan 724 ta holatda 106,2 gektar yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.

Yuqoridagi maydonlarning 180 ta holatdagi 11,53 gektari joyida bartaraf etilishi ta'minlandi.

📝 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyun kungi PF-6243-sonli Farmoni ijrosi bo'yicha o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan imoratlarni bartaraf etish yuzasidan 93 ta holatda tegishli sud organlariga davo arizalari kiritildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #sayyor_qabul #Samarqand

Samarqand viloyatining Samarqand tumanida Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Mirmaqsudov Mirsaid Sadikovich ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr sohasidagi muammolarini hal qilish maqsadida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.