Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
492 subscribers
3.53K photos
243 videos
11 files
805 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
https://www.instagram.com/yangibozor.imi
Download Telegram
⚡️AKT_ zamon talabi

🧵Zamonaviy jamiyatdagi axborotlashtirish jarayonlari, shuningdek ular bilan chambarchas bog'liq bo'lgan ta'lim faoliyatini isloh qilish zamonaviy AKTni takomillashtirish va keng tarqatish bilan tavsiflanadi.

💥Yangibozor ixtisoslashtirilgan maktabida informatika mashg'ulotida
5--9-sinflarida "Staminada tez yozish" bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
⭐️9A- sinf o'quvchisi Amonboyev Mahkam g'olib bo'ldi.
☀️
https://t.iss.one/yangib_ixtisosl
💐💐💐Qadimiy va navqiron Xiva shahrida milliy kuy va raqslarning o'ziga xos  namoyishi sifatida o'tkazilgan "Lazgi festivali"ga Xiva shahar Prezident maktabi mezbonlik qildi.
      🌸🌸🌸 Festival 2 ta yo'nalishda yakkaxon va guruhiy tarzda tashkil qilindi. Xoreografiya oliy maktabining ustoz murabbiylari hakamlik qildi. Mazkur festivalda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari maktab va maktab-internati o'quvchilari ishtirok etishdi.
      🌺🌺🌺  Yangibozor ixtisoslashtirilgan maktabining 9-B sinf o'quvchisi Yuldasheva Vasila "Eng yaxshi yakkoxon ijrochi" deb topildi va festivalning 3-darajali diplomi bilan taqdirlandi.
        🌼🌼🌼8-B sinf o'quvchilari
Atajonova Farangiz va Yakubova Maftuna "Eng yaxshi guruhiy raqs" yo'nalishida faol qatnashib festival sertifikatini qo'lga kiritdilar.
🥀
https://t.iss.one/yangib_ixtisosl
#Dars_ jarayon

🍄Mutafakkirlarimizdan biri Mirzo Ulug‘bek: “Biz olamni obod qilish uchun yaratilganmiz”, deb yozgan edi. Olamning obodligi inson omiliga, insonning insonligini belgilovchi kreteriy esa uning bilimdonligi, saviyasi, tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liq. Yuksak bilim, keng dunyoqarash, jamiyatda shaxs sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lish, albatta, o‘qituvchining tinimsiz mehnatiga, aniqrog‘i, sifatli ta’limga bog‘liq.
Biologiya fani o'qituvchisi Umida Sattarova 7B- sinfda "Qushlarning ko'payishi va rivojlanishi" mavzusida ochiq dars o'tdi.
🛜Dars jarayonida o'quvchilar juda ko'p qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
🆗Bizni kuzatishda davom eting.

🛜
https://t.iss.one/yangib_ixtisosl
Bugungi bayramlar haqida qisqacha:

💃🏽 Xalqaro raqs kuni

Bayramning tashkil etilgan sanasi 1982-yil bo'lib, tashabbuskori YUNESKO bo'lgan. Shu kuni raqsni sevgan insonlar – opera va balet teatri jamoalari, zamonaviy raqs truppalari, zamonaviy va milliy raqs ansambllari, xayotini raqsga bag’ishlagan artistlar o’z kasb bayramini nishonlaydilar. An'anaviy konsertlardan raqs fleshmoblarigacha, noyob chiqishlar bilan bayramona dastur o’tkaziladi.

🙏 Butunjahon bolalar tilaklari ro‘yobga chiqadigan kun

Ushbu kunning g'oyasi – qiyin vaziyatlardagi bolalarning hayotiga baxt va quvonch keltirishdir.

🌐 Telegram | Facebook
⚡️ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar topshirish muddati ma'lum bo‘ldi

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining tanlovida ishtirok etish uchun xohish bildirgan oʻquvchining ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

📷 talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

✏️ talabgor va uning ota-onasi (qonuniy vakillari)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;

🤳 aloqa uchun telefon raqami platformaga kiritiladi.

Bu haqida agentlik axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov brifingda ma’lum qildi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
# Ustozga_ehtirom

✈️ Yangibozor  tuman ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o'qituvchilari Nurmatov Odilbek, Xolmetov Xursand, To'liboyev Sardor, Eshchanov Sherzod, Raximboyeva Sadoqatlar  xalqaro GMAT sertifikatini qo'lga kiritdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 2022-2026-yillarda Xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-sonli farmonining 9-bandida Xalq ta'limi (Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi) tizimidagi umumiy o'rta ta'lim muassasalarida xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo'lgan pedagog kadrlarga har oylik 50 foiz miqdorida qo'shimcha ustama to'lanishi belgilangan.

Maktab jamoasiga yutuq muborak bo'lsin!

💐https://t.iss.one/yangib_ixtisosl