Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
7.98K subscribers
16.5K photos
2.82K videos
9.23K links
Yangihayot tuman hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali

Murojaatlar uchun: https://www.facebook.com/groups/913490212564477/
Download Telegram
🏡Erta tongdan tumanimizda "Mahalla obod — yurt obod" shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlab yuborildi.

🏠Xususan, "Yangi Darxon", “Viqor”, “Yo’ldosh” mahallasida hududni ko‘kalamzorlashtirish, ichki ko‘chalar hamda ko‘p qavatli uylar atrofni chiqindilardan tozalash, daraxt va ko‘chatlarni parvarishlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Kun davomida hashar taassurotlari haqida sizni boxabar qilib boramiz.

📌Aziz fuqarolar, hasharda faol ishtirok etib, yurtimizni obod qilishga o‘z hissamizni qo‘shaylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot

Bugun, 24-avgust kuni soat 09:41da Toshkent shahar, Yangihayot tumani, “Yangi Darxon” MFY Yangi Darxon ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexlarining biri omborxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:48 da yetib borib, yong‘in qurshab olingan va bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari-Shtab boshlig‘i polkovnik S.Zuparov va Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda xodimlari, hamkorlikdagi xizmatlar yetib borgan.

Yong‘in yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X