Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali
2.57K subscribers
33.4K photos
4.4K videos
162 files
12.1K links
Shahar hokimligi Axborot xizmati

https://www.facebook.com/yangiyulshahar

https://www.youtube.com/@yangiyolshahar

https://twitter.com/yangiyolshahar

https:

Yangiyol shahar hokimligining murojaatlar uchun telegram boti - @yangiyolshhokimligi_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент вилоятида нарх-наво барқарорлиги таъминлаш чоралари кўрилмоқда

Каналга уланиш:
https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🌐 Youtube|📱Facebook |📍Web-site
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида Тошкент шаҳри ва вилоят марказларида жамоат транспортини молиялаштиришнинг янги тизимини жорий этиш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш бошланади.

Скоро при Президенте Шавкате Мирзиёеве начнется совещание по мерам внедрения новой системы финансирования общественного транспорта в городе Ташкенте и областных центрах.

Facebook|Instagram|Twitter
#diqqat!

Yangiyo‘l shahar Maktabgacha ta’limi bo‘limi tasarrufida faoliyat yuritayotgan 14 ta davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan 3,7,9,10,11–sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida gaz bosimining nisbatan ko‘tarilganligini, tarbiyalanuvchilarning tashkilotga qatnashishlari uchun yetarli sharoitlar mavjudligini inobatga olib, 1-fevraldan an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz.

Каналга уланиш: http://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️ Telegram |🎥 Youtube |📱Facebook |🌍 Web-site
#об_ҳаво

☀️🌥🌧Февралнинг илк кунида Тошкент вилоятида кучли ёмғир ёғиши кутилмоқда

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 1 февраль куни Тошкент вилоятида ҳаво ўзгариб туради, ёмғир ёғади, айрим жойларда кучли бўлади. Туман тушиши мумкин. Шарқдан эсаётган шамол ўз йўналишини ўзгартириб, ғарбдан секундига 7-12 метр тезликда эсади. Шамолнинг тезлиги баъзи жойларда секундига 15-20 метргача кучайиши мумкин.

Ҳарорат кечаси 1 даража совуқ, 4 даража илиқ, кундузи 5-10 даража илиқ бўлади.

Каналга уланиш:
https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🌐 Youtube|📱Facebook |📍Web-site
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида 2023 йилнинг январь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
✔️DIQQAT, E'LON!

Yangiyo‘l shahrini ramzi (gerbi)ni ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e'lon qilinadi.

Tanlovda tasviriy san’at, dizayn, grafika, illyustratsiya, reklama va tegishli faoliyat sohalari bo‘yicha maxsus ma’lumotga yoki kasbiy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirok etish uchun:

1. Yangiyo‘l shahrining ramzi (gerbi) va g‘oya tavsifini ishlab chiqish.

2. Grafik fayl va tavsif matnini, shuningdek, aloqa ma'lumotlaringizni [email protected] elektron manziliga yuboring. Maktubning mavzusida "#shahar_ramzi_tanlovi_uchun" degan yozuvni ko'rsatishni unutmang.

3. Grafik fayl va tavsif matni *.pdf formatida, to‘liq holati *.ai formatida qabul qilinadi.

Ishlarni qabul qilish 2023-yil 20-fevral soat 00:00 gacha davom etadi.
Tanlov natijalariga ko‘ra bitta g‘olib aniqlanadi. Tanlov g‘olibi tanlov komissiyasi a’zolarining yuzma-yuz ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
G'olib 5.000.000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Natijalar 2023-yil 27-fevral kuni Yangiyo‘l shahar hokimligining rasmiy telegram kanalida e'lon qilinadi.

Murojaat uchun telegram bot: @yangiyolshhokimligi_bot

Yangiyoʻl shahar hokimligi Axborot xizmati

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🌐 Youtube|📱Facebook |📍Web-site
Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali pinned «✔️DIQQAT, E'LON! Yangiyo‘l shahrini ramzi (gerbi)ni ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e'lon qilinadi. Tanlovda tasviriy san’at, dizayn, grafika, illyustratsiya, reklama va tegishli faoliyat sohalari bo‘yicha maxsus ma’lumotga yoki kasbiy tajribaga ega bo‘lgan…»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
brifing

"1 va 2 - guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlagan vaqt uchun, ish stajiga qo‘shib hisoblash to‘g‘risida".

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Yangiyo‘l shahar bo'limi yetakchi inspektori N.Kayumova ishtirokida brifing.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🌐 Youtube|📱Facebook |📍Web-site
⚡️⚡️⚡️

Янгийўл шаҳрида аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш, тиббий хизмат сифатини яхшилаш борасидаги муаммолар маҳаллабай ўрганилиб чиқилмоқда.

Айни дамда Янгийўл шаҳар кўп тармоқли марказий поликлиника ҳамда шаҳар оилавий поликлиникаси шифокорлари томонидан "Нов" маҳалласида уйма-уй юриб, аҳолини тиббий муаммолари тўғрисида суҳбат ўтказиб, тегишли тиббий маслаҳатлар ва тавсиялар бериб, тиббий кўрикдан ўтказмоқда.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🌐 Youtube|📱Facebook |📍Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muammo, yechim va natija

📌 Bugungi kunda "ShAHAR SHTABI" ga kelib tushgan kommunal sohalarga oid murojaatlar tegishli soha mas'ullari tomonidan joyiga chiqqan holda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

⚡️ Xususan, bugun 1-sektor rahbari Yangiyo‘l shahar hokimi F.Mirzayev, hokim o‘rinbosarlari, tegishli kommunal soha xodimlari bilan birgalikda "Oltinobod" mahallasida bo‘lib, kommunal sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida mazkur mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shuningdek, aholidan tushgan murojaatlarni ijobiy hal etish maqsadida ayni damda shahar hokimi boshchiligida hududda ko‘chma shtab tashkil etilib, ko‘p qavatli uylar kirish yo‘laklari, piyodalar yo‘lagi, qor va muzlamalardan tozalash ishlari olib borilib, aholi yashash xonadonlaridagi issiqlik tizimidagi yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🌐 Youtube|📱Facebook |📍Web-site
Фарғона водийси вилоятларида электрга талаб 40 фоизга кўпайган, – Президент

Айни вақтда Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Янги Андижон массивидаги “Ипотека маркази”да муқобил энергетикани ривожлантириш ва аҳоли бандлигини таъминлаш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтмоқда.

📍https://uza.uz/posts/450242

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Ижтимоий соҳа объектларида қуёш энергиясидан фойдаланиш учун алоҳида компания ташкил этилади

📍https://uza.uz/posts/450254

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Energetika vazirligi: 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi

Xabar berganimizdek, sovuq kunlarda tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish uchun avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Bugungi kunda gaz quvurlarida bosimning meʼyorga kelishi natijasida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash imkoni yaratilmoqda.

Shu sababli, joriy yil 2-fevraldan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

AGTKSHlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.

Hurmatli vatandoshlar! AGTKSHlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.

Manba

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#об_ҳаво

☀️🌥🌧Бугун Тошкент вилоятида ёмғирли об-ҳаво кузатилади

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 2 февраль куни Тошкент вилоятида ҳаво ўзгариб туради, ёмғир ёғади, айрим жойларда кучли бўлади. Туман тушиши мумкин. Шарқдан эсаётган шамол ўз йўналишини ўзгартириб, ғарбдан секундига 7-12 метр тезликда эсади. Шамолнинг тезлиги баъзи жойларда секундига 15-20 метргача кучайиши мумкин.

Ҳарорат кечаси 0-5, кундузи 5-10, айрим жойларда 12-14  даража илиқ бўлади.

уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🌐 Youtube|📱Facebook |📍Web-site
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2023 yil 2 fevral soat 00:00dan 3 fevral soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
тх1.pdf
3.9 MB
#матбуот

"Тошкент ҳақиқати" газетасининг 2023 йил 1 февралдаги 1-сони мутолаа учун тақдим этилмоқда.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🌐 Youtube|📱Facebook |📍Web-site
#Qaror_va_ijrosi

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408 sonli qaroriga asosan respublikamizning barcha hududlarida bo'lgani kabi Yangiyo‘l shahrida ham aholiga qulaylik yaratish, infratuzilmani yaxshilash borasida qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bugungi kunda "Farovon" mahallasi hududidagi 2-5-8-10 ko‘p qavatli uylarning tom qismlarini ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

https://linktr.ee/yangiyolshahar

✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📍Web-site |📥 Instagram | |🌐 Twitter