Kadastr - Live
4.68K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
Давлатимиз раҳбари Қоракўл туманидаги Хўжалар маҳалласида аҳолининг яшаш тарзи билан танишди.
Маҳалла Қоракўл тумани марказида жойлашган бўлиб, 2 минг 800 нафардан зиёд аҳоли яшайди. Бу ерда кўплаб савдо шохобчалари, тўқимачилик корхоналари бор.
Давлатимиз раҳбари шу маҳаллада яшовчи Соҳиб Хўжамбердиев хонадонида меҳмон бўлди. Хонадон соҳиблари билан самимий суҳбатда мамлакатимиздаги тинчлик, бугунги имкониятлар, ислоҳотлар натижаси ҳақида сўз борди.

Глава государства посетил махаллю Хужалар Каракульского района.
Махалля расположена в районном центре, в ней проживают более 2,8 тысячи человек. Здесь много пунктов торговли и текстильных предприятий.
Глава государства побывал в гостях у семьи местного жителя Сохиба Хожамбердиева. Состоялась искренняя беседа о царящем в нашей стране мире, открывшихся сегодня новых возможностях, результатах реформ.

#Mirziyoyev #safar #Buxoro #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
80-3.jpg
16.9 MB
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Yer, bino-inshootlarni hisobga olish va nazorat qilish qanday ketmoqda?

Batafsil maqolada👆

Telegram Instagram YouTube Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #Kadastr

Yerga oid qonunlar ijrosini ta'minlash yuzasidan Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Bandixon tuman bo'limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Бугунги мажлисда Сайловларни ташкиллаштиришда ҳамкор ташкилотлардан вакилларнинг ҳисоботлари ҳам эшитилди:

1)Ўзбекистон Республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирининг ўринбосари Олег Андреевич Пекось;
2)Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирининг ўринбосари Нажмиддин Садирович Тўрахўжаев;
3)Ўзбекистон Республикаси давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги директори Фазлиддин Каримович Умаров;
4) Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат персоналлаштириш маркази директори Улуғбек Шуҳратович Тошходжаев иштирок этмоқдалар.

Телеграм - Фейсбук - Инстаграм - You Tube - Twitter - Ok.ru - Портал
​​🔰Kadastr Agentligining Soliq organlari bilan ishlarni muvofiqlashtirish va marksheyderlik xizmati boshqarmasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 520-sonli qarori ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

📌Xususan, Asaka tumanida jami bo'lib, 13 991 ta obyektlar xatlovdan o‘tkazildi (21 ta mahalla).

📌Shundan, 5 133 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tganligi va 8 858 tasi ro‘yxatdan o‘tmaganligi aniqlandi.

📌Bundan tashqari, 7 002 ta obyekt egalari tomonidan to‘langan soliq summalari o‘rganildi.

📝Jumladan:

- 15 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 2 982 tani;

- 11-14 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 830 tani;

- 6-10 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 038 tani;

- 1-5 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 152 tani tashkil etmoqda.

Bu borada ishlar Asaka tumanida tashkil etilgan “Shtab” tomonidan kunlik tahlil qilinib, muvofiqlashtirish va kunbay nazorat olib borilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
RO‘YXATDAN O‘TKAZISH INTEGRATSIYALASHTIRILMOQDA

💠Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari binosida kuni kecha boshlangan Jahon banki ishtirokida “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr integratsiyalashgan axborot tizimi”ni ishlab chiqish loyihasini ishga tushirish oldidan uyushtirilgan seminar trening kadastr mutaxassislarining bahs-munozaralariga boy o‘tdi.

💠Koreya Respublikasining “LG-LX” konsorsiumi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan loyihaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari Palatasi, Geoinfokom DUK mutaxassislari jalb qilingan. Mazkur loyiha hozirgi kunda test rejimida ishga tushirilmoqda.

💠Seminar yakuniga ko‘ra hududiy boshqarma vakillariga berilgan bilim va ko‘nikmalari bo‘yicha fikrlari tahlil etildi. Ikki kunlik seminar-trening o‘z ishini yakunladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #IT_texnologiyalari

📝Kadastr agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 23.07.2021 yildagi “Fazoviy maʼlumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-702-son qonuniga asosan fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasining geoportallari tarmog‘ini yaratish uchun konsepsiyasi ishlab chiqildi va o‘rnatilgan tartibda tasdiqladi.

🔷Mazkur konsepsiyaga binoan, Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasining geoportallari tarmog‘i O‘zbekiston Respublikasining 20 ta Davlat tashkilotlarining geoportallarini o‘z ichiga olgan bo‘ladi.

🔷Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasining geoportallari tarmog‘i joriy yilning davomida ishlab chiqilib, to‘liq ishga tushiriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
​​#kadastr #hamkorlik #xalqaro_uchrashuv

Ayni damda Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo Kengashning Qirg‘izistondagi 43-sessiyasi virtual formatda o‘z ishini boshladi.

Kun tartibida:

1. Davlatlararo kengashning 42-sessiyasi qarorlarining bajarilishi;

2. Kotibiyat va Davlatlararo kengash ishchi guruhlari faoliyati natijalari;

3. MDHga aʼzo davlatlarning bazaviy tashkiloti geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan zondlash sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyati natijalari- Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (MIIGAiK);

4. Davlatlararo kengash faoliyati doirasida loyiha pasportlarini ko‘rib chiqish.

5. MDHga aʼzo davlatlarning geodeziya, kartografiya, kadastr sohasidagi asosiy ilmiy -texnik tashkiloti to‘g‘risidagi nizom loyihasi;

6. MDHga aʼzo davlatlarning geodeziya, kartografiya, geoinformatsion texnologiyalar, Yerni masofadan zondlash, kadastr va huquqlarni ro‘yxatga olish sohasida 2025 yilgacha hamkorlik konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi ("Yo‘l xaritasi") va boshqa masalalar ko‘rib chiqishi ko'zda tutilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook