Kadastr - Live
4.53K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
Ер назорати Жиззах вилояти Бахмал туманида

#ер_назорати

Жиззах вилояти Ер ресурслари ва давлат кадастри бошқармаси ҳамда Бахмал туман ҳокимлиги билан ҳамкорликда Бахмал тумани Тонготар массив Янгибоғ МФЙ ҳудудидаги 149, 458-контурларида 60 балл бонитетли 1,5 гектар ер майдони фуқаролар томонидан ўзбошимчалик билан эгаллаб олиниб уй-жой ва бошқа бинолар қурилганлиги аниқланган.

Ҳолатларни бартараф этиш чоралари кўрилиб, ўзбошимчалик билан қурилган бинолар тўлиқ бузилиб, ер майдони қишлоқ хўжалигида фойдаланишга қайтарилди.
ZANGIOTADAGI KORRUPSIYAGA KADASTRCHILARNING ALOQASI YO’Q!

Joriy yilning 8 fevral sanasida qalampir.uz saytida yer maydoni uchun 32 ming dollar so'ragan amaldor qo'lga olindigani haqida xabar berilgan edi.

Qo’mitaga ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko’ra, mazkur korrupsion jarayonga soha vakillarining hech qanday aloqasi bo’lmagan.

Xozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Икки фирибгар туман ҳокими қарорини қалбакилаштириб, ўзганинг ерини сотиб юборди

👉 https://xabar.uz/iou9

📲 Каналга қўшилинг:👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE6kMk7VmpcqzxoC3w
#kun_tarixi
10-Fevral. Dehli Hindistonning poytaxtiga aylanadi. 1911 yil oxirida Jorj V Britaniya Hindistonning yangi poytaxti - Nyu-Dehlining birinchi toshini qo'ydi. Qurilish ishlari 1912 yilda boshlanib, Birinchi Jahon urushi davrida to'xtatib qo'yilgan. Asosiy tuzilmalar faqat 1928 yilga qadar qurib bitkazildi. Dehlining rasmiy ochilish marosimi 1931 yil 10 fevralda bo'lib o'tdi. Dehli - Hindistonning zamonaviy rasmiy poytaxti - Dehli tumanidir. Dehli atigi 42,7 km2 maydonni egallaydi, Dehli Metropolisida joylashgan bo'lib, Hindiston hukumati va Dehli hukumatining joyidir. 2011 yilda Dehli 295 ming aholiga ega edi. Dehlining milliy poytaxti hududida umumiy aholisi 14,1 million kishini tashkil qiladi va bu Mumbaydan keyin ikkinchi yirik poytaxtga aylanadi. Savodxonlik darajasi 81,82%.So'zlashuv va yozma tilda ishlatiladigan asosiy til - hind. Shaharda keng tarqalgan boshqa tillar - ingliz, panjabi va urdu. Bugungi kunda Dehli ko'p millatli va ko'p madaniyatli turmush tarziga ega bo'lgan kosmopolit shahar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон 24 телеканали Тупроқшунослик ва агрокимё илмий тадқиқот институтида ўтказган рейддан кейин қандай ўзгаришлар бўлди?

Каналга аъзо бўлиш
t.iss.one/ygk_uz
#21ta_kadastr
Davlat o‘rmon kadastri O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha o‘rmonlar, ularning geografik o‘rni, huquqiy rejimi, miqdoriy va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli kadastr axboroti tizimidan iborat bo‘ladi.
Davlat o‘rmon kadastri o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish, o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish maqsadida manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni o‘rmon to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan ta'minlash uchun mo‘ljallangandir.

Davlat O'rmon kadastri O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 11 264 205 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 10 861 119 tani tashkil etadi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy Aerogeodeziya korxonasi yoshlari Leica TS 02 taxeometridan foydalanish bo'yicha videodars tayyorlashdi.

Ko'ring va taxeometrdan foydalanishni bilib oling!

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
#kun_tarixi
11-Fevral. Ilm-fanda xalqaro xotin-qizlar kuni
2013 yil 20 dekabrda BMT Bosh assambleyasi Fan, texnologiyalar va rivojlanish uchun innovatsiyalar to'g'risida rezolyutsiyani qabul qildi, unda barcha yoshdagi ayollar va qizlarning fan, texnologiyalar va innovatsiyalar yutuqlari va rivojlanishiga ushbu sohada gender tengligining kafolati sifatida e'tirof etilgan. Va oradan ikki yil o'tgach, rezolyutsiya qabul qilindi, u 11 fevralni Xalqaro fan ayollari va qizlari kuni deb e'lon qildi. Qarorning asosiy maqsadi - ayol va qizlarni ilmiy sohaga jalb qilish jarayonida sifatli o'zgarishlarga erishish. 14 mamlakatda o'tkazilgan mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar erkaklar va ayollar o'rtasidagi ilmiy sohadagi ishtirokda ma'lum nomutanosiblik aniqlandi. Shunday qilib, fan sohasida ayollar uchun bakalavr, magistr va doktorlik darajalarini olish imkoniyati mos ravishda 18%, 8% va 2% ni tashkil qiladi, erkaklar uchun bu ko'rsatkichlar 37%, 18% va 6%.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Adminstrasiya rahbari, Bosh prokuror hamda Davergeodezkadastr qo‘mitasi raisi topshiriqlarini ijrosini ta’minlash maqsadda Andijon tumanida aniqlangan noqonuniy bino-inshootlarni bartaraf etib, ekin yer xolatiga qaytarish ishlari olib borilmoqda.

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
Aholining zich yashaydigan hamda olis va chekka hududlarida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita hududlarga chiqib, joyida bartaraf etish bo‘yicha aniq va tezkor choralar ko‘rish yuzasidan
2020 yil 20 fevral kuni
Davyergeodezkadastr qo‘mitasi rais o'rinbosari

Ruzmetov Maqsud Ismailovichning
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, tuman hokimligi binosida.
Boshlanish vaqti: 11:00

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from TUPROQSIFATTAHLIL DUK (Soil-science)
🏢“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонаси

🏢“SOIL COMPOSITION AND REPOSITORY, QUALITY ANALYSIS CENTER” State Unitary Company

🏢Государственного унитарного предприятия "АНАЛИТИЧЕСКОГО ЦЕНТРА КАЧЕСТВА, СОСТАВА И РЕПОЗИТОРИЙ ПОЧВ"

Manzil: 100097, Choponota kochasi, Chilonzor tumani, Toshkent shaxri, Uzbekistan.

Telефон: +998712785099
Хоразм вилоятида қанча ер майдони ўзбошимчалик билан ноқонуний эгаллаб олинган?
Бунга қандай чоралар кўрилди?

Хоразм вилояти ер назоратчилари томонидан ўтказилган хатлов натижаларига кўра ўзбошимчалик билан 473 та ҳолатда 37,49 га ер майдони ноқонуний эгаллаб олгани аниқланган.

Булар:

1. Экин ери – 9,68 га;
2. Боғзорлар – 1,86 га;
3. Тутзорлар – 1,08 га;
4. Дала томорқалари – 24,69 га;
5. Бошқа ерлар – 0,19 га.


Хоразм вилояти ер назоратчилари томонидан фуқароларга ёзма равишда 473 та огоҳлантириш берилган;

Туман ҳокимликларига 465та тақдимнома киритилган;

Прокуратурага 237 та маълумот киритилган;

203 марта судларга даъво аризалари киритилган.

73 та Ер қонунбузилиш ҳолати жойида бартараф этилиб 5,31 га ер майдони олдинги ҳолатига қайтарилган.

КАНАЛГА АЪЗО БЎЛИШ
t.iss.one/ygk_uz
РАСМИЙ БАЁНОТ

Жорий йилнинг 8 февраль куни Ички ишлар вазирлигининг расмий сайтида фуқарога ўзини Олмазор тумани ҳокимлигининг ходими деб таништирган “Бекзод” исмли шахс туман ҳудудидан автомашина ювиш шаҳобчаси бизнесини юритиш учун ер олиб беришга туман ҳокимининг қарорини чиқариб бериш эвазига ҳокимлик масъул ходимларига бериш учун 5.000 АҚШ доллар талаб қилгани ва гумонланувчи Шайхонтоҳур туманидаги “Беруний” метро бекати яқинида фуқародан 800 АҚШ доллари миқдоридаги пулларни олаётган вақтида ашёвий далиллар билан ушлангани баён қилинган.

Тошкент шаҳар Ер ресурслари ва давлат кадастри бошқармаси берган маълумотларга асосланиб мазкур ҳолатга соҳа ходимларининг алоқаси йўқлигини маълум қиламиз.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NOQONUNIY O'ZLASHTIRIB OLINGAN
1 QARICH YER VA QONUNNI BILATURIB BUZGANLAR HAQIDA

Imom Al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti mudarrisi Alisher Sultonxo’jayev bilan suhbat.

4-QISM

kanalga a'zo bo'lish
t.iss.one/ygk_uz
Forwarded from TUPROQSIFATTAHLIL DUK (Jahongir Olimov)
“Тупроқ таркиби ва репозиторийси, сифати таҳлил маркази” ДУК томонидан Тошкент давлат аграр университетида ишлаб чиқаришда мавжуд инновацион техника-технологияларни талабаларга таништириш мақсадида кўргазмали ўқув дарси бўлиб ўтди.
Унда корхона бош директори Республикада олиб борилаётган тупроқ лойиха кидирув ишлари ва бу борада амалга оширилаётган ишларга тўхталиб ўтди.
Барча соҳалар сингари қишлоқ хўжалиги соҳасида, хусусан тупроқ тахлил ишларида ҳам рақамли иқтисодиётни жорий қилиш бугунги кунда долзарб масалалардан бири ҳисобланади. Айни учрашувда ҳам ёш олимлар ишланмалари, ихтироларини ҳаётга татбиқ қилиш орқали илм-фан ва ишлаб чиқариш интеграцияларини янада мустаҳкамлаш муҳим эканлиги таъкидланди.