Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
7.87K subscribers
16.7K photos
2.85K videos
9.3K links
Yangihayot tuman hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali

Murojaatlar uchun: https://www.facebook.com/groups/913490212564477/
Download Telegram
🥳 Yangihayotlik 17 nafar maktab bitiruvchisi muddatidan oldin talaba bo'ldi!

📚 Yangihayot tuman xalq ta'limi tasarrufidagi 2-, 3-, 8-, 32-, 285-, 331-umumta'lim maktablarining bilimli va shijoatli 11-sinf bitiruvchilari muddatidan oldin xorijiy oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilindi.

🏛 Bo'lajak talabalar AQSH, Rossiya, Yaponiya, Malayziya, Polsha va Turkiya kabi davlatlarning nufuzli oliy o'quv yurtlarida o'qish imkoniyatini qo'lga kiritdilar.

👏 Yangihayot tumanining faxri bo'lgan yoshlarimizga muvaffaqiyat muborak bo'lsin! Ularning ota-onalari va murabbiylariga tuman hokimligi nomidan tashakkur bildiramiz!

***

🥳 17 выпускников школ Янгихаётского района досрочно приняты в ряды студентов!

📚 Старательные и талантливые ученики школ №№ 2, 3, 8, 32, 285, 331, подведомственные Отделу народного образования Янгихаётского района досрочно приняты в ряды студентов иностранных вузов.

🏛 Они получили возможность обучения в университетах США, России, Японии, Малайзии, Польши и Турции.

👏 Поздравляем с успехом молодых жителей – гордость Янгихаётского района! Выражаем благодарность их родителям и наставникам, которые, несомненно, внесли весомый вклад в эти достижения!

🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Tumanimizdagi 329-umumta'lim maktabida "Jaholatga qarshi ma'rifat" diniy-ma'rifiy tadbiri bo'lib o'tdi.

📌 Unda mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda mahalla uchastka nozirlari ishtirok etdilar. Tadbirni tashkil qilishdan maqsad turli dinlarga e'tiqod qiluvchi insonlar o'rtasida o'zaro hurmat, teng huquqlilik va totuvlikni fuqarolar orasida targ'ib qilishdan iborat.

Tadbirda, avvalo, yoshlarning tarbiyasiga e'tibor qaratish, ularning yot g'oyalar ta'siriga tushib qolmasliklari uchun tushuntirish ishlarini olib borish, xotin-qizlarga diniy aqidaparastlik, ekstrimizmning oqibatlari bo'yicha ma'lumot berish kerakligi ta'kidlandi.

📽 Shuningdek, tadbir so'nggida yoshlarni ogohlikka chaqirish mazmun-mohiyati aks etgan videorolik namoyish etildi.

***

🇺🇿 В общеобразовательной школе № 329 нашего района прошло религиозно-просветительское мероприятие "Просвещение против невежества".

📌 В нём приняли участие председатели махаллей, активисты по вопросам женщин, лидеры молодёжи и участковые инспекторы махаллей. Цель мероприятия – продвижение идей взаимного уважения, равноправия и согласия среди последователей различных религий, укрепление идей религиозной толерантности.

На мероприятии было подчеркнуто, что в первую очередь необходимо уделить внимание воспитанию молодежи, провести разъяснительную работу, чтобы они не попали под влияние чуждых идей, информировать женщин и девушек о последствиях религиозного фанатизма и экстремизма.

📽 Также в конце мероприятия был показан видеоролик, раскрывающий суть призыва молодежи к бдительности.

🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Yangihayot tumani «Oilaviy hayotga tayyorlash o‘quv markazi»da o‘qituvchilar tomonidan oila qurish ostonasida turgan juftliklarga o‘quv seminari tashkil etildi.

📝 Unda oilada huquqiy munosabatlarning kelib chiqishi va himoyasi, nikohdagi huquqiy majburiyatlar, sog'lom farzandni dunyoga keltirish haqida yosh oila vakillariga tushuncha berildi.

Shuningdek, er-xotinning o'zaro munosabatlarini yaxshilash, oila iqtisodini shakllantirish va shaxsiy nizolarni hal etish masalasida yoshlar ham o'z fikrlarini bildirdilar.

🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ob_havo

🗓 Bugun 24-fevral, juma.

Xayrli tong, yangihayotliklar! Kun davomida sizni a'lo kayfiyat tark etmasin.

🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Kuni kecha 329-umumta'lim maktabida Idoralararo ishchi guruhining hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.

📌 Unda sektor rahbarlari, tuman hokimi o'rinbosarlari, kommunal soha vakillari, mahalla raislari hamda bir qator tashkilot rahbarlari va xodimlari ishtirok etdilar.

📝 Yig'ilishda tumanni obodonlashtirish, aholini gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan barqaror ta'minlash, "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida ekilgan daraxtlarni parvarishlash, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash haqida soha mas'ullari haftalik hisobot berdilar.

🌱 Shuningdek, "Yashil makon" umummilliy loyihasi, bo'sh ish o'rinlari yaratish, aholi muammolarini hal etish va ularga qulaylik yaratish borasida qilingan tezkor tadbirlar yana davom etishi ta'kidlandi.

***

🇺🇿 На днях в 329-й общеобразовательной школе состоялось отчетное собрание Межведомственной рабочей группы.

📌 В нем приняли участие руководители секторов, заместители хокима района, представители коммунального сектора, председатели махаллей, а также руководители и сотрудники ряда организаций.

📝 На собрании ответственные лица предтсавили еженедельный отчет о проделанной работе по благоустройству района, стабильному обеспечению населения газом, электроэнергией и питьевой водой, уходу за деревьями, посаженными в рамках национальной программы «Яшил макон», и обеспечение безопасности граждан.

🌱 Также было отмечено, что оперативные меры, принимаемые для решения проблем населения и обеспечения их комфортом, будут продолжены.

🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Қишлоқ хўжалигида аҳоли бандлигини ошириш ва ер участкаларидан самарали фойдаланиш чора-тадбирлари тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

📍 https://uza.uz/posts/457182

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
🇺🇿 Bugun 66-sonli oilaviy poliklinikada Yangihayot tumani fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish boʻyicha tuman komissiyasining yig’ilishi o’tkazildi.

📝 Unda mutasaddi tashkilotlarning hamkorligini taʼminlash va tashkilot rahbarlarning shaxsiy masʼulligini oshirish bo’yicha mas’ullar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

***

🇺🇿 Сегодня в семейной поликлинике №66 состоялось заседание районной комиссии по очередному призыву граждан Янгихаётского района на военную службу и увольнению военнослужащих, которые уже прошли службу в резерв Вооруженных Сил.

📝 В ходе заседания должностными лицами проведена разъяснительная работа по обеспечению сотрудничества причастных официальных организаций и повышению личной ответственности их руководителей.

🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangihayot_fakt

🧑‍💻 24-fevral holatiga ko‘ra, "Open budget" portaliga Yangihayot tumanining barcha mahallalaridan, ya'ni 30 ta mahalladan jami 224 ta taklif kelib tushgan.

💬 Eng ko‘p taklif "Navqiron" mahallasidan bildirilgan (18 ta). Shuningdek, "Yorqinhayot", "Chorbog‘" va "Charog‘on" mahalla fuqarolari ham bu borada ilg'or. Eng kam taklif esa "Yangi Darxon" mahallasidan kelib tushgan (4 ta).

Siz ham o‘z mahallangizni obod manzilga aylantirish uchun tashabbus bilan chiqing. “Ochiq budjet axborot portali orqali 26-fevralga qadar taklif kiritish imkoniyatiga egasiz!

🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_yollang_rukni
#Yoshlar_daftari

Qo’shimcha ma’lumotlar:

👫 “Yoshlar daftari”ga 14-30 yoshdagilar kiritiladi.

📌 “Yoshlar daftari”ga kiritiladigan yoshlar toifalari:

1. Oila aʼzosi “temir daftar”, “ayollar daftari” yoki “ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan;

2.  Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan;

3.  Boquvchisini yoʻqotgan, yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan;

4.  Oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;

5.  Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan ishga layoqatsiz;

6.  I yoki II guruh nogironligi boʻlgan;
7.  Farzandida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan;

8.  Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan;

9.  Ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini toʻxtatgan holda bemorga qarashga majbur boʻlgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan;

10.  Yuzaga kelgan holatlar sababli ogʻir turmush sharoitida qolgan;

11.  Zoʻravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʻligʻiga, mulkiga zarar yetgan;

12. “Mehribonlik” uyi, bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;

13.  Haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan;

14.  Davolanishga muhtoj boʻlgan bemor yoshlar;

15.  Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;

16.  Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan;

17.  Psixologik maslahatga muhtoj;

18.  Nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;

19.  Dehqonchilik yoki tomorqa xoʻjaligini yuritayotgan;

20.  Yosh tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtgan yoshlar.

🕊Тelegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺YouTube | 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM