Kadastr - Live
4.7K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#Kadastr #IT_texnologiyalari

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4996-son qaroriga muvofiq Kadastr agentligi O‘zbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portaliga quyidagi veb servislarni joylashtirdi:

📚“Maʼmuriy-hududiy birliklar va manzillar to‘g‘risidagi maʼlumotlar”;

📚“Ko‘chmas mulk, shu jumladan ularning konturlari va chegaralari to‘g‘risidagi maʼlumotlar (shaxsiy identifikatsiyasiz)”.

💻Xozirda istagan odam mazkur maʼlumotlarga O‘zbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portali orqali ruhsat (dostup) olishi mumkin.

Havola

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #auksion #1023_xisobot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
20-dekabrdagi 1023-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi”ga asosan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududi boshqarma va tuman shahar bo‘limi hamda filiallari tomonidan “Yerelektron” tizimiga 88 552 ta 4 692 gektar yer uchastkalari kiritildi

📌 Shundan vakolatli organlar tomonidan:

🔷24 628 ta yer uchastkalari rad etildi;

🔷25 408 ta yer uchastkalari ko‘rib chiqilmoqda;

🔷39 133 ta yer uchastkalari bo‘yicha ijobiy xulosa berilib,
“E-Ijro auksion” orqali auksionga chiqarildi.

🚩Auksionga chiqarilgan 14 957 ta 1055,2 gektar yer uchastkalari auksionda sotildi.

Joriy yil 1-oktabr holatiga 20 462 ta yer uchastkalari auksionga sotuvga qo‘yilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Жорий йилнинг 11-октябрь куни Кадастр агентлигининг Комплаенс-назорат хизмати раҳбари, Давлат кадастрлари палатаси Комплаенс-назорат хизмати раҳбари ҳамда Наманган тумани суди судияси билан ҳамкорликда Кадастр агентлигининг Наманган вилоят бошқармаси ва Давлат кадастрлари палатаси Наманган вилоят бошқармаси ва туман-шаҳар ходимлари иштирокида "Коррупцияга йўл қўймаслик ва унинг олдини олиш" мавзусида кенгайтирилган йиғилиш бўлиб ўтди.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #mamuriy_bulim

🔰Joriy yilning 9 oyi davomida agentlik hududiy organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasiga ko'ra 24 010 holatda yer va kadastr sohasiga oid huquqbuzarliklar aniqlangan.
Xususan, agentlik hududiy organlari tomonidan 24 010 nafar shaxsga nisbatan 6 248,1 mln.so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar qo‘llanilib, 4 177,9 mln.so‘m undirilgan.
Shuningdek, 136 ta ma’muriy ish hujjatlari sudlarga, 1 374 ta materiallar prokuratura organlariga yuborilgan.
Agentlikning 2021-yil 26-avgustdagi 17-04595-sonli topshirig‘i asosida joylarda ma’muriy jarimalarni undirish, shu jumladan majburiy ijro byurosi organlari bilan muddatida to‘lanmagan jarimalar yuzasidan qarorlarni majburiy tartibda ijro etish bo‘yicha ishlar tashkil etildi.
📌Natijada, Respublika bo‘yicha undiruv darajasi 81 % tashkil etib, yarim yillikka (62 %) nisbatan 19 % o‘sishiga erishildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Kadastr

KADASTR SOHASIDA YER NAZORATI BO'YICHA ISHLAR QANDAY?!

Batafsil lavhada

Telegram Instagram YouTube Facebook
2021-yil 11-oktabr kuni Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining o‘tkazilgan yigirma sakkizinchi sessiyasida ko'chalar nomi tasdiqlandi.

Sessiyada O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasi xulosasiga ko'ra qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilgan 493 ta ko'chalarga berilgan nomlar sessiya qarori bilan tasdiqlandi.

Shuningdek, sessiyada tumandagi ziyoratgohlarning saqlanish holati, qabristonlar nomlari va boshqa ijtimoiy obyektlar bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Давлатимиз раҳбари Қоракўл туманидаги Хўжалар маҳалласида аҳолининг яшаш тарзи билан танишди.
Маҳалла Қоракўл тумани марказида жойлашган бўлиб, 2 минг 800 нафардан зиёд аҳоли яшайди. Бу ерда кўплаб савдо шохобчалари, тўқимачилик корхоналари бор.
Давлатимиз раҳбари шу маҳаллада яшовчи Соҳиб Хўжамбердиев хонадонида меҳмон бўлди. Хонадон соҳиблари билан самимий суҳбатда мамлакатимиздаги тинчлик, бугунги имкониятлар, ислоҳотлар натижаси ҳақида сўз борди.

Глава государства посетил махаллю Хужалар Каракульского района.
Махалля расположена в районном центре, в ней проживают более 2,8 тысячи человек. Здесь много пунктов торговли и текстильных предприятий.
Глава государства побывал в гостях у семьи местного жителя Сохиба Хожамбердиева. Состоялась искренняя беседа о царящем в нашей стране мире, открывшихся сегодня новых возможностях, результатах реформ.

#Mirziyoyev #safar #Buxoro #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
80-3.jpg
16.9 MB
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Yer, bino-inshootlarni hisobga olish va nazorat qilish qanday ketmoqda?

Batafsil maqolada👆

Telegram Instagram YouTube Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #Kadastr

Yerga oid qonunlar ijrosini ta'minlash yuzasidan Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Bandixon tuman bo'limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Бугунги мажлисда Сайловларни ташкиллаштиришда ҳамкор ташкилотлардан вакилларнинг ҳисоботлари ҳам эшитилди:

1)Ўзбекистон Республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирининг ўринбосари Олег Андреевич Пекось;
2)Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирининг ўринбосари Нажмиддин Садирович Тўрахўжаев;
3)Ўзбекистон Республикаси давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги директори Фазлиддин Каримович Умаров;
4) Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат персоналлаштириш маркази директори Улуғбек Шуҳратович Тошходжаев иштирок этмоқдалар.

Телеграм - Фейсбук - Инстаграм - You Tube - Twitter - Ok.ru - Портал