Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali
2.71K subscribers
36K photos
4.8K videos
171 files
13.1K links
Shahar hokimligi axborot xizmati

https://www.facebook.com/yangiyulshahar

https://www.youtube.com/@yangiyolshahar

https://twitter.com/yangiyolshahar

https:

Yangiyol shahar hokimligining murojaatlar uchun telegram boti - @yangiyolshhokimligi_bot
Download Telegram
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Иш стажига эга бўлмаганларга бериладиган нафақа миқдори оширилади

“Ижтимоий ҳимояга муҳтож аҳоли қатламларини моддий қўллаб-қувватлашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ–120-сон, 28.07.2023 й.) қабул қилинди

🔰Фармонга кўра, 2023 йил 1 августдан:

🔹зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги фуқароларга бериладиган нафақа миқдори – ойига 568 000 сўм;

🔹иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ёшга доир пенсиянинг энг кам миқдори қўшимча тўловни ҳисобга олган ҳолда – ойига
568 000 сўм;

🔹ўзгалар парваришига муҳтож ногиронлиги бўлган 18 ёшгача болаларнинг парвариши билан банд бўлган боланинг қонуний вакилига бериладиган нафақа миқдори – ойига
568 000 сўм;

🔹боқувчисини йўқотганлик нафақаси олувчиларнинг бир нафар меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун нафақа миқдори – ойига 568 000 сўм ва кейинги ҳар бир меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун – 198 000 сўм этиб белгиланади;

🔹боқувчисини йўқотганлик пенсияси олувчиларнинг бир нафар меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун пенсиянинг энг кам миқдори – ойига 568 000 сўм этиб белгиланиб, кейинги ҳар бир меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун амалдаги тартибга мувофиқ пенсия тўланади.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
#дўстлик_куни

30 ИЮЛЬ - ХАЛҚЛАР ДЎСТЛИГИ КУНИ

🔖 Бугун Янгийўл шаҳар ёшлар ҳиёбонида "Алея" шаҳар ҳокимлиги, Республика Маънавият ва маърифат маркази шаҳар бўлинмаси, шаҳар Маданият бўлими ҳамда шаҳардаги Миллий маданий марказлар томонидан 30 июль - Халқлар дўстлиги куни муносабати билан байрам тадбири ташкил этилди.

Тадбир Рус, Татар, Қозоқ ва Корейс миллий маданият марказлари томонидан ўз миллий урф-одатларини акс эттирган концерт дастурлари билан давом этди.

Байрам тадбирида бадиий жамоаларнинг чиқишлари иштирокчиларга хуш кайфият бағишлади.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
#Bilasizmi

1 avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Tibbiyot muassasalaridagi yangi lavozimlar

Ayrim tibbiyot muassasalarida quyidagilar lavozimlar joriy etiladi:
tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida – tibbiy psixolog;
statsionar o‘ringa ega bo‘lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo‘lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suitsidolog;
statsionar o‘ringa ega bo‘lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – qabul bo‘limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari.

Ota-onalar daromad solig‘idan ozod etiladi

1 avgustdan soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’i nazar farzandlarining O‘zbekiston ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib ta’limning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimiga joriy etiladi.

Elektron platforma

“Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi.
Suv omborlarida ishlovchi mas’ul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish bo‘yicha har 2 yilda malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Davlat organlari rahbarlari o‘qitiladi

Davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.

Yoshlarga kompyuter xaridi uchun ajratiladigan mablag‘ kartaga o‘tkazilishi mumkin

Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan mikroqarz shaklida, “Yoshlar daftari” va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamg‘armalari hisobidan beriladigan subsidiya mablag‘larini ijtimoiy kontrakt asosida yoshlar xohishiga ko‘ra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlari modernizatsiyasi

Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va loyiha konsepsiyalari tasdiqlangan tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlarini boshlanadi.
Ijtimoiy soha obyektlarida O‘zbekistonda 1 yil sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan va xizmat qilish kafolati kamida 15 yilni tashkil qiladigan qozonlar o‘rnatiladi.

Davlat organlarining IT-sohasida ishlovchi malakali xodimlariga ustamalar to‘lanadi

Qonunchilikka ko‘ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro sertifikatga ega davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlariga o‘rnatilgan ustamalarga qo‘shimcha ravishda lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz miqdorda ustama to‘lanadi.

Alkogol ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha talab

Endi ishlab chiqaruvchilar alkogol mahsulotlarining tovar belgilari Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishlari shart.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT, DIQQAT!

📣 Toshkent viloyatida joriy yilning 31-7-avgust kunlari Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” "CYBER WEEK" kompleks targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

🎁 Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Tanlov uchun materiallar https://t.iss.one/Cyber102Bot telegram boti orqali qabul qilinadi.

ℹ️ Eslatma: tanlovlarda faqat Toshkent viloyati hududida yashovchi fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

❗️Tanlovda faol ishtirok eting va oʻzingiz hamda yaqinlaringizni kibertahdidlardan asrang.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

Hurmatli tadbirkorlar!

Barchangizni davlat rahbarining tadbirkorlar bilan oʻtkaziladigan uchinchi ochiq muloqotida faol boʻlishga chorlaymiz!


Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
#2023_yil_1_avgustdan

🗓 1-avgustdan nimalar o'zgaradi?

🔹Ish stajiga ega bo'lmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshiriladi BATAFSIL

🔹Ayrim tibbiyot muassasalarida tibbiy psixolog, suisidolog lavozimlari joriy etiladi BATAFSIL

🔹Ota-onalarning farzandi ta'limi uchun to'lagan pullari daromad solig'idan ozod qilinadi BATAFSIL

🔹Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish bo'yicha elektron platforma ishga tushiriladi BATAFSIL

🔹Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag'lar bank kartasiga o'tkazilishi mumkin BATAFSIL

🔹Davlat organlarining axborot texnologiyalari sohasidagi ayrim mas'ul xodimlariga 20 foiz miqdorda ustama to'lanadi BATAFSIL

🔹Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo'yicha qisqa muddatli kurslarda o'qitiladi BATAFSIL

🔹Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini modernizasiya qilish ishlari boshlanadi BATAFSIL

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️

11 nafar ayollarga subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi

Yangiyo‘l shahar hokimligi tomonidan "Olmos" va "Yangihayot" mahallalari hokim yordamchilarining tavsiyalariga asosan mazkur mahallalardagi 11 nafar ishsiz ayollarga o‘zini o‘zi band qilish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔠🔠🔠🔠🔠

"E-AUKSION" platformasida elektron raqamli imzo kalitini olish
(yangi videoqo'llanma)

🔘elektron raqamli imzo kalitini olish tartibi
🔘ERI olish uchun ariza berish
🔘ERI olish uchun talab etiladigan hujjatlar
🔘ERI kalitini yuklab olish
🔘"E-imzo" modulini o'rnatish
🔘ERI kaliti faylini o'rnatish

🫥 86,4 mb
2 daqiqa 4 sekund

📨Telegram | 👨Facebook | 🖼Instagram | 👍Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YANGIYO‘L_SHAHRI

30 ИЮЛЬ - ХАЛҚЛАР ДЎСТЛИГИ КУНИ MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятига ташриф буюради. Йирик саноат мажмуалари ва спорт объектлари билан танишиш, янги корхоналарни ишга тушириш режалаштирилган.

Шунингдек, камбағалликни қисқартириш, аҳоли бандлигини таъминлаш ҳамда маҳаллий бюджет даромадларини кўпайтириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилиши кутилмоқда.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Ташкентскую область. Предусматривается ознакомление с крупными промышленными комплексами и спортивными объектами, запуск новых предприятий.

Также ожидается проведение видеоселекторного совещания по мерам сокращения бедности, обеспечения занятости населения и увеличения доходов местного бюджета.

Facebook|Instagram|Twitter