Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali
2.55K subscribers
33.8K photos
4.44K videos
162 files
12.2K links
Shahar hokimligi Axborot xizmati

https://www.facebook.com/yangiyulshahar

https://www.youtube.com/@yangiyolshahar

https://twitter.com/yangiyolshahar

https:

Yangiyol shahar hokimligining murojaatlar uchun telegram boti - @yangiyolshhokimligi_bot
Download Telegram
#Yashil_makon

Ayni damda "Fayzli" mahallasida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib  borilib, "Yashil makon" loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
 MUROJAATLARGA IJOBIY YECHIM!

Yangiyo‘l shahar hokimi boshchiligida "Farovon" mahallasi aholisi ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aholi tomonidan kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan murojaatlar yo‘llangan edi.

Aholiga qulaylik yaratish va murojaatlarini ijrosini ta'minlash maqsadida bugun "Farovon" mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning xonodonlarida isitish tizimlaridagi mavjud muammolar bartaraf etish choralari ko‘rilib, ko‘p qavatli uylarning tom qismi yumshoq qoplama (polizol) bilan qoplanmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kuz_qish_mavsumida_tayyorgarlik

Aholiga qulaylik yaratish va murojaatlarini ijrosini ta'minlash maqsadida "Fayzli" mahallasida ham shahar hokimining tashabbusi bilan ko‘p qavatli uylarning xonodonlarida isitish tizimlarini yangilash va mahalla hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
#Bilasizmi

Ko'p kvartirali uylar yerto'lasida qaysi faoliyat turlari bilan shug'ullanish mumkin emas?  

🚫 Ko'p kvartirali uyning yerto'lasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug'ullanishga yo'l qo'yilmaydi:

▫️uyni
qurishda o'tiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, shuningdek, soat 23.00 dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari, restoranlar, kafelar, kafeteriylar, barlar;

▫️kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlarini, shuningdek, gaz ballon, kimyo vositalari, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda portlab yonish xavfliligi jihatidan xavfli bo'lgan boshqa moddalar va materiallar bor bo'lgan mahsulotlarni sotuvchi do'konlar;

▫️o'z ishlab chiqarishida tez yonuvchi moddalarni qo'llovchi kimyoviy tozalash xonalari;

▫️10 tadan ortiq ish o'rniga ega bo'lgan poyabzal tikish va ta'mirlash ustaxonalari;

▫️hammomlar va saunalar;

▫️aloqa tarmoq stansiyalari, shaharlararo aloqaning kecha-kunduz foydalaniladigan so'zlashuv punktlari va telegraf;

▫️jamoat hojatxonalari;

▫️marosimlar bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatish muassasalari;

▫️sanoat korxonalari faoliyatining barcha turlari;

▫️uy hayvonlari va parrandalari boqishga yoki ko'paytirishga mo'ljallangan joylar;

▫️jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari uchun garajlar (maxsus loyixa asosida qurilgan garajlar bundan mustasno);

▫️yashash joylari, kinoteatr, yotoqxona va mehmonxonalar tashkil etish.

Bizni kuzatishda davom eting!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
#yashil_makon

"Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida shahardagi korxona, tashkilot va muassasalar hamda mahallalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari belgilangan joylarga ekilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram