Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
63.1K subscribers
854 photos
532 videos
4 files
528 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Download Telegram
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

O’Genri. So‘nggi yaproq (hikoya)

Izoh:
Bugun jahon adabiyotining eng nodir durdona hikoyalaridan biri - O‘Genrining «So‘nggi yaproq» hikoyasini mutolaa uchun tanladik. To‘g‘ri, bu shunchalik mashhur hikoyaki, balki uni kanalimiz mushtariylari orasida minglab insonlar allaqachon o‘qigan bo‘lishi ham mumkin. Shunday bo‘lsa-da, uni yana bir bor takrorlash, o‘qimaganlar uchun esa, shu paytgacha qilgan “xatosi”ni to‘g‘rilashga imkon bermoqchimiz :)

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/o-genri-songgi-yaproq

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/FVsxjci_Mcc

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
O’zbekiston 0:2 Yangi Zelandiya

Birinchi taym tugadi.

Hozircha yigitlarimiz raqibni mensimay, o’zlaridan “zvizda” yasab olib o’ynashayotgani uchun 2 ta gol o’tkazib yuborishdi. Tinimsiz hujum va sanoqsiz imkoniyatlardan foydalanishmayapti. Hujumchilarimiz bugun dovdirab o’ynashmoqda. Ishtiyoq yo’q negadir.

Darvozabonimiz Otabek Boymurodov esa Osiyo chempionatidagi yulduzli onlaridan keyin hali o’ziga kela olmabdi shekilli.

Umuman olganda futbolchilarimiz ruhiyati bilan jiddiy ishlash kerak.

Ikkinchi taymda vaziyatni o’zgartirish kerak. Yigitlar o’zini qo’lga olishlari shart. Shuncha ustunlikdan foydalana olmasak, alam qiladi.
GOOOOOOOL! Bo’larkanu!
9 minut qo’shib berildi o’yinga. Endi shundayam urolmasanglar, bilmadim, nima qilish kerak yana.
AAAAAAAAA!!! GOOOOOOL!!!
Tugadi.

O’zbekiston 2:2 Yangi Zelandiya

G’alaba qozonmaslik qiyin bo’lgan bahsda bir amallab durang qilib oldik. Mayli, nima ham derdik, shunisiga ham shukr.

Bu deyman o’zbekning peshonasiga hech bir yaxshi hujumchi bitmas ekanda. U qaysi yoshdagi futbol bo’lishidan qat’i nazar.
Bugun maktabni bitirayotgan barcha yigit-qizlarning kelgusi katta hayotida omadlar tilayman! Ilm olishdan charchamang.

O’zim maktabni tugatganimga 20 yil bo’libdi🥺 Vaqt o’tishini qarang.

P/S: Chiroqchi tumanida maktabni 9-sinfgacha o’qiganman, keyin Toshkentga akademik litseyda o’qish uchun kelganman.

🔘
@xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 30 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Andre Morua. «Tanatos» mehmonxonasi (hikoya)

Izoh:
Bankir Jan Mon'ye bor-budini aksiyalar sotib olishga sarflagandi. Iqtisodiy buhron uni xonavayron qiladi. Jan Mon’yeni o’zini o’ldirish fikri tinch qo’ymaydi. Shu pallada “Tanatos” mehmonxonasidan xat keladi…

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/andre-morua-tanatos-mehmonxonasi

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/yLBNv8cWQWw

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa



🔘 @xushnudbekuz
Bismilloh, deb boshladik!
GOOOOOOOL!!! Tezkor gol!

1:0
Uyoqda Argentina ham gol urdi. O’zbekiston guruhda 2-o’ringa chiqib oldi.
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Uyoqda Argentina ham gol urdi. O’zbekiston guruhda 2-o’ringa chiqib oldi.
Argentina yana bitta urdi. Narigi o’yinda yirik hisob qayd etiladi shekilli.

Biz yutsak bo’ldi, Xudo xohlasa.
Offsaydmi? Nahotki?
GOOOOOOOL!!!! Ofsayd yo’q!

2:0

Barakalla, yigitlar!
Aytgancha, ikkala gol muallifi ham Shahzod Ne’matjonov! Undan kamida xet-trik kutamiz.
3:0!!!

Uzr, bunisi offsayd ekan ))
Tugadi.

O’zbekiston guruhda 2-o’rinni qo’lga kiritib, keyingi bosqichga yo’l oldi.

Ura!!!