Kadastr - Live
4.69K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
Forwarded from TUPROQSIFATTAHLIL DUK
Yurtboshimizning 2020 yil 24 yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojotnomasida yurtimizda kimyo va biologiya fanlariga qaratilayotgan e'tiborni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida olib borilayotgan davlat siyosatiga hamoxang tarzda bugun 1 mart, bahor faslining ilk kunida Abu Ali Ibn Sino nomidagi respublika yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab internatida maktab rahbariyati taklifiga muvofiq "TUPROQSIFATTAHLIL" DUK tomonidan ochiq muloqot tarzida dars tashkil etildi. Ushbu ochiq darsda Tuproqshunoslikda ushbu sohaning fundamenti bo'lgan biologiya va kimyo fanlarining ahamiyati va ushbu yo'nalishda ta'lim olayotgan yoshlarning kelajakda Tuproqshunoslikdagi mavjud muammolarni bartaraf qilishda asosiy drayver bo'lishlari ta'kidlandi. Ochiq dars so'ngida maktab-internati va korxona o'rtasidagi hamkorlikning ramziy ma'nosi sifatida maktab bog'ida yosh nihollar o'tqazildi.

Kanalga a'zo bo'lish⬇️
t.iss.one/TSTM_DUK
#kun_tarixi
2-mart. 1983 yil CD kompakt disk yaratilgan kuni. XX asr 70-yillarning oxirlarida kompyuter texnologiyalarining jadal rivojlanishi har qanday ma'lumotni tegishli vositalardan raqamli shaklda saqlash va o'qish imkoniyatini yaratdi. Ulardan biri 1983 yil 2 martda Buyuk Britaniyada Philips, Sony va Polygram tomonidan namoyish etilgan CD edi. O'sha vaqt uchun yangilik haqiqiy sensatsiya edi. Asta-sekin optik disklar faqat audio yozuvlarning tashuvchisi bo'lib qolishdi. CD-ROM paydo bo'ldi, undan keyin har qanday raqamli ma'lumotlarni saqlash mumkin bo'lgan CD-R va tegishli drayvlar yordamida ko'p marta yozib olish mumkin bo’lgan CD-RW paydo bo'ldi. Axborotni siqish algoritmlari raqamli audio fayllarning hajmini inson eshitish qobiliyatini yo'qotmasdan sezilarli darajada kamaytirishga yordam berdi. Eng ko'p ishlatiladigan format MP3 bo’ldi.
21-asrning boshlarida flesh-texnologiyaning rivojlanishi Audio-CD-lar va kassetalarda bo'lgani kabi, unutish xavfi ostida bo'lishiga olib keldi.
#21ta_kadastr
Avtomobil yo’llari davlat kadastri (AYDK) - bu avtomobil yo`llari ob’ektlari, ularning jug`rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to`g`risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. AYDK Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda avtomobil yo`llari ob’ektlarini hisobga olish va ularning holatini baholash maqsadida yuritiladi. Mavjud bo`lgan va qurilayotgan avtomobil yo`llari, maxsus inshootlar hamda O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan avtomobil yo`llarining boshqa obyektlari AYDK obyektlari hisoblanadi.

Avtomobil yo’llari davlat kadastri Avtomobil yo’llari davlat qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 184 039 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 42 695 tani tashkil etadi
​Долзарб саволга аниқ жавоб: фермерлар ўзига ижарага берилган ер участкасини бошқага бериши ёки сотиши мумкинми?

https://bit.ly/2wfTbUR

Каналга қўшилиш
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEHi_Tk-4p_xI26gIw
Yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan javobgarlik.

Kanalga a'zo bo'lish
t.iss.one/ygk_uz
Forwarded from TUPROQSIFATTAHLIL DUK
Қорақалпоғистон Республикаси

Қорақалпоғистон Республикасида (15 та туман) жами суғориладиган 460,4 минг гектар ер майдонларидан 420,9 минг гектари (91,4 %) турли даражада шўрланган, шундан 142,6 минг гектар (31 %) кучсиз, 139,5 минг гектар (30,3%) Ўрта даражада, 69,4 минг гектар (15,1 %) кучли даражада ва 69,5 минг гектар (15,1 %) жуда кучли даражада шўрланган;

Manbaa: “Tuproqsifattahlil” DUK axborot xizmati.

https://t.iss.one/TSTM_DUK
Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-taqiqot institutining 3 bosqich doktaranti Qoraxanova Yulduz Xushvaqt qizi, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan o'tkazilgan "O'zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi" tanlovida "Fan va texnologiyani eng samarali innovatsion loyihasi" nominatsiyasi bo'yicha ishtirok etdi va g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Y.Qoraxanovani Davyergeodezkadastr qo’mitasi jamoasi nomidan tabriklaymiz va kelajakdagi faoliyatlarida zafarlar tilaymiz!
#MUNOSABAT_2020
Darakchi.uz сайтида "Ҳазораспда ҳужжатларни тайёрлаб бермоқчи бўлган кадастр ходими ушланди" мавзусидаги мақолага муносабат.
Хоразм вилоят ер тузиш ва кўчмас мулк кадастри давлат корхонаси, корхонанинг Хазорасп туман филиали ишлаб чиқариш бўлими турар жойларни инвентаризация килиш ва баҳолаш мутахассиси Матёкубов Боғбек Исмоилович хакида қуйидагиларни маълум қилади.
2015 йил йил 4 декабрдан хозирги кунгача Хоразм вилоят ер тузиш ва кўчмас мулк кадастри давлат корхонаси Хазорасп туман филиали ишлаб чиқариш бўлими турар жойларни инвентаризация килиш ва бахолаш мутахассиси лавозимида ишлаб келмокда.
Матёкубов Боғбек Исмоилович ўз хизмат вазифасига зид равишда Вазирлар Маҳкамасининг 461-сон қарори билан тасдиқланган Низом талабларига мувофиқ рад қилинган қурилишга, эгалик ҳуқуқи белгилаб беришда ёрдам қиламан деб фуқародан 1000 АҚШ доллари миқдорида пора олишда қўлга олинган ва Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексида белгиланган тартибда жиноят иши қўзғатилган.
Кадастр қўмитаси аллақачон янгича ишлашга киришган

#ЖАМИЯТ

👉 https://darakchi.uz/uz/86637

Darakchi.uz расмий саҳифалари

Telegram | YouTube | Facebook | Instagram
#MUNOSABAT_2020
Kun.uz сайтида"Қувада рухсатсиз метан «заправка» қурилмоқда. Буни ҳокимлик тўхтата олмаяпти"мавзусидаги мақолага муносабат.

Қува тумани Ифтихор МФЙ Лайлак уя қишлоғида жойлашган фукаро Хамдамова Муаззам Қабуловнага тегишли бўлган қурилиши тугалланмаган колбаса ишлаб чикариш цехи бино ва иншоотлари бир кисми “Invest ko’chmas mulk savdo” МЧЖ нинг 28.11.2019 йилдаги №78-сон олди сотди шартномасига асосан “METAN OMAD SAVDO” МЧЖ билан олди сотди шартномаси расмийлаштирилган, ҳамда “METAN OMAD SAVDO” МЧЖ номига кадастр ҳужжатлари расмийлаштирилган, давлат рўйхатидан ўтказилган.
Қува тумани Ифтихор МФЙ Муравват кўчаси 118-уйда жойлашган фуқаро Хамдамова Муаззам Қабуловнага тегишли бўлган турар жой бино ва иншоотлари Қува тумани 1-сон Давлат нотариал идорасининг 29.11.2019 йилдаги олди сотди шартномасига асосан “METAN OMAD SAVDO” МЧЖ билан олди сотди шартномаси расмийлаштирилган ҳамда “METAN OMAD SAVDO” МЧЖ номига кадастр хужжатлари расмийлаштирилган, давлат рўйхатидан ўтказилган
Қува тумани Ифтихор МФЙ Лайлак уя кишлоғида жойлашган фуқаро “AL AZIZ” кўп тармоқли ҳусусий ишлаб чиқариш корхонасига тегишли бўлган қурилиши тугалланмаган колбаса ишлаб чикариш цехи бино ва иншоотлари бир кисми “Invest ko’chmas mulk savdo” МЧЖ нинг 07.10.2019 йилдаги шартномасига асосан “METAN OMAD SAVDO” МЧЖ билан олди сотди шартномаси расмийлаштирилган ҳамда “METAN OMAD SAVDO” МЧЖ номига кадастр хужжатлари расмийлаштирилган, давлат рўйхатидан ўтказилганлигини маълум қиламиз
3 Mart. Butunjahon yovvoyi tabiat kuni
2013 yil 20 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi o'z rezolyutsiyasi bilan keng jamoatchilikni yovvoyi hayvonot va o'simlik dunyosi haqida xabardorligini oshirish maqsadida 3 martni Butunjahon yovvoyi tabiat kuni deb e'lon qilishga qaror qildi. O'sha yili tabiiy xilma-xillikni muhofaza qilish sohasida yana bir muhim hujjat qabul qilinganligining 40 yilligi. U "Yovvoyi fauna va floraning yo'q bo'lib ketish xavfi ostida bo'lgan turlar bilan xalqaro savdo to'g'risida" gi konvensiya deb nomlandi. Hujjatning tug'ilgan kuni 1973 yil 3 mart edi. Bunday bayramning paydo bo'lishi sayyoradagi biologik xilma-xillikni saqlash zarurligini anglash bilan bog'liq. Yovvoyi tabiatning mutloq qiymati ekologik, genetik, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, ma'rifiy, madaniy, rekreatsion va estetik jihatlar bilan bog'liqdir.
#21ta_kadastr
Neft, gaz va gaz kondensatini yetkazib berishga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mavjud va qurilayotgan yetkazib berish quvurlari va ularga xizmat ko‘rsatish obyektlari: belgilangan armaturali va yer usti inshootlari bilan birgalikda yetkazib berish quvurlarining liniyali qismi, kompressor va nasos stansiyalari, elektrokimyoviy himoya vositalari, gaz taqsimlash stansiyalari va neft, gaz va gaz kondensati transporti korxonalari balansida bo‘lgan, katta uzunlikdagi, yuqori bosimli, ularning yuqori xavfliligi munosabati bilan qo‘riqlash zonasiga ega bo‘lgan boshqa ko‘chmas mulk Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri obyektlari hisoblanadi.

Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri “O’zbekneftegaz” AJ, “O’ztransgaz” AJ tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 16 877 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 4 501 tani tashkil etadi