Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali
2.59K subscribers
33.3K photos
4.37K videos
161 files
12K links
Shahar hokimligi Axborot xizmati

https://www.facebook.com/yangiyulshahar

https://www.youtube.com/@yangiyolshahar

https://twitter.com/yangiyolshahar

https:

Yangiyol shahar hokimligining murojaatlar uchun telegram boti - @yangiyolshhokimligi_bot
Download Telegram
Имтиёзли шартларда қуёш панелларини ўрнатиб текин ва узлуксиз электр энергиясига эга бўлинг. Ортганини давлатга сотинг. Яна қатор имтиёзлар:

Бир йилда электр энергияси ёки табиий газ учун қанча ҳақ тўлайсиз? Маблағингизни тежаш ҳақида ўйлаб кўрганмисиз?

Албатта бунинг имкони бор!

Тасаввур қилинг, Сиз икки қаватли уйда яшайсиз ва бир ойда ўртача 800 кВт-соат электр энергияси истеъмол қиласиз.

Агар хонадонингизга 5 кВт қувватдаги қуёш фотоэлектр станциясини ўрнатсангиз, бу сизга ўртача 50 млн сўмга тушади ва у 9 йилда ўзини қоплайди. Кейинги 11 йил электр энергиясига пул тўламайсиз.

Яна бир имконият:
хонадонингизда ишлаб чиқарилган электр энергиясини давлатга сотиб даромат қилишингиз ҳам мумкин.

Имтиёзлар: Сиз қуёш панеллари ва қуёш сув иситиш қурилмаларини 3 йил муддатга фоизсиз, бўлиб-бўлиб тўлаш шарти билан сотиб олишингиз мумкин.

Шунингдек, тўлиқ харид қилганингизда қуёш панелларига 15 млн сўмгача ва қуёш сув иситиш қурилмаларига 2 млн сўмгача компенсация олишингиз мумкин.

Ушбу қурилмаларни ўрнатган жисмоний шахслар 3 йил, тадбиркорлик субъектлари эса 10 йил давомида ер ва мулк солиғидан озод бўладилар.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
Xabaringiz bor, bugungi kunda Yangiyo‘l shahar Tibbiyot birlashmasi oldida aholiga qulaylik yaratish maqsadida piyodalar yer usti yo‘lagi qurilishi belgilangan.

Bugun Yangiyo‘l shahar hokimi o‘rinbosari M.Botirov hamda quruvchi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda mazkur hududda bo‘lib, qurilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan muhokama qilindi. Shuningdek, muammolarni tez fursatlarda bartaraf etish to‘g‘risida aniq vazifalar belgilab olindi.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🌐Youtube |📱Facebook |📍Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Юртимиздаги барча иссиқлик электр станциялар ва марказлар туну-кун фаолият юритмоқда

Ишчи гуруҳ томонидан асосий ва ёрдамчи энергоускуналар доимий назорат қилинмоқда.

Мақсад — жорий қиш мавсумида иссиқлик ҳамда электр энергияси ишлаб чиқариш узлуксизлигини таъминлашдан иборат.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
Audio
#Dayjest

Dushanba — viloyat hokimligida hamda hududlarda, korxona va tashkilotlarda ijro intizomining ahvolini oʻrganish va muhokama qilish kuni. Shuningdek, mazkur sanada “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlab, muammolar oʻrganiladi va amaliy yordam koʻrsatiladi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Bugun tuman hokimi rahbarligida oʻtkazilgan “Hokimlik soati”da kun tartibiga kiritilgan bir qator dolzarb masalalar ijrosi tahlil qilindi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi yuzasidan 3-sonli tayanch maktabida davra suhbati oʻtkazildi.

🔘Olmaliq shahri. Soʻfi Olloyor mahallasi hokim yordamchisi Eldor Nazarov xatlov jarayonida oʻzini oʻzi band qilish istagini bildirgan fuqarolar bilan xonadonbay ishlab, ularga amaliy koʻmak bermoqda.

🔘Ohangaron tumani. “Ayollar daftari” roʻyxatida turuvchi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash orqali oʻz daromadlariga ega boʻlishlarini taʼminlashda tuman Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi amaliy natijalarga erishmoqda.

🔘Ohangaron shahri. “Orzu” mahallasida yashovchi Dilnoza Tuygʻunovaning oilaviy ahvoli oʻrganilib, unga amaliy yordam beriladigan boʻldi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Hudud rahbari tegishli masʼullar bilan birga “Yangibogʻ” mahallasidagi gaz va elektrga doir muammolarni oʻrgandi.

🔘Zangiota tumani. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan hokim yordamchilari tavsiyasi asosida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” roʻyxatida turuvchi fuqarolarning 21 nafariga subsidiya ajratildi.

🔘Parkent tumani. Tuman hokimi olis hudud hisoblangan “Yangi Sanganak” mahallasi ahli bilan uchrashdi.

🔘Qibray tumani. Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish borasidagi vazifalar ijrosida sezilarli natijalar kuzatilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Forwarded from YANGIYO'LLIKLAR.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
20:40
#Бугун
#тезкор_штаб
Янгийўл шаҳри аҳолисидан келиб тушган мурожаатлар мухокамаси.


Шу кунларда каналимиз ҳам четда қолмади. Янгийўл шаҳрида тузилган тезкор штаб томонидан қилинган ишлари ёритишга ҳаракат қилдик
Бугун шаҳар ҳокимидан оригинал идеялар эшитдик.
Янги йилда "open бюджет" ҳисобидан оғир маҳаллаларда ГРП ва қуёш панелларини ўрнатиш.
Сиз бунга нима дейсиз???


@YangiyolliklarUz
#об_ҳаво

☀️🌥🌧

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 13 декабрь куни Тошкент вилоятида ҳаво ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Баъзи жойларда туман тушиши мумкин. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади. К

Ҳарорат кечаси 3-8 даража совуқ, кундузи -2 даража совуқ, 3 даража илиқ бўлади.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🌐Youtube |📱Facebook |📍Web-site
📣“XIX аср ўзбек ва қозоқ мутафаккирлари дунёқарашида умумий тарихий-маданий меросни мустаҳкамлаш ва ривожлантириш” мавзусида халқаро илмий конференция бўлиб ўтди

Тадбир МОХИ ва Қозоғистон Республикасининг Р.Б. Сулейменов номидаги Шарқшунослик институти билан ҳамкорликда ташкил этилди.

Конференцияда икки мамлакат етакчи таҳлил ва илмий-тадқиқот муассасаларидан жами 80 дан ортиқ мутахассис иштирок этди.

Унда ХIХ аср ўзбек-қозоқ мутафаккирларининг илмий, фалсафий ва адабий меросини тадқиқ этиш, умумтуркий ва жаҳон цивилизацияси масалалари, икки халқ маърифатпарварларининг маданий соҳадаги ўзаро ҳамкорлигининг қирралари, уларнинг ривожига қўшган ҳиссаси муҳокама қилинди.

✏️Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#Yangiyo‘l_shahar_FVB
#Jarayon


Bugun Yangiyo‘l shahar hokimligi, shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi
va hamkorlikda xizmatlar bilan birgalikda dehqon hamda buyum bozorlarida oʻrganish olib borishdi.

O'rganish davomida sotuvchi va xaridorlar bilan talablarga javob bermaydigan, qoʻlbola elektr va gaz jixozlarini sotmaslik hamda xarid qilmaslik, turmushda foydalanmaslik, hozirgi kunda koʻp kuzatilishi mumkin boʻlgan yongʻin, chaqnash va ovqatdan zaharlanish bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarni oldini olish boʻyicha tushintirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, sotuvchilar bilan piratexnika vositalari sotmaslik, yangi yil bayrami arafasida xonadonlarni, archalarni jihozlashda ishlatiladigan vositalarni sifatiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga eslatma va boshqa tarqatma materiallari tarqatilib, bozorlarning yongʻin xavfsizligi holatiga tayyorgarligi koʻzdan kechirildi.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar
#jarayon

Kunlarning keskin sovushi sababli Yangiyo‘l shahar hokimi F.Mirzayev boshchiligida hokim o‘rinbosarlari va ishchi guruh vakillari bugungi kunda mahallalarda xonadonbay yurib aholi murojaatlarini o‘rganmoqda.

Bugun shahar hokimi o‘rinbosari M.Botirov hamda ishchi guruh xodimlari bilan birgalikda "Bahor" mahallasidagi xonadonlarda isitish tizimidagi mavjud muammolarni ijobiy hal etish maqsadida aholi bilan uchrashib, uyma-uy yurib, ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas'ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🌐Youtube |📱Facebook |📍Web-site