Kadastr - Live
4.7K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#Kadastr #metоdologiya

🔰Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan Kadastr agentligining vazifalari belgilab qo'yilgan. Unga ko'ra agentlik:

🔶Davlat yer kadastri yuritilishini tartibga soluvchi hujjatlarning ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
🔶Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlarning ma’muriy chegaralarini, keyinchalik ularning maydonlarini muvofiqlashtirgan holda, geodezik usullar bilan belgilash va joylarga biriktirib qo‘yish ishlarini amalga oshiradi;
🔶yer resurslarini aerokosmik usullar bilan o‘rganishni tashkil etadi;
🔶yerlarning miqdori va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
🔶har yili 1-martga qadar O‘zbekiston Respublikasida Yer fondi toifalari holati to‘g‘risidagi milliy hisobotni rasmiy veb-sayti orqali ochiq ma’lumot sifatida taqdim etadi.

📌O‘zbekiston Respublikasida Yer fondi toifalari holati to‘g‘risidagi milliy hisoboti bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
https://kadastr.uz/uz/node/294

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Prezident #Kadastr #Xalq_bilan_birga #Tashkiliy_nazorat

Ижобий ҳал бўлган мурожаатлар ҳудудлар кесимида:

Қорақалпоғистон Республикаси - 375 та
Андижон вилояти - 579 та
Бухоро вилояти - 685 та
Жиззах вилояти - 578 та
Қашқадарё вилояти - 963 та
Навоий вилояти - 214 та
Наманган вилояти - 470 та
Самарқанд вилояти - 761 та
Сурхондарё вилояти - 1 280 та
Сирдарё вилояти - 316 та
Тошкент вилояти - 945 та
Фарғона вилояти - 1 311 та
Хоразм вилояти - 641 та
Тошкент шаҳар - 384 та

Telegram Instagram YouTube Facebook
#matbuot_xizmatlari #trening #seminar ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЙЎЛИДА

⚜️Адлия вазирлиги, Давлат хизматлари агентлиги ва БМТ Тараққиёт Дастурининг Европа Иттифоқи томонидан молиялаштирилаётган “Ўзбекистоннинг қишлоқ ҳудудларида давлат хизматларини тақдим этишни такомиллаштириш ва маҳаллий бошқарув даражасини ошириш” қўшма лойиҳаси доирасида ДХА ва Кадастр агентлиги, Соғлиқни сақлаш, Қурилиш ҳамда Мактабгача таълим вазирликларининг жамоатчилик билан алоқалар бўйича мутахассислари учун тренинглар ташкил этилди.

⚜️Уч кун давом этувчи мазкур тренингларда:
▪️«Public Service Hall (Адлия уйлари)» тақдимоти, мақсад/қадрият/брендлаш, коммуникация ва маркетинг, хизмат сифати менежменти масаласида;

▫️"Story telling" форматида маълумот тайёрлаш;

▪️Жамоатчилик билан алоқалар(PR)даги янги инструментлар (усуллар)га оид;

▫️Ҳалқаро платформалар учун матнлар тайёрлаш юзасидан тушунчалар берилмоқда.
#infografika #xisobot #strategik_rivojlanish

🏢 O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan Jismoniy va Yuridik shaxslar egaligida bo'lgan ko'chmas mulk obyektlari to'g'risida ma'lumot infografika ko'rinishida.

01.08.2021 yil holatida.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #kartografiya

📚“Kartografiya” davlat ilmiy ishlab-chiqarish korxonasi tomonidan 2021-2022 yil o‘quv yili uchun o‘rta maxsus taʼlim muassasalarini o‘quv qo‘llanmalari bilan taʼminlash maqsadida geografiya va tarix fanlaridan 4 - 11 sinf o‘quvchilari uchun atlas va yozuvsiz xaritalarni chop etish ishlari amalga oshirlmoqda.

🔰Bundan tashqari iqtisodiyot tarmoqlarini, xalq xo‘jaligini, oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasalarini ko‘rgazmali materiallar bilan taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning siyosiy-maʼmuriy xaritalarini chop etish ishlari olib borilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #davlat_tili #marafon

🇺🇿QADRING BALAND BO‘LSIN ONA TILIM!

🏃Joriy yilning 25-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Davlat Soliq Qo‘mitasi tashabbusi bilan o'tkazilgan O‘zbekiston Respublikasining O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi 32 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin ona tilim” mavzusida “Sog‘lom turmush tarzi uchun 5000 qadam” deb nomlangan marafonda Kadastr agentligi xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

♦️Ushbu marafon ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlanish departamenti, Davlat Soliq Qo‘mitasi hamda Kadastr agentligi,Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi rahbar xodimlari ishtirok etib, tadbirning yuqori saviyada o‘tishini ta’minlashdi.

🔹Bundan ko‘zlangan maqsad, ona tilimizga bo‘lgan muhabbatni oshirish, uni asrab avaylashdek ezgu tuyg‘ularni mujassam qilish bilan birga xodimlarining ahilligi va sog‘lom turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan e’tibordir.
#Kadastr #Davlat_kadastrlari_palatasi #xalq_bilan_birga

🏢 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman shahar filiallariga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son hamda 2020 yil 2 sentyabrdagi 535-son qarorlariga asosan Jismoniy va Yuridik shaxslar tomonidan DXM va YIDXP portal orqali Ko’chmas mulk ob’yektlariga kadastr pasportini shaklantirish uchun 1 sentyabrdan 22 sentyabrga qadar Respublika bo’yicha 35 307 ta ariza kelib tushgan.

Shundan:

📊 Yangi arizalar 18 644 tani;
Bepul xizmat turlari bo‘yicha 7 193 tani;
🕗 To’lov jarayonida turgan arizalar 3 310 tani;
✔️ijobiy hal etilgan arizalar 2 736 tani;
Rad etilgan arizalar 3 424 tani tashkil etadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Тошкент вилоятида 44 млрд 412 млн сўмлик ер участкалар сотилган

Кадастр органлари томонидан жорий йилнинг бугунги кун ҳолатига Тошкент вилояти ҳудудида жами 541,7 гектар ер майдонини ўз ичига олган 7987та бўш ер участкалари аниқланган.

➡️ https://effect.uz/tehe

Энг сўнгги хабарларга обуна бўлинг: 👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFdyfQHlEeR0uCjgTQ
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Tayinlov

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasida Kadastr agentligi direktori Umarov Fazliddin Karimovich boshchiligida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔹Mazkur yig'ilishda:

-Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari-bosh muhandis lavozimiga Nishanov Ravshan Rustamovich hamda

-Palata raisining moliya va iqtisod masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga Jo‘rayev Dilshod Maxmudjonovichlar tayinlandi.

Nishanov Ravshan Rustamovich
shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Jo‘rayev Dilshod Maxmudjonovich shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Moliyaviy monitoring bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram