Kadastr - Live
4.54K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
February 5, 2020
February 5, 2020
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 5, 2020
February 6, 2020
#21ta_kadastr

FOYDALI QAZILMA KONLARI, BELGILARI VA TEXNOGEN MINERAL HOSILALAR DAVLAT KADASTRI.

Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi konlari, foydali qazilmalari nishonalari va texnogen hosilalarining davlat kadastrini hisobga olish ob'yektlari hisoblanadi:
-O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralari davlat balansida hisobga olingan foydali qazilmalar zaxiralari mavjud bo‘lgan konlar;
-foydali qazilmalar konlari uchastkalari, agar ularning zaxiralari O‘zbekiston Respublikasining foydali qazilmalari zaxiralari davlat balansida alohida satr bilan hisobga olinsa;
-O‘zbekiston Respublikasining foydali qazilmalari zaxiralari davlat balansida hisobga olinmagan foydali qazilmalar zaxiralari mavjud bo‘lgan, lekin qidiruv (mufassal baholash) ishlari tugallanmagan konlar;
-foydali qazilmalar zaxiralari O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi hisobidan qandaydir sababga ko‘ra chiqarilgan konlar;
-iqtisodiy yoki texnik sabablarga ko‘ra zaxiralardan foydalanish vaqtincha to‘xtatilgan, kon korxonalari esa to‘xtatib qo‘yilgan konlar;
-tarkibida mineral xom ashyoning mana shunday turi bo‘yicha qazib olinayotgan konlarga sanoat talablariga javob beruvchi qimmatli komponentlar borligi jihatidan hech bo‘lmaganda bitta ruda jismi (qatlami) mavjudligi aniqlangan foydali qattiq qazilmalar nishonalari;
-tarkibidagi qimmatli komponentlar amaliy qiziqish tug‘diruvchi, shuningdek, atrof-muhitni ifloslantiruvchi va aholiga jiddiy xavf-xatar tug‘diruvchi kambag‘al rudalar ag‘darmalari, chiqindi omborlari va boshqa texnogen hosilalar.

Foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri Davlat Geologiya va mineral resurslar qo`mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 2434 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 2434 tani tashkil etadi

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
February 6, 2020
#yer_nazorati
Davyergeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan yer nazorati dasturi davom etadi. Kuzatib borayotganingizdek yurtimiz bo‘ylab o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy obyektlarni bartaraf etish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilmoqda. 6 fevral kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi holat o‘rganildi. O‘rtasaroy massivi O‘rtasaroy mahallasi, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan hududda Hokimiyatga tegishli qishloq xo‘jalik yaylov yerining 218 konturidagi 1 gektar yerida 10 ta noqonuniy ravishda uy joylar qurib olingani aniqlandi. Bu yerdagi fuqarolarning hech qanday hujjatlari yo`qligi qo‘llaridagi esa soxta qarorlar ekanligi mutasaddilar tomonidan ta`kidlandi. Qilgan ishlari qonunga xilof ravishda bo‘lgani aholining o‘ziga yotig’i bilan tushuntirildi. Ishchi komissiya tomonidan darhol bu yerlarni o‘z holiga qaytarish yuzasidan bartaraf etish ishlari boshlandi. Ba’zi bir fuqarolar o‘z tashabbuslari bilan noqonuniy imoratlarini bartaraf etishni boshlashdi.
Tez orada ushbu hududga blogerlar ham yetib kelishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishga harakat qilishdi.
Har bir fuqaro qilgan ishi uchun javob berishi kerak. Sud qachonligini bilishadi-yu lekin ogohlantirish bizga bermagan deyish to‘g’rimi? Axir ogohlantirish bo‘lmaganda, sud qachonligini va nima haqida bo‘lishini qayerdan bilishadi. Hokimiyatning zaxirasidagi yaylov yeriga o‘zboshimchalik bilan qurgandan keyin hokim bundan boshqa qanday yo‘l tutishi mumkin. Hammaning o‘z haqiqati bor deyishadiku, lekin ushbu haqiqat qonun bilan to‘g’ri kelmasa ming afsuski qonun doirasida ish ko‘rishga majbur bo‘linadi. Qonunni yaxshi biladigan har bir inson oldin xujjatlar tayyorlab keyin uy-joy qurishni boshlaydi. Bu yerda 1 emas 2 emas 10 ta noqonuniy uylar bor va hech qaysining xujjatlari yo‘q bunisiga nima deysiz? Biz ham aynan shu haqida aniq ma’lumotlarni olish maqsadida ushbu tuman kadastr xodimiga savol bilan yuzlandik.
Ko‘rib turganingizdek bu yerda 35 sotix yerni o'rab olib qurib qo`ygan yerning na egasi ko‘rinish berdi, na bir xujjat yetib keldi, balki boshqa viloyatdan turib ushbu viloyatdan yer olgandur bunisi bizga qorong’u. Lekin shunisi aniqki, bu yerlar ham noqonuniy ravishda o‘zboshimchalik bilan egallangan va imorat qurilgan. Yaylov yerlarni o`z holiga qaytarish shu hududda yashaydigan chorvachilik bilan shug`ullanadigan fuqarolarga qanchalik kerakligi va iqtisodiyotimizga biroz bo‘lsada foydasi bo‘lishini unutmasligimiz kerak.

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
February 6, 2020
February 6, 2020
February 6, 2020
Forwarded from Xalqaro press klub
February 6, 2020
February 6, 2020
February 6, 2020
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 6, 2020
February 6, 2020
February 6, 2020