Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali
2.59K subscribers
33.3K photos
4.38K videos
161 files
12K links
Shahar hokimligi Axborot xizmati

https://www.facebook.com/yangiyulshahar

https://www.youtube.com/@yangiyolshahar

https://twitter.com/yangiyolshahar

https:

Yangiyol shahar hokimligining murojaatlar uchun telegram boti - @yangiyolshhokimligi_bot
Download Telegram
🟦🟦🟩🟩

Chorshanba - investitsiya, eksport masalalarini o‘rganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

Boʻstonliq tumani. Tuman hokimi Birlashgan Arab Amirligi investori bilan uchrashib, tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish va qisqa muddat ichida ishga tushirish yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Oqqoʻrgʻon tumani. Tuman hokimi tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazib, soha vakillarining faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarini tingladi.

Chirchiq shahar. Chirchiq kimyo-industrial texnoparkida Oʻzbekiston va Rossiya ishbilarmonlari uchun biznes-forum oʻtkazilib, unda sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Bekobod tumani. "Yangibozor" mahalla fuqarolar yigʻini hududida faoliyat boshlagan "Gʻiyosiddin agro invest" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tumanda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirish ishlari boshlab yuborildi.

Piskent tumani. Tuman hokimi oʻrinbosari boshchiligidagi ishchi guruh vakillari kichik sanoat zonalarida boʻlib, tadbirkorlik loyihalarining amalga oshirilishi, yangi loyihalarning infratuzilma bilan taʼminlanishi, mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksportga yoʻnaltirish borasidagi ishlar holatini koʻzdan kechirdi.

Yangiyoʻl shahar. Shahar hokimi sektor rahbarlari va tegishli mutasaddilar bilan birga dehqon bozori hududidan oʻtgan "Istiqlol" koʻchasida tadbirkorlar tomonidan qoʻyilgan savdolarni tartibga solish maqsadida, oʻrganish ishlarini olib bordilar.

Quyi Chirchiq tumani. Tuman hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi mutasaddilari "Tashkent cotton textile" masʼuliyati cheklangan jamiyatining ip-kalava ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Bekobod shahar. Shahar hokimining oʻrinbosari kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazib, energiya tejovchi texnologiyalarni amaliyotda keng joriy etish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Toshkent tumani. Tuman hokimi oʻrinbosari sanoat zonasida boʻlib, eksportyor korxona "KELES LUX-TEXTILE" masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Qibray tumani. Tuman hokimi boshchiligida, sektor rahbarlari va tegishli mutasaddilar ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, soha mutaxassislarini qiynab kelayotgan muammo va takliflar tinglandi.

Yangiyoʻl tumani. "Qoʻshtepa" mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan "FELDA-VV-GLOBAL" masʼuliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasi sifatli qandolat va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda eksportni rivojlantirish loyihasini amalga oshirishi maqsadida, Malayziya davlatining "ELAYUTHAM VADIVELO" kompaniyasi tomonidan 600 ming AQSh dollari miqdordagi investitsiyalar kiritildi.

Chinoz tumani. Tuman hokimligi hamda tuman prokuraturasi mutasaddilari trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradigan "PRONTO TEXTILE GROUP" korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Янгийўл_шаҳар
#Яшил_макон

ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН – ЯШИЛ МАКОНДА БИРГА ЯШАЙЛИК!

Шаҳар ҳокими, маҳалла фаоллари, нуронийлар, зиёлилар, хотин-қизлар ва ёшлар вакилларининг Янгийўл шаҳрида яшовчи халқимизга МУРОЖААТИ

БАТАФСИЛ

Бизни кузатишда давом этинг!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#turizm
#videolavha

Bugun Toshkent viloyatining turizm salohiyati va imkoniyatlari tobora ortib bormoqda.

Madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlar, maqbara va qadamjolarni yanada koʻrkam holga keltirish hamda xorijiy mehmonlarni jalb qilish borasidagi tadbirlar shular jumlasidandir.

Umuman olganda viloyatning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish orqali sayyohlarni jalb etish va sayohatlarni mazmunli oʻtkazish, mazkur sohaning tarmoqlarini kengaytirish choralari koʻrilmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

“Toshkent suv taʼminoti”: ichimlik suv kamomadini aniqlash va qarzdorlikning sabablarini oldini olish hamda elektron to‘lov tizimlaridan unumli foydalanish bo‘yicha videoma’lumot

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat
⚡️⚡️⚡️

📆 2023-yil 19-oktabr holatiga ko‘ra "Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori" MCHJda oziq-ovqat yarmarkasida sotilayotgan iste'mol tovarlarining narxlari to‘g‘risida ma'lumot.

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
⚡️⚡️⚡️

📆 2023-yil 19-oktabr holatiga ko‘ra "Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori" MCHJda tadbirkorlarning rastalaridagi oziq -ovqat iste'mol tovarlarining narxlari to‘g‘risida ma'lumot.

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
YANGI OʻZBEKISTON – YASHIL MAKONDA BIRGA YASHAYLIK!

Toshkent viloyati mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining viloyat ahliga murojaati

Batafsil

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli yurtdoshlar!

Sanitariya va ekologiya sohasidagi qoidabuzarliklar, jumladan, chiqindilar taqiqlangan joyga tashlanganligi haqidagi murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Call-markazining 1354 qisqa raqami orqali qoldirishingiz mumkin. Qo'ng'iroqlar uzluksiz qabul qilinadi!

Shuningdek, Telegram messendjerda @tozalik_murojaat_bot yaratilgan boʻlib, ushbu bot orqali respublikaning tumanlari kesimida sanitariya qoidalarini buzilishi boʻyicha aniqlangan holatlarni foto va videofaktlar bilan yuklagan holda yuborish imkoniyati yaratildi.

Umumiy uyimiz bo’lgan Vatanimizda tozalik tarafdorimiz, biz bilan birga bo'ling!
———
Уважаемые соотечественники!

Сообщить
о нарушении в сфере санитарии и экологии, например, о выбросе мусора в неположенном месте, вы можете по короткому номеру Call-центра Службы санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья Республики Узбекистан 1354. Обращения принимаются круглосуточно!

Кроме того, в мессенджере Telegram создан бот @tozalik_murojaat_bot, с помощью которого Вы так же можете сообщить о случаях нарушения санитарных правил, прилагая фото- и видеофакты.

Мы - за чистоту в нашем общем доме, будьте с нами!
——————
🌍web_site💬Facebook📸InstagramTelegram📹You tubeTwitter
#sessiya

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining navbatdagi yetmish beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashiga 12-“Mezon” saylov okrugidan saylangan D.Sultanovning deputatlik vakolatlari e’tirof etilib, shahar hokimi Kengash raisi etib tasdiqlandi.

Shuningdek, sessiya davomida kun tartibidagi qolgan masalalar to‘g‘risida tegishli mutassadilarning hisoboti tinglanib, sessiyaga qo‘yilgan masalalar muhokama qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli.

Yangiyo'l shahrida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, til bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlarda shahar hokimligi, korxona va tashkilot rahbarlari, harbiy xizmatchilar va jamoatchilik faollari ishtirok etishmoqda.

Bugun Ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktabda o‘tkazilgan tadbirni shahar hokimining o‘rinbosari M.Narbayev ochib berib, tadbir ishtirokchilariga shahar hokimining tabrigini o‘qib eshittirdi va barchani bayram bilan tabrikladi. Bayram tadbirida iqtidorli o‘quvchilar tomonidan O‘zbek tilini ulug‘lovchi she’r, kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari namoiy etildi.

Bu kabi tadbirlar shahrimizdagi barcha ta’lim muassasalari va tashkilotlarda davom ettirilib, davlat tiliga hurmat va e’tibor qaratishga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.