Kadastr - Live
4.68K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Aerogeodeziya #yer_elektron #geoportal

📊Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi yo'nalishida amalga oshirilayotgan yerlarning elektron xaritasini geoportalga kiritish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shaffoflikni ta'minlash ishlari haqida "Zamon" informatsion dasturidan lavha.

Telegram Instagram YouTube Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_telekanali #yer_nazorati
ОАВ БИЗ ҲАҚИМИЗДА

“Toshkent” телеканали “T24” информацион дастурида пойтаҳтимизнинг бир неча ҳудудида Кадастр агентлиги Тошкент шаҳар бошқармаси инспекторлари томонидан аниқланган ерларни ноқонуний эгаллаш холатлари таҳлил қилди.

🎥Дастурни тўлиқ талқинда ушбу ҳавола орқали кўришингиз мумкин. (https://t.iss.one/mtrkuzofficial/55428)

Telegram Instagram YouTube Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Aerogeodeziya #Yer_nazorati

🔹Кадастр агентлиги Республика аэрогеодезия маркази Ер тузиш ва комплекс лойиҳалаш бўлими мутахассислари томонидан ердан фойдаланувчиларнинг ерларини хатловдан ўтказиш (инвентаризация), натижада ўзларига тегишли бўлган қишлоқ хўжалиги ерларини давлат рўйхатидан ўтказиш борасида амалга оширилаётган ишлар ҳақида "Замон" информацион дастуридан лавҳа.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Jizzax #Kadastr #Yer_nazorati

Жиззахда ерни ўзбошимчалик билан эгаллаб олиш бўйича 606та ҳолат аниқланган

Кадастр агентлиги Жиззах вилояти бошқармасининг ер ва кадастр назорати инспекторлари томонидан 2021 йилнинг ўтган даври мобайнида жами 606 та ҳолатда 133,8 гектар ер майдони ўзбошимчалик билан эгаллаб олингани аниқланди.
Бу ҳақда вилоят кадастр бошқармаси маълум қилди.

Ҳозирги кунга қадар 101 та ҳолатда 17,7 гектар ер майдонидаги ҳолат бартараф этилди. Шунингдек, 505 та ҳолатда 116,1 гектар ер майдонидаги ҳолат бартараф этилмоқда.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#kadastr #yer_nazorati #Andijon

🏢 Кадастр агентлиги Андижон вилояти бошқармасининг ер ва кадастр назорати инспекторлари томонидан 2021 йилнинг ўтган даври мобайнида жами 712 та ҳолатда 105,5 гектар ер майдони ўзбошимчалик билан эгаллаб олингани аниқланди.

Аниқланган ер қонун бузилиш холатларинг 82 та ҳолатда 2,9 гектар ер майдонидаги ҳолат бартараф этилди.

630 та ҳолатда 102,6 гектар ер майдони бартараф қилиш жараёнида.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorat

Аndijonda fuqarolar tomonidan 13,3 gektar yer maydonlarida uy-joy qurish uchun noqonuniy egallab olinganligi aniqlandi.

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat koʼrsatayotgan yer va kadastr nazorati inspektorlar tomonidan oʼtkazilayotgan xatlovlar natijasida joriy yilning
22 sentyabr holatiga yerlarni oʼzboshimchalik bilan egallab olish boʼyicha 716 ta holatdagi 105,5 gektar yer maydonlari aniqlandi.

BATAFSIL

Telegram Instagram YouTube Facebook
#infografika #xisobot #strategiya_boshqarma #yer_fondi

🔰Respublikadagi jami yer maydonlari va yer fondining toifalari to'g'risidagi ma'lumot infografika ko'rinishida.

01.01.2021 yil holatida.

Telegram Instagram YouTube Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Kadastr #Aerogeodeziya #yer_nazorati

Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Leica kompaniyasining DMC III aerokamerasidan foydalangan holda olib borilayotgan ishlar haqida ZAMON informatsion dasturidan lavha

Telegram Instagram YouTube Facebook
#kadastr #yer_nazorati #Xorazm

Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan aniqlangan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari to‘g‘risida ma’lumot.

01.10.2021 holatiga.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#kadastr #yer_va_kadastr_nazorati #xisobot

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganlik uchun qo‘llanilgan jarimalar to'g'risida ma'lumot infografikada

Telegram Instagram YouTube Facebook
​​#kadastr #yer_va_kadastr_nazorati #xisobot

🔰Yer va kadastr nazorati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida yer va kadastr nazorati yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jumladan:
📝Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha:
Agentlikning yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari natijasida respublika bo‘yicha jami 14 530 ta holatda 2 406,4 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

🔸Jumladan, 8 018 ta (658,6 gektar) holatda uy-joy qurish, 3 990 ta (252,8 gektar) holatda noturar joy qurish, 1 754 ta (712,1 gektar) holatda tomorqa sifatida foydalanish, 59 ta (268,4 gektar) holatda baliq hovuzlarini qurish, 122 ta (12,9 gektar) holatda tuproq karer qilish hamda 587 ta (501,6 gektar) holatda boshqa maqsadlarda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan.

🔸Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko‘rish maqsadida:
14 915 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan, 2 602 tasi (796,5 gektar) bartaraf etildi;
yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman (shahar) hokimliklariga 8 353 ta (1 157,9 gektar) taqdimnomalar kiritildi, 1 882 ta holatda sudlarga kiritilgan da’vo arizalariga asosan 220 ta (25,6 gektar) holatda sudning hal qiluv qarori (noqonuniy qurilmalarni buzish bo‘yicha) qabul qilindi, 982 ta (144,3 gektar) holat bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

♻️Huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun 4 928 ta (847,4 gektar) holat yuzasidan prokuratura organlariga ma’lumotlar taqdim etilib, hozirgi kunda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.


Telegram Instagram YouTube Facebook