Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali
2.57K subscribers
33.3K photos
4.38K videos
161 files
12.1K links
Shahar hokimligi Axborot xizmati

https://www.facebook.com/yangiyulshahar

https://www.youtube.com/@yangiyolshahar

https://twitter.com/yangiyolshahar

https:

Yangiyol shahar hokimligining murojaatlar uchun telegram boti - @yangiyolshhokimligi_bot
Download Telegram
Forwarded from Hudud Inform
❗️ Ўзбекистон Республикаси Мудофаа саноати давлат қўмитаси баъзи бир оммавий-ахборот воситаларида тарқатилаётган, гўёки Ўзбекистон Украинадаги ҳарбий харакатларда қўлланилаётган эрон жанговар учувчисиз учиш аппаратларининг (жанговар дронлар) ишлаб чиқариш (йиғиш) майдони эканлиги тўғрисидаги хабарларни қатъий инкор этади.

Шу билан бирга, таъкидлаш жоизки Ўзбекистон ҳозирги кунга қадар ҳеч қачон Эрон томони билан ҳамкорликда қурол-яроғ ва ҳарбий техника ишлаб чиқармаганлиги ва ҳозирги кунда ҳам ишлаб чиқармаётганини маълум қилади.

Шу муносабат билан, Мудофаа саноати давлат қўмитаси ОАВ орқали текширилмасдан туриб тарқатилаётган бу каби хабарлар жамоатчилик эътиборини ёлғон маълумотлар билан чалғитиши ҳамда Ўзбекистоннинг хорижий давлатлар билан дўстона муносабатларига салбий таъсир кўрсатишига сабаб бўлиши мумкин деб ҳисоблайди.

https://t.iss.one/hudud_inform
#МУНОСАБАТ

Жорий йилнинг 27 октябрь санасида @kompromatuzb телеграм ижтимоий тармоғида тарқалган, "Янгийўл шаҳар тиббиёт бирлашмаси юқумлик касалликлар шифохонасининг ҳозирги кундаги ҳолати!" мавзуси остидаги фотосурат ва видеолавҳа тарқалди.

Ушбу ҳолат юзасидан Янгийўл шаҳар Тиббиёт бирлашмаси қуйидагиларни маълум қилади:

Янгийўл шаҳар тиббиёт бирлашмасининг юқумли касалликлар шифохонасида ҳозирги ёмғирли кунлар сабабли шифохонанинг олд томон 4-қават ташқи тарафида жойлашган тарнов қисмидан сув тошган ва деразалардан сув сизиб ички тарафга ўтган.

Ҳозирда ушбу ҳолат мутассаддилар томонидан назоратга олинган. Бинонинг юқори қавати бўлганлигини инобатга олган ҳолда таъмирлаш учун махсус анжомлар ва техника талаб этганлиги сабабли қурилиш-таъмирлаш ташкилоти ҳодимлари билан биргаликда, тез орада ушбу ҳолат бартараф этилади.

Ҳолат юзасидан қўшимча ахборот бериб борилади.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar
#Yangiyõl_shahar
#Yashil_makon

⚡️ Yangiyo‘l shahrida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida barcha mahallalarda obodonlashtirish va  manzarali, mevali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

🌴 Jumladan, bugun shahar prokurori E.Sanoqulov boshchiligida prokuratura xodimlari bilan birgalikda shaharda joylashgan 11-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab hududiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, Shahar prokurori mazkur maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quvchilar tomonidan qo‘l mehnati yordamida tayyorlangan ko‘rgazmalar bilan ham yaqindan tanishdi.

🔖 O‘rganish davomida mavjud kamchiliklar va takliflarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

Telegram |🌐Youtube |📱Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг «Марказий Осиё – Европа Иттифоқи» биринчи саммитидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на первом саммите в формате «Центральная Азия – Европейский Союз»

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the first Central Asia-European Union summit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Munosabat

Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar shifoxonasida hozirgi yomg‘irli kunlar sababli shifoxonaning old tomon 4-qavat tashqi tarafida joylashgan tarnov qismidan suv toshgan va derazalardan suv sizib ichki tarafga o‘tganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat yo‘llangan edi.

Hozirda ushbu holat tegishli mas'ullar tomonidan nazoratga olinib, murojaatda ko‘rsatilgan joyda ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Каналга уланиш: https://t.iss.one/yangiyulshahar

✉️Telegram |🌐Youtube |📱Facebook
"Temir daftari", “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga subsidiya asosida zarur asbob uskunalar berildi

⚡️ Yangiyo‘l shahrida xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash va qo’shimcha daromad manbalariga ega bo'lishlari borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🔖 Xususan, "Ayollar daftari", "Temir daftari" va "Yoshlar daftari"da turgan  tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo'lgan va o‘zini-o‘zi band qilish istagidagi 18 ta xotin-qizlar o'zlarining mahallasidagi hokim yordamchilariga murojaat qilishgan edi. Ularga faoliyatini boshlash uchun  kerak bo‘lgan tikuv mashinasi, muzlatgich, pishiriq duxovkasi, gaz piltasi, ayollar sartaroshlik anjomlari subsidiya asosida olib berilib, bugun shahar hokimi F. Mirzayev boshchiligida egalariga topshirildi.

Shuningdek, shahar hokimi o‘z so‘zida yurtimizda Davlatimiz rahbarining xotin-qizlar masalasiga e’tiborni yanada kuchaytirgani, bu boradagi islohotlarni alohida ta'kidlab o‘tdi.