Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
493 subscribers
3.53K photos
242 videos
11 files
803 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
https://www.instagram.com/yangibozor.imi
Download Telegram
#Dars jarayoni

📕📕📕Yangibozor ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Dilnoza Xajiyeva darslarida turli xil metodlardan foydalanib, o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirishga alohida ahamiyat qaratadi.


https://t.iss.one/yangib_ixtisosl
Yangibozor tumaniga 30 ming AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha mablag‘ taqdim etiladi

Bolalar va yoshlar uchun do'stona shahar qanday bo'lishi kerak? Asaka, Qo‘qon, Zarafshon, Termiz, Yangibozor va Bo‘ston shaharlari hokimlari mamlakatimizda yosh avlod manfaatlari va ehtiyojlari e’tiborga olingan o‘z harakat dasturlarini taqdim etdilar.

Barcha dasturlar bilan tanishib chiqqach, Muvofiqlashtiruvchi kengash Yangibozor tumani hokimligining rejalarida yoshlarning manfaatlari eng yaxshi ravishda e’tiborga olingan deb qaror qildi.

Rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun tuman hokimligiga 30 ming AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha mablag‘ taqdim etiladi.

O’zbekistonda “Bolalar va yoshlarga do‘stona mahalliy boshqaruv” tashabbusi “Yuksalish” umummilliy harakati, Yoshlar ishlari agentligi, UNICEF hamda ushbu shaharlar hokimliklari tomonidan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda.

Yangibozor tumani hokimligi matbuot xizmati

@yangibozor_hokimligi
🏫 Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-A sinf o'quvchilari jamoa bo'lib loyiha ishi tayyorladilar.
🏕🏕 O'quvchilar ma'lum bir bayram munosabati bilan tadbir ssenariysini tuzdilar va shu asosida loyiha ishini taqdimot qildilar.
🏡🏡🏡 Loyiha ishlari o'tkazilishi jarayonida o'quvchilarda bir-biriga bo'lgan o'zaro do'stlik va mehr-oqibat tuyg'ulari yanada mustahkamlandi.
https://t.iss.one/yangib_ixtisosl
#SINF SOATI_
#Jarayon_
🌍🌍🌍Yangibozor ixtisoslashtirilgan maktabida barcha sinflarda sinf soatida "Abu Rayhon Beruniy-buyuk mutafakkir va qomusiy olim" mavzusida darslar o'tildi.

O'quvchilar buyuk bobokalonimiz haqida ko'pgina ma'lumotga ega bo'ldilar.

🔷
https://t.iss.one/yangib_ixtisosl
🏫🏫🏫🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Og'zaki nutqni rivojlantirish va o'quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish - pedagoglarning eng asosiy vazifalaridan biri.Shu maqsadda Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab pedagoglari ham dars jarayonlarida turli zamonaviy pedtexnologiyalardan unumli foydalangan holda dars jarayonlarini tashkil qilmoqdalar.
📣📣📣 Bu esa o'quvchilarda darsga bo'lgan qiziqishni yanada oshirmoqda.
https://t.iss.one/yangib_ixtisosl