Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
82.5K subscribers
986 photos
665 videos
4 files
587 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Download Telegram
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Lekin men eng mazza qilgan video mana bu bo’ldi. Beg’ubor bolaligim esimga tushib ketdi.

20 yil oldin shu bolajonlardan qaysidir biri men edim. Balki eng changitib o’ynayotgani va eng baland qichqirayotgani bo’lsam kerak 😂

P/S: Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Kallamozor qishlog'idagi 52-maktab sport zal qurish tashabbusi bilan g’olib bo’ldi, shu sabab maktabda bayram.


👉 @xushnudbek 👈
Stanislav Stratiyev. Shaxsiy fikrim qani
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 5 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Stanislav Stratiyev. Shaxsiy fikrim qani? (hajviya)

Izoh:
Ushbu hajviyani avval ham kanalimda e’lon qilgan edim. Ammo yillar davomida uning aktualligi oshsa oshmoqdaki, kamaymayapti. Siz ham hajviyani bir o’qib ko’ring-da, ayting, undagi holat tanish emasmi?

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/stratiyev-shaxsiy-fikrim-qani

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
🔵 PREZIDENT TOPSHIRIG'I: "Tashabbusli budjet" jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi.

🇺🇿Bunda, qo‘shimcha 1 182 ta mahalla bo‘yicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

◀️Shuningdek, taʼlim, sog‘liqni saqlash, sport muassasalarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalar tahlili o‘tkazilib, 2024-yil uchun budjet so‘rovida ularni ta’mirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini ro'yxatga kiritish ko'zda tutiladi.

☑️Natijada, respublikamizdagi 164 ta maktab, 30 ta bog‘cha va 32 ta tibbiyot muassasalarida ta’mirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
"Tashabbusli byudjet"da yutgan loyihalar ijrosi qachon bajariladi?

Prezident qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1-mavsumda g‘olib deb topilgan 2 ming 975 ta loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini qatʼiy nazoratga olinadi. Bunda:

jihozlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish so‘nggi muddati etib joriy yilning iyul oyi;

qurilish va taʼmirlash ishlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish so‘nggi muddati etib avgust oyi belgilanadi.

Manba: O‘zA.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Magistratura hamda doktoranturada talab etiladigan til bilish sertifikatlariga oid muhim ma’lumot

Avval xabar berganimizdek, 2023-yil 23-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan til bilish sertifikatlari ro’yxati qayta tasdiqlangan edi.

Yangi ro’yxatda 3 ta sertifikat olib tashlandi, bular:

🇬🇧 Ingliz tilidan — Cambridge Assessment English Linguaskill

🇮🇹 Italyan tilidan — Accademia Italiana di Lingua (AIL)

🇹🇷 Turk tilidan — İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydin TÖMER).

Shu sababli mazkur sertifikatni olgan talabalar tomonidan “endi biz nima qilamiz, kuyib qolaveramizmi, nega vaqtliroq aytishmadi”, degan mazmunda ko’plab e’tirozlar bildirildi. Menga ham bu borada juda ko’p yozishdi.

RASMIY MA’LUMOT:

Yangi ro’yxat tasdiqlangunga qadar (2023-yil 23-mart) olingan hamda amal qilish muddati tugamagan Linguaskill, AIL va Aydin TÖMER sertifikatlari 2023/2024-oʻquv yili qabulida inobatga olinadi.

Shu sababli mazkur sertifikatga ega talabalar xavotir olmasa ham bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Roppa-rosa 5 yil oldingi rasm ekan.

13.04.2018, Venetsiya, Italiya.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun mana shu mem yangilanadigan bo’ldi.

Harry Maguire 🤦🏻‍♂️

#tushungantushundi
UMRA SAFARIga oid 46 maslahat

📲 https://youtu.be/Xy_5oTqg5bM

So‘nggi 1 yilda Umra ziyoratiga borish ancha osonlashdi va o‘n minglab yurtdoshlarimizning azaliy orzusi ushalmoqda. Xususiy tur firmalar orqali hech qanaqa navbatsiz ketish imkoni paydo bo‘ldi.

Shu o‘rinda Umra safariga borgan yurtdoshlarimiz o‘z tajribalaridan kelib chiqib, ziyorat chog‘ida foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan maslahatlarni berib borishmoqda. Biz ushbu videoda ana shunday 46 ta maslahatni to‘pladik. Siz uchun manfaatli bo‘ladi, degan umiddamiz.

📲 https://youtu.be/Xy_5oTqg5bM
SAID AHMAD Bir siqim xan...
Mikrofon ko'targan ayol
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Said Ahmad. Bir siqim xandon pista (hajviya)

Izoh: Bugun o‘zbek adabiyotiga murojaat qildik. Aziz Nesinning hajviy hikoyalari ko‘pchilikka manzur bo‘lgan edi. Bizda ham ana shunday so‘zga usta adiblarimiz ko‘p aslida. Bunga misol qilib Said Ahmadni keltirish mumkin. Yaxshi eslayman, bolaligimda Said Ahmadning "Xandon pista" nomli hikoyalar to‘plamini sevib, bir necha marta o‘qigandim. Muqovasi yashilmidiyey, vallohu a’lam. Sizlarga ham bugun ana shunday hikoyalaridan birini o‘qish (eshitish) uchun tavsiya qilaman.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/bir-siqim-xandon-pista

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/RIu5yll0GAk

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Arab tilini o’rganayotganlar uchun yaxshi layfhak :)

“H:ā” harfini aytishning oson usuli haqida.
Kanalimiz obunachilari adashmabdi, Real va Milan yarim finalda :)

P/S: men shunchaki bitta variantni belgilab qo'yganman, javobni ko'rish uchun.
Hayit kuni bugun e’lon qilinadi, Alloh nasib qilsa.

Hayit kuni borasida ko’p muhokamalar bo’lyapti, ayniqsa guruhlarda bu bo’yicha maynavozchiliklar ham tarqatilyapti. “Hayitmish hayitmasmish” degan bema’ni prikolni yoki din dushmanlari, yoki dindan bexabar insonlar to’qigan. Siz bunaqa maynavozchilikni tarqatishga sherik bo’lmang, iltimos. Tarqatayotganlarga ham to’g’ri tushuntiring.

Fatvo masalasining ustidan kulinmaydi, bilib-bilmay gunohkor bo’lib qolishimiz mumkin.


🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Voice message
Mubashhir Ahmad domlaning bu bo’yicha fikrlariga qo’shilaman.
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️RASMAN: O‘zbekistonda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel — juma kuniga to‘g‘ri keladi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Rasman: 4 kun ketma-ket dam olish kuni bo’ladi

Prezident farmoniga ko’ra, Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

21-aprel, juma — Hayit bayrami;

22-aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

23-aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;

24-aprel, dushanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
❗️Rasman: 4 kun ketma-ket dam olish kuni bo’ladi Prezident farmoniga ko’ra, Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi: 21-aprel, juma — Hayit bayrami; 22-aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha…
Tuzatish: 24-aprel, dushanba kuni barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni etib belgilanibdi.

Ya’ni ushbu kun hisobidan haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar boshqa kuni ishlab berishi shart bo’lmaydi, ular uchun 29-aprel, shanba kuni ham dam olish kuni bo’ladi.
Ayrim talabalar “24-aprel, dushanba kuni bizga o’qish bo’ladimi yo’qmi”, deb so’rashmoqda.

Bunaqa savolni maktab o’quvchilari bersa, tushunsa bo’ladi. Lekin zamonaviy talabalarga yarashmaydi.

24-aprel BARCHA xodimlar uchun dam olish kuni deb e’lon qilindi. Demak, OTM professor-o’qituvchilari ham dam oladi. Bo’ldi, yana nimasini o’ylanasizlar, nahotki shuni kimdir rasman xabar bermasdan turib, tushunish qiyin?

Yo’q, tushunaman, sizlar juda-juda o’qishga borgingiz kelgani uchun, dam olishni xohlamasligingiz uchun shunaqa so’rayapsizlar. Shu sabab o’qituvchilar kelmasa ham, dushanba kuni bemalol o’qishga borishlaringiz mumkin. Ruxsat😉


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aytishlaricha, 4 kun dam olgan xodimlar va talabalarda taxminan mana bunaqa dangasalik kasali qo’zg’ab qolish xavfi bor emish😉


🔘@xushnudbekuz
Toshkentdan chiqib ketishda juda dahshatli tirbandlik.

Toshkent 4 kun erkin nafas oladigan bo’ldi. Xuddi “ujas” filmlaridagidek ko’chalar huvillab qolsa kerak-a? :)