Allabergenova fuqarolar murojaatini joyida hal etmoqda
🗣 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan fuqarolar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
💠 Ochiq muloqotda Yakkasaroy tuman hokimining birinchi oʻrinbosari N.Shamsiyev, hokim oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar tuman boʻlimi boshligʻi D.Rasulmuhammedova, Yakkasaroy tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi Sh.Bahramov, mahalladagi hokim yordamchilari, fuqarolar ishtirok etdilar.
🔵 Qabulda fuqarolarning ishga joylashish, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda imtiyozli kreditlar bilan bogʻliq murojjatlari tinglandi.
💠 Aksariyat murojjatlar qabulning oʻzidayoq ijobiy hal etib berildi. Xonadonida hunarmandlik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarning xohish-istaklari oʻrganib ularga amaliy yordam koʻrsatilishi boʻyicha maʻlumot berib oʻtildi.
💢 Qabul soʻnggida tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagi boʻlgan besh nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi va monoblok jamlanmasi topshirildi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM