Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
486 subscribers
3.31K photos
232 videos
11 files
748 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
https://www.instagram.com/yangibozor.imi
Download Telegram
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo'lishmoqda.

❇️ Xorazm  viloyati Yangibozor ixtisoslashtirilgan maktabi 11- sinf o'quvchilari xorijiy tillarni bilish darajasi sertifikatlarini qo'lga kiritishda davom etmoqdalar.

Komiljonova Rayhon  Xorijiy Tillarni bilish C1 darajali Milliy sertifikatiga ega bo'ldi

Matyaqubova Shahzoda  Xorijiy Tillarni Bilish B2 darajali Milliy sertifikatga ega bo'ldi.

Rimboyev Aslbek  Xorijiy Tillarni Bilish B2 darajali Milliy sertifikatini qo'lga kiritdi.

O'quvchilarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusi o'qishlariga ham omad tilaymiz!!!



https://t.iss.one/yangib_ixtisosl
#tabriknoma

🥳 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor ixtisoslashtirilgan maktabning 9-"A"sinf o'quvchisi Raximboyeva Muxlisaning tavallud ayyomi.

🎁 Muxlisa, tug'ilgan kuning muborak bo'lsin. Seni sinfdoshlaring va butun maktab jamoasi shukrona kuning bilan tabriklaydi.

🎉 Senga hayoting davomida salomatlik, o'qish va ishlaringda omad, baxt va muvaffaqiyatlar hamroh bo'lishini tilab qolamiz. Maqsadlaring sari olg'a borishda davom et!


#yangibozor_IM
#Yangibozor_IM
#Musobaqalar davom etadi

💥Yangibozor ixtisoslashtirilgan maktabining 5-6-sinf o'quvchilari o'rtasida "Klaviaturada tez yozish" bo'yicha 3-bosqichda musobaqa o'tkazildi.

Musobaqa natijalariga ko'ra g'oliblar aniqlandi.

🥇 6a -sinf o'quvchisi Qodirberganov Farruxbek;

🥈 6a-sinf o'quvchisi Jumamuratov Jalil;

🥉 5a-sinf o'quvchisi To'liboyev Shoxruz;

Musobaqa g'oliblarini tabriklaymiz 👏👏👏

O'qituvchilar: Z.Yusupova va H. Xudoyarova

#yangibozor_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Yangibozor IM
💦  "Biz bir bo'lsak-yagona xalqmiz,birlashsak vatanmiz!" g'oyasi asosida  "Ma'naviyat marafoni" loyihasi doirasida, sport musobaqalari, kitobxonlik kechasi,  "AKT bilimdoni"  mavzusida musobaqalar va turkum tadbirlar o'tkazildi.
✈️
https://t.iss.one/yangib_ixtisosl
📣📣 DIQQAT DIQQAT📣📣

“Bayrog‘imiz- faxrimiz” challenge o‘tkazilmoqda!

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunining 32 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘imiz - faxrimiz” challenge tashkil etilmoqda!

Challenge quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
🖼Rasm chizish;
📹Mavzuga oid videorolik
.

📌Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan ijodiy ishlar nizom shartlari asosida toʻgʻri tasvirlanganligiga e'tibor qaratiladi.

📌Challenge nizomi bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishing👇
https://surl.li/mroda

❗️Challenge 17-noyabr kuniga qadar davom etadi.

➡️Challengeda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

🎁Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan MAXSUS DIPLOM bilan taqdirlanadilar.

🔉Aziz o‘quvchi-yoshlar challengeda faol ishtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling!

Barchangizga omad yor bo'lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
⭐️“Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlandi!

👦 Аziz bolalar, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidoringizni namoyish etish vaqti keldi. Bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar 24-oktabrdan 20-noyabr kunlariga qadar Yoshlar ishlari agentligining tuman va shahar bo‘limlari orqali qabul qilinadi.

Tanlovga 6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, quyidagi 6 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda ishtirok etishlari mumkin:

“A” guruhi: Klassika — fortepiano, torli, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
“B” guruhi: Vokal — anʼanaviy va akademik ijro, estrada, folklor hamda xor guruhlari;
“S” guruhi: Milliy cholgʻu — torli, chertib, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
“D” guruhi: Raqs va badiiy gimnastika — milliy, ball hamda zamonaviy raqslar, buyum (tasma, koptok, halqa, argʻamchi) bilan va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish;
“E” guruhi: Tasviriy va amaliy sanʼat. Tasviriy sanʼat yoʻnalishiga — grafika, rangtasvir, natyurmort, liboslar dizayni. Amaliy sanʼat yoʻnalishiga — haykaltaroshlik, kulolchilik, zardoʻzlik, quroqchilik, gilamdoʻzlik, biser toʻqish, yumshoq oʻyinchoqsozlik, naqqoshlik, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi kiradi;
“F” guruhi: nasr va nazm. Nazm yoʻnalishiga — sheʼr, gʻazal, doston hamda nasr yoʻnalishiga — hikoya, ertak kiradi.

💳 Tanlovning o‘tkazilish tartibi haqida nizom bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqing.

Tanlovga ariza topshirish muddati 24-oktabrda 20-noyabrga qadar davom etadi.

⬇️ Anketalar va festival nizomini yuklab olish uchun havola:

YakkaJamoaviyNizom

#KamalakYulduzlari
#yoshlarittifoqi

Kanalga obuna boʻling:
t.iss.one/xorazmyoshlari_yi
#Jarayon_
Yangibozor IM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
18-noyabr -  O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunining  32 yilligi munosabati bilan 5 a-sinf  o'quvchilari informatika va axborot texnologiyalari darsida Paint dasturida bayrog'imiz rasmini chizdilar.

🇸🇱
https://t.iss.one/yangib_ixtisosl