Kadastr - Live
4.47K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
Forwarded from TUPROQSIFATTAHLIL DUK (Soil-science)
ТУПРОҚ УНУМДОРЛИГИНИ ОШИРУВЧИ ЎСИМЛИКЛАР:

БЕДА

Беда ер унумдорлигини ошириш ва чорва озуқа базасини яратишда асосий экин ҳисобланади. Уч йил давомида бир гектар майдонда 600–900 кг соф азот тўплайди, тупроқ донадорлигини тиклаб, сув-физик хоссаларини яхшилайди, эриши қийин бўлган фосфорли бирикмаларни парчалаб, уларни кейинги экинлар ўзлаштириши учун тайёрлаб беради, тупроқни турли касаллик тарқатувчи инфекция унсурлари (замбуруғ, бактерия, вирус)дан тозалайди. Беда (кўк масса, пичан, сенаж) билан боқилган чорва молларининг маҳсулдорлиги, гўшти ва сутининг сифати ошади.


Kanalga ulanish👇👇👇

https://t.iss.one/TSTM_DUK
Forwarded from TUPROQSIFATTAHLIL DUK (Soil-science)
ТУПРОҚНИ ЭРОЗИЯДАН САҚЛАШ ТАДБИРЛАРИ

Тупроқни эрозиядан сақлаш учун аввало қуйидагиларни бажариш лозим:

а) эрозияга учраган ерлар майдонини аниқлаш, уни намоён бўлишига олиб келган хариталаштириш; сабабларни ўрнатиш, эрозияланган майдонларни

б) ўзида агротехник, ўрмон мелиорацияси гидротехник ва ташкилий хўжалик тадбирларни қамраб олган, тупроқни эрозиядан асровчи минтақавий тизимини ишлаб чиқиш ва қўллаш;

в) ҳар бир даланинг (технологик участканинг) унумдорлик паспортини амалиётга киритиш, унда ҳақиқий ҳолат ва тавсия этиладиган тупроқ унумдорлигини оширишга имконият яратувчи чора-тадбирларни акс эттириш;

г) экиш структурасига, тупроқни эрозиядан муҳофазаловчи қишлоқ хўжалик экинларини киритиш, тупроқни муҳофазаловчи махсус алмашлаб экишни юритиш;

д) тупроқни муҳофазалаш ва мелиорациялаш учун эрозияга қарши ҳамда мелиорациялаш машина ва қурулмаларининг тизимини белгилаш асосий йўналишлар ҳисобланади.

https://t.iss.one/TSTM_DUK
#tadbir_2020
Ayni damda Davyergeodezkadastr qo’mitasi tasarrufidagi hududiy Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari va tizimdagi tashkilotlar rahbarlari uchun boshqaruv mahoratini oshirishga qaratilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari boshlandi.
Mazkur malaka oshirish kurslari qo‘mita raisi Abdullayev Abdushukur Xamidovichning "Sohaga oid normativ huquqiy xujjatlar bazasi ularning mutanosobligi" mavzusidan boshlandi.
29-31 yanvar kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan va bugun o’z ishini boshlagan “Boshqaruv mahoratini oshirishga qaratilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish” o’quv kursi davomida ishtirok etayotgan rahbarlarga quyidagi mavzularda ma’ruzalar qilinadi.

KANALGA A'ZO BO'LISH
t.iss.one/ygk_uz
Ўзбекистон Республикаси Ер ресурслари, геодезия,
картография ва давлат кадастри давлат қўмитаси

Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва саноат вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси молия вазирлигининг

“Янги ерларни суғориш ва ўзлаштириш қиймати, лалми шудгор ва суғорилмайдиган кўп йиллик дарахтзорлар олиб қўйилганда қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқариши нобудгарчиликларининг ушбу қийматини инобатга олиб ҳисобланган миқдори ҳамда пичанзорлар ва яйловлар ҳолатини тубдан яхшилаш қийматини индексация қилиш ҳақида” қарори лойиҳаси муҳокамага қўйилди.
#tadbir_2020
Kun tartibiga muvofiq G.Abdullayeva "Kadrlar masalasida joriy etilgan dastur bo`yicha amalga oshirilgan ishlar va kuzatilayotgan muammoli masalalar" mavzusida hududiy boshqarma boshliqlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari bilan muhokama olib bordi.
Shu qatorda I.Hamroyev "Qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlarni o`zboshimchalik bilan qishloq xo`jaligi muomalasidan chiqarishga sabab bo`lgan hollarda yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va qoplash ishlarini amalga oshirish" mavzusida taqdimot olib bormoqda.

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
#yer_nazorati

Andijon viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 2020 yil 26 yanvar kuni tasdiqlangan reja-grafikka asosan joriy yilning 28 -30 yanvar kunlari "Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish uchun xujjatlarni rasmiylashtirish" mavzusida amaliy seminar o‘tkazish belgilangan.

3 kunlik amaliy seminarning 2-kuni Andijon va Oltinko'l tumanlarida Izboskan, Paxtaobod, Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor hamda Andijon shahar Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilishni amalga oshirishda faoliyat yuritayotgan davlat inspektorlari ishtirokida o'quv amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
#kun_tarixi
30-yanvar. Angliyada dunyoda birinchi qutqaruvchi qayiq dengizda sinovdan o'tkazildi.
1789 yilda daryoda yuz bergan qayg'uli voqea natijasida qutqaruv kemasi paydo bo'ldi. Kema daryoning toshishi yaqinida dengizda bo'ron bo'lib qoldi. Garchi jamoaning barcha a'zolari - 8 kishi bo'lsa-da, hech kim ularni qutqarishga urinmadi, chunki bu o'z joniga qasd qilish bilan barobar edi. Shundan so'ng, ular odamlarni suvda saqlash usullari haqida jiddiy o'ylay boshladilar.1790 yil 30-yanvar kuni Angliya shimolidagi Tayn daryosida qirg'oqqa asoslangan birinchi ixtisoslashgan kemalar sinovdan o'tkazildi. U "Asl" (Original) nomini oldi. Qayiqning uzunligi 30 fut edi. Kema o'nta eshkak bilan jihozlangan edi. Qayiqning "otasi" janubiy qalqonlarning Genri Greathead deb nomlanadi. "Original" paydo bo'lishidan oldin katta dengiz tarixiga qaramay, bu kema dengizda qutqarish uchun mo'ljallangan birinchi ixtisoslashgan kema bo'ldi.
#Бугун_туғилган_кун_хотира

Ислом Абдуғаниевич Каримов 1938 йил 30 январда Самарқанд шаҳрида хизматчи оиласида туғилган. Маълумоти - олий. Ўрта Осиё Политехника ва Тошкент Халқ хўжалиги институтларини тугатган. Муҳандис-механик ва иқтисодчи мутахассисликларига эга. Иқтисод фанлари номзоди

➡️ https://bit.ly/36DZyxM

Каналга қўшилиш
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEHi_Tk-4p_xI26gIw
#yer_nazorati

Toshkent viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig'ining 2020 yil 24 yanvardagi 4-sonli buyrug'iga asosan joriy yilning 27-29 yanvar kunlari "Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish uchun xujjatlarni rasmiylashtirish" mavzusida amaliy seminar o'tkazish belgilangan.

Seminarning 3 kunida O'rtachirchiq, Oqqo'rg'on, Chinoz, Yangiyo'l, Quyichirchiq tumanlari va Yangiyo'l, Nurafshon shaxar Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilishni amalga oshirishda faoliyat yuritayotgan davlat inspektorlari qatnashdi.

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook