Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali
2.59K subscribers
33.3K photos
4.37K videos
161 files
12K links
Shahar hokimligi Axborot xizmati

https://www.facebook.com/yangiyulshahar

https://www.youtube.com/@yangiyolshahar

https://twitter.com/yangiyolshahar

https:

Yangiyol shahar hokimligining murojaatlar uchun telegram boti - @yangiyolshhokimligi_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat

"TOSHKENT SUV TAʼMINOTI“ MCHJ Yangiyo‘l shahar filiali tomonidan Mevazor mahallasi hududida suv quvurida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish maqsadida kavlangan chuqurlik haligacha yopilmaganligi sababli ushbu holat aholiga noqulayliklar keltirib chiqarmoqda. Mas'ullardan muammoni nazoratga olinib, bartaraf etishini so‘raymiz.

📍 LOKATSIYA

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali
Photo
#Topshiriq_va_ijro

Qonun va uning ijrosi amalda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgust kuni Toshkent viloyatiga tashrifi davomida, viloyatdagi ko‘cha va tashkilotlarning nomlari, peshlavha va e’lonlardagi yozuv tasvirlarining davlat tili qoida va me’yorlariga, qonunchilik hujjatlariga hamda milliy qadriyatlarga mos, bexato yozilganligi o‘rganilishi va tartibga solinishi yuzasidan berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida shaharda shakllantirilgan ishchi guruhi a’zolari tomonidan Yangiyo‘l shahar hududida tashqi targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlarning to‘liq lotin yozuviga asosangan o‘zbek alifbosida yozilishini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori talablariga muvofiq tashqi reklama obyektlari, e’lon,  peshlavhalar va boshqa barcha turdagi tashqi yozuvlarning holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Oʻrganish davomida shahardagi noqonuniy o'rnatilgan reklamalar hamda imloviy xatolar bilan yozilgan bannerlari o'rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko'rildi va zarur tavsiyalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga taklif etamiz

📌 Joriy yilning 7 sentabr kuni soat 11:00 da shahar markazida joylashgan "Alisher Navoiy Gulshani" istirohat bog‘ida Yangiyo‘l shahar hokimligi, shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.

Yarmarkada shahardagi byudjet tashkilotlari va xususiy korxonalar bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashadi.

📍Shahardagi barcha ish qidirayotgan maktab, kollej, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari, aliment to‘lovchilar, jazo muassasasini o‘tab chiqqan fuqarolar va barcha ishsizlarni ushbu mehnat yarmarkasiga taklif qilamiz.

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
“БОЙ БЕРИЛАЁТГАН ИМКОНИЯТ ВА ҚУЛАЙЛИКЛАР”

📌 Янгийўл шаҳар аҳолисига қулайликлар яратиш мақсадида Янгийўл шаҳар ҳокимлиги томонидан жорий йилнинг 1 сентябридан Санатория - САИМЭ йўналиши бўйича автобус қатнови йўлга қўйилди.

⚡️ Ҳозирги кунга келиб ушбу йўналиш бўйича қатнаётган 5 та автобусларнинг қатнов оралиғи 15 дақиқани ташкил этиб йўл ҳаққи 2000 сўм бўлган ҳолда  автобусларнинг иш вақти ҳар куни соат 06-30 дан 21-00 гача этиб белгиланди. Шу билан биргаликда тез кунларда йўл хаққи нахд пулсиз автоматик тўлов тизими орқали амалга оширилади ҳамда тўловлар табақалаштирилади.

Таҳлилларга кўра, ўтган 4 кунлик вақт оралиғида йўналиш бўйича ҳаракатланаётган автобулар кунига 7 маротабадан қатновни амалга ошириш давомида энг кўпи билан 590 нафар йўловчи ташилигани, бу кунига ҳар бир автобус 100-120 нафар йўловчини манзилга етказганини кўрсатади.

📍Ҳурматли ҳамшаҳарлар! Янгийўл шаҳар ҳокимлиги сизлардан ушбу йўналиш бўйича қатновчи автобуслардан доимий фойдаланиб Янгийўл шаҳрида автобус қатновининг мунтазам амалга оширилишида ўзингизни ҳиссангизни қўшасиз деган умиддамиз.

Бизни кузатишда давом этинг!

Каналга уланиш:
https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nov MFY aholisining kadastr hujjatlari shaharga o‘tkazilmoqda

📌 Yangiyo‘l shahar "Nov" MFY aholisining murojaatlarini ijobiy yechim topishi bo‘yicha shahar hokimining tashabbusi bilan bugun "Nov" MFY fuqarolarining kadastr hujjatlarini Yangiyo‘l shahriga o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш:
https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
#ONLAYN

Ayni damda Yangiyo‘l shahar hokimi "Fayzobod" mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul o'tkazmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Shahar hokimining navbatdagi qabuli "Fayzobod" MFYda o‘tkazildi

📌 Yangiyo‘l shahar hokimi, shahar prokurori va shahar IIB boshlig‘i ishtirokida "Fayzobod" MFYda bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 50 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib, muammolarning barchasiga qonun doirasida tushuntirishlar berildi va mas'ullar tomonidan ijrosi nazoratga olindi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#transport

Yangiyoʻl shahrida yangi avtobus yoʻnalishi tashkil etildi

Yangiyoʻlliklar uchun qulayliklar yaratish maqsadida Yangiyoʻl shahar “Bahor” MFY “Nov” sanatoriyasidan Yangiyoʻl tumanining “Shodlik” MFY (SAIME) yoʻnalishi boʻyicha avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

15-20 daqiqa oraligʻida qatnaydigan avtobuslar har kuni soat 06-30 dan 21-00 gacha ish vaqti etib belgilangan. Yoʻl haqqi 2000 soʻm.

Eng asosiysi, mazkur avtobuslarga avtomatik toʻlov tizimi joriy qilinib, kelgusida toʻlovlar ham tabaqalashtiriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

Yangiyo‘l shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida padstansiya Yangiyo‘l 110/35/6 kv hamda barcha turdagi iste’molchilarni ishonchli va mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalari ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram