Kadastr - Live
4.7K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#Kadastr #fuqaro_murojaati

Tadbirkorlarning murojaatlari o‘z vaqtida yechimini topmoqda.

🔰Oltinsoy tumani Jobu mahallasi hududidan “Xo‘jaipok” dam olish maskani masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Xo‘jaipok” dam olish maskani qurilishi uchun Oltinsoy tuman hokimining 2018 yil 10 fevral kunida Q-227 sonli qarori asosida 5.00 gektar yer maydoni ajratilgan.

⭕️Ushbu yer maydonida dam olish maskanining bino-inshootlari zamonaviy tipda qurilib 2020-yil 30-may kunidan boshlab fuqarolarga beminnat xizmat qilib ish faoliyatini boshladi.

♻️“Xo‘jaipok” dam olish maskani masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori I.Mordayev “Xo‘jaipok” dam olish maskani Kadastr hujjatlarini tayyorlab berish uchun Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Oltinsoy tuman filialiga murojaat qilgan.

🌀Ushbu murojaat bo‘yicha Kadastr mutaxassislari Kadastr hujjatini shakllantirish uchun o‘lchov ishlarini amalga oshirib qisqa muddat ichida Kadastr hujjati tayyorlanib egasiga topshirildi.
#халқ_билан_бирга #мурожаатлар

Кадастр агентлиги ҳудудий органлари томонидан ижобий ҳал қилинган мурожаатлар Тошкент вилояти туман ва шаҳарлари кесимида

▫️Ангрен шаҳрида 47 та
▫️Бекобод туманида 33 та
▫️Бекобод шаҳрида 22 та
▫️Бўка туманида 43 та
▫️Бўстонлиқ туманида 112 та
▫️Зангиота туманида 61 та
▫️Қибрай туманида 63 та
▫️Қуйичирчиқ туманида 59 та
▫️Нурафшон шаҳрида 15 та
▫️Оққўрғон туманида 12 та
▫️Олмалиқ шаҳрида 17 та
▫️Оҳангарон шаҳрида 17 та
▫️Оҳангарон туманида 46 та
▫️Паркент туманида 16 та
▫️Пискент туманида 25 та
▫️Тошкент туманида 66 та
▫️Ўртачирчиқ туманида 82 та
▫️Чиноз туманида 51 та
▫️Чирчиқ шаҳрида 29 та
▫️Юқоричирчиқ тумани 42 та
▫️Янгийўл туманида 104 та
▫️Янгийўл шаҳрида 16 та

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

♻️Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun avvalo sarmoya, bino va inshoot yoki uni qurish uchun yer maydoni kerak bo‘ladi. Bu yo‘nalishda istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishga masʼul banklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar anchagina soddalashtirildi.

Batafsil📹

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #Toshkent_shahar

“YERELEKTRON” AAT YANGILANDI

💻“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib-chiqish va kelishish tartib taomillarini amalga oshirish uchun qayta ishlab chiqilgan. Shu bois tizim ishlashida mutaxassislarda ayrim savollar tug‘ilmoqda. Ana shularga oydinlik kiritish hamda tizimdagi yangiliklardan foydalanishda kengroq tushunchalar berish maqsadida Kadastr agentligi tomonidan Respublika bo‘ylab o‘quv kurslari tashkil etildi.

🏢Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida shu mavzuda mutaxassislar uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.

🗂Tizimga kiritilgan yangilik bo‘yicha berilgan bilimlardan tashqari, yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar kerakli javoblarni berishdi.

🗓Jadval asosida tashkil etilayotgan o‘quv seminari bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatlarida o‘tkazilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
​​#Kadastr #bino_inshoot

🔰Agentlik tomonidan yerlar, bino-inshootlarni to‘liq hisobga olish va nazoratni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasiga ko'ra joriy yilning 9 oyi davomida 228,9 mingta ko‘chmas mulk obyektlari, 121,9 ming gektar yer maydonidan iborat 239,8 mingta yer uchastkalari aniqlanib, Davlat soliq qo‘mitasiga onlayn tarzda taqdim etildi.

🔷O‘tkazilayotgan xatlovlarda 477,7 mingta ko‘chmas mulk obyektlarda qo‘shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bahosi qayta ko‘rib chiqilishi natijasida byudjetga qo‘shimcha 145,4 mlrd.so‘m mol mulk solig‘i hisoblanishi ta’minlandi.

🔷Soliq va kadastr sohasidagi islohotlarni amalga oshirish hamda soliq va kadastr organlarining hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlash natijasida joriy yilning 9 oyida mol mulk va yer soliqlaridan jami 4,7 trln.so‘m tushirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 155,2 foizga oshdi.

🔷O‘zaro integratsiya qilinmagan “Davreyestr”, “Ko‘chmas mulk”, “Ko‘chmas mulk-3” axborot tizimlari o‘rniga Jahon banki bilan hamkorlikda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” yaratildi.

📍Natijada, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer va yerdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, yer uchastkasining chizmasi va chegarasini yagona axborot tizimida amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi jamoasi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Сурхондарёда сайлов тарғиботи доирасида дронлар шоуси бўлиб ўтди.

✈️ Кадастр агентлиги тизимидаги “Геоинновация маркази” корхонасининг малакали мутахассислари томонидан ушбу тадбирга тайёргарлик ишлари олиб борилди.

🏢Сурхондарё вилояти ҳокимлиги ва “Геоинновация маркази” ҳамкорлигида вилоятда илк бор ташкил этилган томоша давомида 500 та дрон учирилди. Улар ёрдамида осмонда турли шакллар акс эттирилди.

🌀Дронлар шоуси 20 октябр куни соат 20.00 да Термиз шаҳридаги "Болажон" боғида ўтказилди.

Дрон шоуда меҳмонларга байрамона кайфият улашилди!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #davlat_tili

21-oktabr O'zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun.

Gullasin Vatanim, yashnasin elim,
Baxt-u saodatdan yayrasin dilim,
Armoni yo‘q inson bo‘lay dunyoda,
Dilim quvonchini so‘ylasin tilim.

Ona tilim obro‘sin ko‘taray ko‘kka,
Men ham intilaman doim yuksakka,
Vatanga muhabbat tilga sadoqat,
Har kimni yetkazar ezgu tilakka.

Kadastr agentligi jamoasi O'zbek ahlini bayram bilan muborakbod etadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Davlat_tili #Ona_tilim_faxrim

🇺🇿QADRING BALAND BO‘LSIN ONA TILIM!

21 oktabr O'zbek tili Davlat tili deb e'lon qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi barcha hamyurtlarimizni muborakbod etadi.
#Kadastr #auksion #IT_bolim

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
20-dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1023-son qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarini «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionni orqali sotish belgilangan.
💻 «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasi orqali auksionga chiqarilgan va sotilgan yer maydonlari Respublika bo‘yicha ma’lumotlar ochiq ma’lumotlar portali va Kadastr agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

📌Bu esa fuqarolarimiz tomonidan sotilgan yer maydonlari haqida to‘liq axborot olishlari mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Xalqaro_loyihalar #Jahon_banki

🌐Jahon banki ishtirokidagi "Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish" loyihasi doirasida kadastr hujjatlarini raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔹Respublika bo'yicha mavjud kadastr hujjatlari
- 7 882 280 ta

🔹Respublika bo'yicha tizimga ulangan tumanlar soni
- 203 ta

🔹Raqamlashtirilgan kadastr hujjatlari
- 7 460 113 ta

🔹Foiz ko'rsatkichda
- 95%


(2021-yil 22-oktabr holatiga)

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram | Facebook
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2021-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiyaga oid 187 ta texnik loyiha va 98 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Shuningdek 135 ta kartografiya mahsulotlarini ekspertiza qilish va nashr etishga ruxsat berildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun 74 ta ruxsatnomalar rasmiylashtirildi.

♦️10159 ta geodeziya va kartografiya materiallar qabul qilish va 22446 ta buyurtmachilarga taqdim etildi.

📌Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #yer_maydonlari

📝Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi yerlarini hisobga olish jarayonida Respublika va hududlardan biriktirilgan mas’ullar tomonida 1029 ta xatolik aniqlandi.
Jumladan:
🔷Andijon tumanida 344 tani;
🔷Izbosgan tumanida 268 tani;
🔷Marhamat tumanida 10 tani;
🔷Oltinko‘l tumanida 5 tani;
🔷Paxtaobod tumanida 310 tani;
🔷Qo‘rg‘ontepa tumanida 3 tani;
🔷Shahrixon tumanida 87 tani;
🔷Ulug‘nor tumanida 8 tani tashkil etdi.

🔰Shu boisdan bugungi kunda dasturga xatolik bilan kiritilgan yer maydonlari to‘liq o‘chirilib, xatoliklar bartaraf etildi hamda qayta dasturga kiritilishi taʼminlandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #komplaens_xizmati #namangan

Namanganda "Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va uning oldini olish" mavzusida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil video lavhada.📹

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #kochmas_mulk

🔰Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qarori 1-ilovasining 3-bobida Kadastr agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari belgilab qo‘yilgan.

Belgilangan asosiy vazifalardan, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasi yo‘nalishida:

💠Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

💠Mol-mulklarni ko‘chmas mulk jumlasiga (toifasiga) kirishi yuzasidan xulosa berish;

💠Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

💠Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish;

💠Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga va yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏢Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmasi majlislar zalida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer ajratish bo‘yicha 14 ta vakolatli tashkilotlar ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda Kadastr agentligi, Geoinfokom va Davlat kadastlar palatasining vakillari tomonidan taqdimot o‘tkazildi. Unda yig‘ilganlarga kerakli ma’lumotlar va berilgan savollarga javoblar berildi.