Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
495 subscribers
3.26K photos
229 videos
11 files
735 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
https://www.instagram.com/yangibozor.imi
Download Telegram
#Tabriklaymiz!

🥳 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bõyicha direktor õrinbosari Ozoda Bobojonovaning tavallud kuni!

Ustozga mazmunli hayot yõllarida quvonchli damlari va muvaffaqiyatlari
kõp bõlishini tilaymiz.


💥Kasbiy faoliyatingizdagi jonkuyarligingiz yuksak unvonlar sohibi bo‘lishingizga zamin yaratsin. Hamisha do‘stlaringiz va yaqinlaringiz ardog‘ida, e'tirof va e'zozda bo‘ling.


#yangibozor_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Tabriklaymiz!

🥳 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oliy toifali ingliz tili fani òqituvchisi Pòlat Polvanovning tavallud kuni!

Ustozga mazmunli hayot yõllarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

💥Kasbiy faoliyatingizdagi yutuqlaringiz bardavom bòlsin. Hamisha shogirdlaringiz e'zozida, do‘stlaringiz va yaqinlaringiz ardog‘ida bo‘ling.


#yangibozor_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Zakovat
#intellektual_òyin

ZAKOVATDA KUCH!

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor ixtisoslashtirilgan maktabida  "Zakovat" intellektual o‘yinining  Qishki mavsum òyinlari davom etmoqda.

📌 Bugun KATTA SINF òquvchilari òrtasida zakovat intellektual òyinining 2-mavsum 8-tur òyinlari bòlib òtdi.  Unda 13  ta jamoa ishtirok etdi.

🏆 Ikki raund natijalariga kòra quyidagi jamoalar ģolib deb topildi:

🥇"Jentelmenlar"jamoasi 13 ochko
🥈"Cosmos" jamoasi 12 ochko
🥉 "Nobelity" jamoasi  10 ochko

"Iceberg" jamoasi eng faol jamoa deb topildi.


Zakovat koordinatori: Yulduz Vapayeva

                                        21.02.2024
                                                                           
                           
#yangibozor_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Yangibozor_IM
#Psixolog_faoliyatidan

🏢Xorazm viloyati Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan  maktabining 5-sinf sinf o‘quvchilari bilan "Daraxt" metodikasi o‘tkazildi.

🎯Maqsad: O‘quvchilarda kechayotgan ruhiy-emotsional holatlarni va òziga bòlgan ishonchni aniqlash.


📌Psixolog: Yulduz Vapayeva


21.02.2024


#yangibozor_ixtisoslashtirilgan_maktabi
  ⚡️Yangibozor IM_
⚡️Uchrashuv_
💥Yangibozor tuman   IIB huzuridagi tergov guruhi katta tergovchisi mayor Masharipov Matrasul Bahodirovich “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va yoshlar orasida kelib chiqayotgan jinoyatlarning sabablarini muhokama  qilish” mavzusida 10-11-sinf o'g'il bolalari bilan suhbatlashdi.  
💥Yoshlarga hayotiy voqea-hodisalar, yoshlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatlar haqida gapirdi. O‘quvchilarga jinoyatchilik va  uning salbiy oqibatlari aks etgan film namoyish etildi.  Film namoyishidan keyin o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

https://t.iss.one/yangib_ixtisosl
⭕️⭕️⭕️

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Bir haftada bir kitob o‘qish” aksiyasini e’lon qiladi.

📝 Aksiya quyidagi tartibda o‘tkaziladi: kitoblar ro‘yxati maktab o‘quvchilari yosh toifasi (1-4-sinf; 5-9-sinf; 10-11-sinflar kesimida) inobatga olingan holda shaklantiriladi.

❗️ Aksiyani umumta’lim maktabida o‘tkazish uchun direktorning ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va maktab kutubxonachisi mas’ul hisoblanadi.

📚 Aksiya davomida eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilar mart oyining oxiriga qadar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari va kutubxonachi tomonidan savol-javob va intellektual o‘yin shaklida aniqlanadi hamda ularga maktab rahbariyati tomonidan kitoblar jamlanmasi va sertifikat topshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Agentlik_olimpiadasi
#viloyat_bosqichi
#natijalar

🔌 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan "STEM FANLARI OLIMPIADASI" ning Xorazm viloyati hududiy bosqichining FIZIKA fani natijalari quyidagicha:

8-SINF

🥇Farhodov Oybek - Bog'ot tuman IM 1-o’rin
🥈Saidabdullayev Saidabror - Yangibozor tuman IM 2-o’rin
🥉Solayeva Zebiniso - Yangiariq tuman IM 3-o’rin

9-SINF
🥇Kamiljanov Ahadbek - Hazorasp tumani IM 1-o’rin
🥈Adilbekov Shuhratbek - Yangibozor tuman IM 2-o’rin
🥉Rahimov Surojbek - Shovot tuman IMI 3-o’rin

10-SINF
🥇Rajabov Dilshodbek - Hazorasp tumani IM 1-o’rin
🥈Sharipov Qobilbek - Urganch shahar 1-son IMI 2-o’rin
🥉Samandarov Faxriddin - Hazorasp tumani IM 3-o’rin

11-SINF
🥇Erkinov Dilshod - Yangibozor tuman IM 1-o’rin
🥈Raximboyev Anvarbek - Qo'shko'pir tuman IM 2-o’rin
🥉Maxmudova Zulayho - Urganch shahar 1-son IMI 3-o’rin

🌐 Telegram | Facebook
Zulfiyaxonim hayotidagi muhim yillar...

1915-yil 1-mart. Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida tug'iladi.

1931–34-yillar. Xotin-qizlar bilim yurtida o'qiydi. Adabiy to'garaklarda qatnashadi va she'rlar mashq qiladi.

1931-yil 17-iyul. Birinchi she'ri «Ishchi» gazetasida bosiladi.

1932-yil. Hamid Olimjon bilan uchrashadi.

1932-yil. «Hayot varaqalari» nomli birinchi she'rlar to'plami chop etiladi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida o'qiydi.

1933–35-yillar. O'zbekiston Davlat nashriyotida ishlaydi.

1935–38-yillar. O'zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi til-adabiyot instituti aspiranturasida o'qiydi.

1938-yil. Bolalar nashriyotida muharrir.

1939-yil. «Qizlar qo'shig'i» she'riy kitobi chiqadi.

1941-yil. O'zbekiston Davlat nashriyotida adabiyot bo'limi boshlig'i.

1943-yil. «Hulkar» kitobi, «Uni Farhod der edilar» poemasi nashr etildi.

1944-yil. «Hijron kunlarida» kitobi chiqadi.

1944-yil. Hamid Olimjon vafotiga atab «Kechir, qoldim g'aflatda», «Yulduz», «Ne balolarga etding mubtalo», «Sen qaydasan, yuragim», «Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh», «Bahor keldi seni so'roqlab» she'rlarini yozadi.

1950–53-yillar. «O'zbekiston xotin-qizlari» jurnali bo'limi boshlig'i.

1950-yil. «Men tongni kuylayman» she'riy kitobi chiqadi.

1953-yil. «Dugonalar bilan suhbat» kitobi nashr etiladi. «Oydin» ocherki bosildi.

1954-yil. «Saodat» jurnalining bosh muharriri.

1958-yil. «Yuragimga yaqin kishilar» kitobi chiqadi. «Mushoira» she'ri, «Zaynab va Omon» operasi librettosi yozildi.

1965-yil. O'zbekiston xalq shoiri unvoni beriladi. «Kuylarim sizga» she'rlar to'plami, «O'ylar» adabiy maqolalari kitobi chop etiladi.

1967-yil. Neru xalqaro mukofoti laureati bo'ldi. «Quyoshli qalam» poemasini yozdi.

1970-yil. Nilufar nomli xalqaro mukofot laureati bo'ldi.

1972-yil. «Visol» she'rlar to'plami nashr etildi.

1972-yil. Bolgariya Xalq Respublikasining I-darajali Kirill va Mefodiy ordenini oldi.

1974-yil. 2 jildlik «Asarlar» to'plami chiqdi.

1975-yil. «Yillar, yillar» she'rlar kitobi chop etildi.

1976-yil. «Kamalak» she'rlar kitobi uchun Davlat mukofoti berildi. «Shalola» she'rlar kitobi chiqdi.

1984-yil. Mehnat Qahramoni unvoni berildi. Respublika Davlat mukofoti laureati boldi, Hamid Olimjonning «Semurg'» dostoni asosida pyesa-ertakyozdi.

1996-yilda 81 yoshida vafot etdi.
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...

Zulfiya
#Dars_
#Jarayon_
💥Yangibozor IM_
⚡️Adabiyot yashasa, millat yashaydi.
💥"Ozbek filmlar o'quvchilar nigohida" mavzusidagi dars jarayonidan foto lavhalar
⚡️O'qituvchi: Adamova Shahlo

💥
https://t.iss.one/yangib_ixtisosl