Kadastr - Live
4.57K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#Andijon #kadastr #yer_nazotari #Qaror_ijrosi

🏢Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasining "Yer va kadastr nazorati" bo'limi tomonidan yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan:
📈Hisobot kuniga qadar viloyatda faoliyat olib borayotgan inspektorlar tomonidan 724 ta holatda 106,2 gektar yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.

Yuqoridagi maydonlarning 180 ta holatdagi 11,53 gektari joyida bartaraf etilishi ta'minlandi.

📝 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyun kungi PF-6243-sonli Farmoni ijrosi bo'yicha o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan imoratlarni bartaraf etish yuzasidan 93 ta holatda tegishli sud organlariga davo arizalari kiritildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Live #Andijon #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiya taraqqiyot dushmani.

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi majlislar zalida boshqarma boshligʼi F.Berdikulov boshchiligida viloyatdagi barcha rahbar va ishchi hodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali kengaytirilgan yigʼilish boʼlib oʼtmoqda.

Kun tartibidagi birinchi va eng dolzarb masala korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion holatlarni oldini olish boʼyicha boshqarma boshligʼi tomonidan tegishli tushuncha va koʼrsatmalar berildi.