Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
60K subscribers
823 photos
520 videos
4 files
510 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Download Telegram
Forwarded from Xushnudbek.uz
Boks bo’yicha jahon chempionatida 🇺🇿O’zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida medallar soni bo’yicha ham, sifati bo’yicha ham 🏆 1-o’rinni egalladi:

🥇5 ta oltin
🥈2 ta kumush
🥉2 ta bronza

Jami: 9 ta medal.

2-o’rinni 🇰🇿Qozog’iston egalladi. Qo’shnilarimiz hisobida 🥇4 ta oltin va 🥈1 ta kumush medal bor.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Boks bo’yicha jahon chempionatida 🇺🇿O’zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida medallar soni bo’yicha ham, sifati bo’yicha ham 🏆 1-o’rinni egalladi: 🥇5 ta oltin 🥈2 ta kumush 🥉2 ta bronza Jami: 9 ta medal. 2-o’rinni 🇰🇿Qozog’iston egalladi. Qo’shnilarimiz…
Ma’lumot uchun: turnirda o’zbek va qozoq bokschilari 6 marta o’zaro jang qilishdi. Hisob — 3:3.

Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev finalda, Bahodir Jalolov chorak finalda hamda Shohjahon Abdullayev 2-bosqichda qozoq bokschisi ustidan g’alaba qozongan bo’lsa, Shodiyorjon Meliqo’ziyev, Oybek Jo’rayev hamda Saidjamshid Jafarov qozoq bokschisidan mag’lub bo’lishdi.

Doimgidek kuchli raqobat. Umidimiz, ushbu raqobat bundan keyin ham sog’lom va do’stona bo’ladi. Bu esa ikki davlat sportchilari uchun yanada o’sishga yordam beradi.
🎓 Jurnalistika sohasida o’qiyotgan talabalar uchun 75 mln so’mlik ta’lim granti

XushnudbekUz kanali jurnalistika sohasida ta’lim olayotgan, yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish maqsadida navbatdagi ta’lim grantini e’lon qiladi.

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

🏢 Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat va nodavlat taʼlim muassasalari uchun

📝 Qaysi yo’nalishlar uchun: jurnalistika sohasidagi barcha yo’nalishlar uchun

📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi

📚 Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy

👥 Necha kishiga beriladi: 25 nafar

💰Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 3 mln so‘mdan (jami 75 mln so‘m)

Hujjatlar 25-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

📲 Onlayn ariza yuborish:

https://imkon.uz/metsenat/122

Grant bo’yicha biror muammo yoki tushunmovchilik yuzaga kelsa, shu yerda izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.


🔘@xushnudbekuz
Alice Munro_Yuz
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 30 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Alis Munro. Yuz (hikoya)

Izoh:
Bugun e’tiboringizga kanadalik zamondosh yozuvchi, Nobel mukofoti sovrindori - Alis ( Elis) Munroning «Yuz» hikoyasini taqdim etamiz. Hikoyaning boshlanish qismiyoq sizni o‘ziga jalb etmay qo‘ymaydi. Asarda umumjahoniy g‘oya - insonparvarlik g‘oyasi aks etgan bo‘lib, siz ham undan ibratli xulosa chiqarasiz, degan umiddamiz.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/alis-munro-yuz

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/_hB5c9zMb4c

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa



🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Yevropa chempionlar ligasida kim yutishi allaqachon aniq bo’libdiku 😆

Bugun yarim finalning javob o’yinlari boshlanadi, ko’ramiz, ushbu tuxumlar qay darajada natijani to’g’ri topishgan.

16-may. Inter - Milan (birinchi o’yin 2:0)

17-may. Manchester Siti — Real Madrid (birinchi o’yin 1:1)


🔘@xushnudbekuz
Mendan qaysi jamoaga muxlislik qilasiz, deb ko’p so’rashadi.

O’zbekistonda 🔴“Nasaf” muxlisiman. Bolaligimdan Nasaf o’yinlariga tushardim. Chiroqchidan muxlislar katta avtobusni yollab, to’ldirib Qarshiga borilardi. Mazza davrlar edi.

Bir paytlar O’zbekistonning xalqaro maydonlardagi asosiy vakili sifatida “Paxtakor”ga ham muxlislik qilardim, hozir unaqa emas, ushbu jamoa o’yinlarida neytralman.

1️⃣ Xorijda esa asosiy muxlislik qiladigan jamoam — 😈Manchester United. Ushbu jamoaga 1999-yilgi finaldan keyin muxlislik qilaman. Giggz, York, Koul, Sulsher, Bekhem, Stam, Shmeyxel… Zo’r tarkib edi. O’shandan mehrim tushgan bu jamoaga. Lekin MUni yaxshi ko’rishimda, futbolchilar emas, ko’proq murabbiy sababchi bo’lgan. Afsonaviy Ser Aleks Fergyussonni futbol tarixidagi eng zo’r murabbiy deb bilaman. Ser davrida MU hammayoqni titratardi. Odam shu davrlarni ham sog’indi, anchadan buyon MU oldingidek APL va ChLda chempion bo’lmay qo’ydi. Lekin kelasi mavsumda Ten Hagdan umidimiz katta.

2️⃣ Shuningdek, 2000-yildan buyon 🇪🇺Real Madrid muxlisiman. Yana bir buyuk klub. O’sha yili Real chempionlar ligasida g’alaba qozondi. Valensiyaga qarshi finalni xuddi kechagidek juda yaxshi eslayman. Roberto Karlosning autdan to’pni juda uzoqqa otishi va Stiv Makmanamanning qaychilab urgan chiroyli goli, yakunda Raulning maydonni 1 o’zi yolg’iz kesib chiqib gol urgani… Aytgancha, Real aynan men sevgan MUni chiqarib yuborgandi. Old Trafforddagi o’yin naq yongandi o’ziyam. O’sha yili yozda Figu sensatsion ravishda Barselonadan Realga o’tgandi. Xullas, 2000-yildan Real muxlisiman.

3️⃣ Va oxirgisi — 🇪🇺Inter! Interga ham taxminan 2000-2001-yillardan muxlislik qilaman. Bu jamoaga mehr qo’yishimga asosiy sababchi — Ronaldo! Braziliyalik “so’yloq tish”. Umuman futbol tarixidagi eng zo’r hujumchilardan biri. Bundan tashqari o’sha davrlarda Inter tarkibida juda kuchli futbolchilar o’ynardi: Roberto Badjo, Xaviyer Zanetti, Kristiyan Vyeri, Klarans Zeedorf, Alvaro Rekoba, Loran Blan, Luidji di Biadjo… Dahshat tarkib!

Xullas, o’shandan buyon ashaddiy interchiman.

Mana shunaqa gaplar. Ayrimlar faqat bitta jamoaga muxlislik qilish kerak deyishadi. Bunaqa qoida yo’q. Muxlislikni ilohiylashtirmaslik kerak. Endi esimni taniyotgan paytlarimdan yoqtirgan bir nechta jamoalarimga haligacha muxlisman.

P/S: shu paytgacha Chempionlar ligasi finalida biror marta men sevgan 2 ta jamoa o’zaro to’qnash kelmagan. Mabodo bugun Real juda qiyin sinovdan o’ta olsa, unda ilk marta shunaqa bo’ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎙Diqqat, ovozli chat!

Ko‘pchilikka maʼlumki, oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlardan daromad solig‘i olinmaydi. Jaydari tilda aytganda, kontrakt va oylik to‘lovlardan 12% qaytarib beriladi.

Ammo ushbu tartib bo‘yicha aholida ko‘plab savollar va tushunmovchiliklar bo‘lishi tabiiy. Kimdir bu pulni qanday qaytarib olishni bilmaydi, kimlargadir esa soliq organlari rad javobi bergan, ammo nimaga bunday bo‘lganini yaxshi tushuntirishmagan.

Shu sababli ertaga, 19-may — juma kuni soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ovozli chat tashkil etyapmiz. Bunda daromad solig‘idan ozod bo‘lish va maʼlum miqdordagi pulni qaytarib olish tartibi to‘g‘risida batafsil maʼlumot beriladi.

Savollaringiz bo‘lsa, ushbu post tagiga izoh ko‘rinishida yozib qoldirishingiz mumkin (keyin nimaga menga so'z bermading, savolim qolib ketdi deb janjal qilish bo'lmasin😄)

Ovozli chat spikeri: Soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ismailov.

O‘tkazib yubormang, foydali maʼlumotlar olishingiz kafolatlanadi.


🔘@xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

O
‘tkir Hoshimov. Nega? Nega-a-a?! (hikoya)

Izoh:
Bugun biz tanlagan hikoya urushning jirkanch basharasini taʼsirli qilib ko‘rsatib beradi. Sovet davridagi ahmoqona afg‘on urushi natijasida halok bo‘lgan yuzlab hamyurtlarimizning porloq xotirasiga bag‘ishlanadi.

Hikoyani o‘qir ekansiz, tinchlik uchun yana bir bor shukrona keltirasiz (garchi bugun odamlarni shukr qilishga chaqirish biroz salbiy holatdek tuyulayotganda bo‘lsada).

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/utkir-hoshimov-nega

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/LnlNanQ2slE

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
🎙Bugun ovozli chat!

Ko‘pchilikka maʼlumki, oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlardan daromad solig‘i olinmaydi. Jaydari tilda aytganda, kontrakt va oylik to‘lovlardan 12% qaytarib beriladi.

12% qaytarib olish uchun faqat davlat ishida ishlash kerakmi?
Ota-onam pensioner, qaytarib olsam bo’ladimi?
Ta’lim krediti olganman, lekin menga qaytarilmayaptiku.
Kontraktga naqd to’laganmiz, kvitansiyani yo’qotib qo’yganman, nima qilsam bo’ladi?
Bitirganimga 3 yil bo’ldi, o’sha payti bilmagandim, endi kechikdimmi, qaytara olmaymanmi?

Shu va shu kabi boshqa ko’plab savollarga bugun, 19-may — juma kuni soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ovozli chatda javob olishingiz mumkin.

Ovozli chatni tinglash uchun:

https://t.iss.one/xushnudbek?livestream

Ovozli chat spikeri: Soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ismailov.

O‘tkazib yubormang, foydali maʼlumotlar olishingiz kafolatlanadi.
Ta’lim uchun qilingan to‘lovlarga daromad solig‘i imtiyozi berilishiga bag‘ishlangan ovozli chat boshlanadi.

Ulanish uchun:
https://t.iss.one/xushnudbek?livestream
Daromad solig’idan imtiyoz haqida chat
Xushnudbek.uz
Ta’lim uchun qilingan to‘lovlarga daromad solig‘i imtiyozi berilishiga bag‘ishlangan ovozli chatning to’liq audiosi.

Suhbatdoshimiz Soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ismailov bo’ldi.


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh 1989-1993-yillarda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasida muftiy hamda Oliy Sovet deputati bo’lib ishlagan.

O’sha vaqtlarda Shayx hazratlari deputat sifatida jamiyatdagi ko’p muammolarni ko’tarib chiqqan, Hukumatga yetkazgan. Alloh ulardan rozi bo’lsin.


🔘 @xushnudbekuz
🇦🇷Argentina U20 2:1 🇺🇿O’zbekiston U20

Birinchi taym tugadi. Yigitlarimiz dastlab hisobda oldinga chiqib olishgandi, lekin keyin 2 ta gol o’tkazib yubordik.

Lekin umuman olganda o’yinimiz yomon emas. Ozgina hayajonni bosib, xatolarni kamaytirib, imkoniyatlardan foydalana olsak, kamida bu o’yinda yutqazmasligimiz mumkin bemalol.

2-taymda Ravshan Haydarov shogirdlari o’z so’zlarini aytishiga umid qilamiz. Asosiysi hisobni yiriklashtirib yubormaslik kerak.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent moliya instituti rektori va talabalari trendda qatnashibdi (manba)

Zo’r👍
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fizikadan testga tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun😂 (manba)
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

O’Genri. So‘nggi yaproq (hikoya)

Izoh:
Bugun jahon adabiyotining eng nodir durdona hikoyalaridan biri - O‘Genrining «So‘nggi yaproq» hikoyasini mutolaa uchun tanladik. To‘g‘ri, bu shunchalik mashhur hikoyaki, balki uni kanalimiz mushtariylari orasida minglab insonlar allaqachon o‘qigan bo‘lishi ham mumkin. Shunday bo‘lsa-da, uni yana bir bor takrorlash, o‘qimaganlar uchun esa, shu paytgacha qilgan “xatosi”ni to‘g‘rilashga imkon bermoqchimiz :)

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/o-genri-songgi-yaproq

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/FVsxjci_Mcc

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
O’zbekiston 0:2 Yangi Zelandiya

Birinchi taym tugadi.

Hozircha yigitlarimiz raqibni mensimay, o’zlaridan “zvizda” yasab olib o’ynashayotgani uchun 2 ta gol o’tkazib yuborishdi. Tinimsiz hujum va sanoqsiz imkoniyatlardan foydalanishmayapti. Hujumchilarimiz bugun dovdirab o’ynashmoqda. Ishtiyoq yo’q negadir.

Darvozabonimiz Otabek Boymurodov esa Osiyo chempionatidagi yulduzli onlaridan keyin hali o’ziga kela olmabdi shekilli.

Umuman olganda futbolchilarimiz ruhiyati bilan jiddiy ishlash kerak.

Ikkinchi taymda vaziyatni o’zgartirish kerak. Yigitlar o’zini qo’lga olishlari shart. Shuncha ustunlikdan foydalana olmasak, alam qiladi.
GOOOOOOOL! Bo’larkanu!