Kadastr - Live
4.68K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#Kadastr #Sayyor_qabul #Buxoro_viloyati

⭕️Ayni damda, aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Buxoro tumanidagi "Madaniyat uyi"da sayyor qabul o‘tkazilmoqda.


📌Unda Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Xamidovich Abdullaev, viloyat boshqarmasi rahbarlari hamda tuman mas'ullari ishtirok etmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
​​#Kadastr #Andijon_viloyati

📝Andijon viloyatida 11 145 ta qishloq xo‘jaligi korxonalarining ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan bo‘lib shundan, joriy yilning 26-oktabr kuniga qadar 11 759 tasi GIS xaritaga chizildi, 9 983 tasi ro‘yxatga olinib, 8 206 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, 1 777 tasi hisobga olindi.

Jumladan;

🔶Jalaquduq tumanida reja bo‘yicha 1181 tadan 1177 tasi,
🔶Andijon tumanida 1150 tadan 1107 tasi,
🔶Qo‘rg‘ontepa tumanida 1136 tadan 1136 tasi,
🔶Paxtaobod tumanida 1119 tadan 1230 tasi,
🔶Ulug‘nor tumanida 939 tadan 1061 tasi,
🔶Xo‘jaobod tumanida 886 tadan 928 tasi,
🔶Baliqchi tumanida 854 tadan 964 tasi,
🔶Asaka tumanida 846 tadan 874 tasi,
🔶Marxamat tumanida 668 tadan 816 tasi,
🔶Izboskan tumanida 606 tadan 606 tasi,
🔶Shaxrixon tumanida 477 tadan 482 tasi,
🔶Buloqboshi tumanida 403 tadan 425 tasi,
🔶Oltinko‘l tumanida 379 tadan 403 tasi,
🔶Bo‘ston tumanida 372 tadan 389 tasi,
🔶Xonobod shahrida 117 tadan 149 tasi,
🔶Andijon shahrida 12 tadan 12 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari tegishli tartibda o‘rganilib dasturga ma’lumotlar kiritilishi ta’minlandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
​​#Kadastr #komplaens_nazorat

🔰Kadastr agentligining Komplaens-nazorat xizmati tomonidan «Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va uni oldini olish» bo‘yicha tizim tashkilotlarida profilaktika ishlari olib borilmoqda.

📌Joriy yilning 28-oktabr kuni Kadastr agentligi tasarrufidagi Respublika Aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Kadastr agentligining Komplaens-nazorat xizmati boshlig‘i B. Shamansurov, kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi L. Xolov, Respublika Aerogeodeziya markazi direktori o‘rinbosari I.Matmurodov va bosh hisobchisi I. Koralevalar ishtirok etishdi.

💠Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi. Mazkur tadbirda korxona xodimlarining korrupsiya illatlaridan uzoq bo‘lishi va o‘z vazifasiga sitqidildan yondoshib, ish faoliyatini to‘g‘ri olib borishi va korxonaga ishga olinadigan har bir yangi ishchi xodimlarni ochiqlik tamoyillariga ko‘ra, ochiq va shaffof tanlov asosida “Argos.uz” dasturi orqali ishga qabul qilish, shuningdek, korxona xodimlari o‘rtasida o‘zaro ichki muhitni sog‘lomlashtirish, buning uchun Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan “Kasb odobnomasi” va “Odob-axloq qoidalari”ga hamda korxonaning “Ichki mehnat tartib qoidalari”ga qat’iy rioya etilishini ta’minlash va xodimlar o‘rtasida sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish zarurligi yuzasidan korxona rahbari R.Xatamov va mas’ul xodimlariga tegishli tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.

📌Bu kabi profilaktik tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, sohada korrupsion omillarni kamaytirish, har bir xodimda korrupsiyaga qarshi murosasiz immunitetni shakllantirish hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
​​#Kadastr #Andijon_viloyati

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 avgustdagi “Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 520-sonli qarori ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Xususan,

🔷Asaka tumanida Kadastr va Soliq organlari xodimlari bilan hamkorlikda jami bo‘lib, 21 551 ta obyektlar xatlovdan o‘tkazildi (33 ta mahalla).

📍Shundan, 4 464 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tganligi va 16 717 tasi ro‘yxatdan o‘tmaganligi aniqlandi.

💠Bundan tashqari, 7 431 ta obyekt egalari tomonidan to‘langan soliq summalari o‘rganildi.
Jumladan:
📝15 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 3 262 tani;
📝11-14 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 697 tani;
📝6-10 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 458 tani;
📝1-5 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 014 tani tashkil etmoqda.

Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Asaka tumanida tashkil etilgan «Shtab» tomonidan kunlik tahlil qilinib kunbay nazorat olib borilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #auksion

🔰"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 24-avgustdagi F-5689-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 18-bandida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

📌Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, taqdim etildi. Shu kabi, joriy yilning sentabr va oktabr oylarida 8 404 ta 288,02 gektar yer uchastkasi tizimda ijobiy xulosa olinib, auksion savdolariga chiqarilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Kadastr agentligining vakolatlari kengaydi.

📝“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

📌Batafsil

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr

📝Davlat kadastrlari palatasi yil boshidan beri tashabus asosida (fuqarolarning arizalarisiz) 2 129 162 ta xonadonlarga uy raqamlari berilganligi ma’lum qilingan.

📌Shuningdek, berilgan raqamlarni xonadonlarga ilish ishlarini tashkilashtirish maqsadida, Kadastr agentligining tuman bo‘limlari tomonidan har bir MFYga raqamlar berilgan xonadonlar to‘g‘risidagi elektron raqamli xaritalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #malumot

🔰“Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

📝Yer kadastriga doir axborotlarni shakllantirilishida ma’lumotlar va hujjatlar olinadigan ma’lumotlar bazasiga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri ham kiritildi.

📝Yer kadastriga doir axborotni uning shakllantirilishiga, saqlanishiga, yangilab borilishiga va turiga qarab foydalanuvchilarga taqdim etadigan tashkilotlar ro‘yxati belgilandi.

📝Yer kadastriga doir axborot olmoqchi bo‘lgan manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli yer uchastkasining o‘rnashgan joyi bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
​​#Kadastr #manaviyat_va_marifat

TAVSIFNOMA

📝Tavsifnomaning zaruriy qismlari:
🔷Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar:
🔷ismi, otasining ismi, familiyasi; tug‘ilgan yili;
🔷millati; partiyaviyligi;
🔷ma’lumoti; lavozimi;
🔷ilmiy darajasi va unvoni;

📑Hujjat nomi (Tavsifnoma).
🔖Matn.
🖊Imzolar, sana, muhr.

📒Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati, ya’ni mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi.

📕Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba’zida siyrati, jamoa a’zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo‘lish uchun kamchiligi ham ko‘rsatilib, istak bildiriladi.

📗Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko‘rsatiladi.

📙Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Xodimni tavsiflashda “halol”, “topshiriqlarni vaqtida bajaradigan”, “mehnatsevar”, “talabchan”, “tashabbuskor”, “tezkor”, “intizomli” kabi sifatlardan foydalaniladi. Agar tavsifnoma jamoat tashkilotlari yig‘ilishida tasdiqlangan bo‘lsa shu yig‘ilish bayonnomasi raqami va sanasiga havola bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra tavsifnomaga ikki shaxs: muassasa (yoki bo‘linma) boshlig‘i va kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi. Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo‘natiladi. Tavsifnomalarning “ishlab chiqarish tavsifnomasi”, “Tavsifiy tavsiyanoma”, “xizmat tavsifnomasi” kabi turlari mavjud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o‘zaro farqlanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #IT_texnologiyalari

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i - O. Umarov Kadastr agentligining markaziy apparatiga tashrifi kuni “ArcGIS” dasturi yordamida interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega yagona axborot bazasi 21 turdagi qatlamlarning sohalar, hududlar va yo‘llar kesimida raqamlashtirilganlik darajasi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Prezident #Kadastr #Xalq_bilan_birga #Tashkiliy_nazorat

Ижобий ҳал бўлган мурожаатлар ҳудудлар кесимида:

Қорақалпоғистон Республикаси - 457 та
Андижон вилояти - 705 та
Бухоро вилояти - 786 та
Жиззах вилояти - 760 та
Қашқадарё вилояти - 1 185 та
Навоий вилояти - 257 та
Наманган вилояти - 561 та
Самарқанд вилояти - 927 та
Сурхондарё вилояти - 1 523 та
Сирдарё вилояти - 389 та
Тошкент вилояти - 1 171 та
Фарғона вилояти - 1 624 та
Хоразм вилояти - 824 та
Тошкент шаҳар - 508 та

Telegram Instagram YouTube Facebook
DIQQAT E’LON!

Hurmatli Beruniy tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 10-noyabr kuni soat 11-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi direktori Umarov Fazliddin Karimovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Beruniy tumani Xalqlar do‘stligi ko‘chasi «Yoshlar markazi» binosida.

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Murojaat uchun telefon: (+99891) 370-07-68

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ерлар очиқ аукционга чиқарилади ва қайси тадбиркор уйнинг нархини арзон қилиб бериш мажбуриятини олса унга афзалликлар берилади

📍
https://uza.uz/posts/316969

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Audio
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA #PF_6243

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 08-iyundagi PF-6243-son Farmoni yuzasidan fuqarolarni qiziqtirgan savollariga Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Yer va kadastr nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi E.Kamalov O'zbekiston radio kanali orqali batafsil javob berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
📢 3 ноябрь, чоршанба куни ўтказилиши режалаштирилган тадбирлар:

〰️〰️〰️

🔰Матбуот анжумани

Мавзу: "Ер муносабатларида тенглик ва шаффофликни таъминлаш, ерга бўлган ҳуқуқларни ишончли ҳимоя қилиш ва уларни бозор активига айлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони ижроси юзасидан
● Вақти: 14:00
● Иштирок этади: Адлия вазирлиги, Бош прокуратура ва Кадастр агентлиги мутасаддилари
〰️〰️〰️

🔰Брифинг

● Мавзу:
Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш агентлиги томонидан реклама соҳасида амалга оширилган ишлар таҳлили
● Вақти: 15:00
● Иштирок этади: Моҳрухсор Тоғаева, Агентлик ахборот хизмати раҳбари
〰️〰️〰️

🔰Брифинг

● Мавзу:
Мажбурий ижро бюроси томонидан вояга етмаган шахсларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш ҳамда алимент масаласига доир амалга оширилаётган ишлар
● Вақти: 16:00
● Иштирок этади: Фаррух Тошпўлатов, Мажбурий ижро бюроси ахборот хизмати раҳбари
〰️〰️〰️

✏️ Саволларни @Rasmiy_aloqabot га жўнатишингиз мумкин. ОАВ ходимлари таклиф этилади.

https://t.iss.one/Rasmiy_xabarlar_Official
#Kadastr #Namangan_viloyati

Namangan shahridan Yangi Namangan tumani tasarrufiga o‘tkazilgan obyektlar soni va yer maydonlari haqida maʼlumot.

🔷Umumiy yer maydoni 8 223 gektar;
🔷MFYlar soni 24 ta;
🔷Yakka tartibdagi uy joylar soni 22 770 ta, maydoni 1 509 gektar;
🔷Ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar soni 5033 ta, umumiy maydoni 353 878 kv.m;
🔷Noturar joylar soni 1 599 ta, maydoni 918 gektar;

Shundan ijtimoiy soha obyektlari:

🔷Maktabgacha taʼlim muassasalari soni 19 ta, maydoni 10 gektar;
🔷Maktablar soni 16 ta, maydoni 26 gektar;
🔷Kollejlar soni 5 ta, maydoni 15 gektar;
🔷Oliygohlar soni 1 ta, maydoni 12 gektar;
🔷Sog‘liqni saqlash obyektlari 22 ta, maydoni 30 gektar;
🔷Qishloq xo‘jaligi yerlari 1 467 gektarni tashkil qiladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #matbuot_anjumani

Ayni damda ""Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Farmoni ijrosi, sohada yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari" mavzusida Adliya Vazirligi, Bosh prokuratura hamda Kadastr agentligi mas'ullari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Anjumanda Kadastr agentligi Metodologiya boshqarmasi boshlig'i B.Nishonov so'zga chiqib Yer munosabatlarida Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berib o'tdi.