Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
62.8K subscribers
884 photos
567 videos
4 files
540 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Download Telegram
Biz hali sinmadik, biz hali o’lmadik, voy mani, akaxonlariiiiiiim


🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Biz hali sinmadik, biz hali o’lmadik, voy mani, akaxonlariiiiiiim 🔘 @xushnudbekuz
Sariq kartochkalar sabab keyingi turda “Arsenal” bilan o’yinda 2 ta muhim o’yinchimiz tushmas ekan.

Shunchaki, oldindan aytib qo’ydim-da, har ehtimolga qarshi😂


🔘 @xushnudbekuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Zakovatda (umuman barcha intellektual o‘yinlarda) nima bor, vaqtingni boshqa narsaga sarflasang bo‘lmaydimi?" degan gaplarga javob shu videoda.

To‘g‘ri javob topilsa, quvonchdan hayqirganda oladigan adrenalin uchun yuramiz aslida. Shu hayqiriq ortidan hamma muammolar, tashvishlar, dardu g‘amlarni unutasiz, g‘uborlaringiz ketadi. Charchoqlaringiz tarqaydi.

Hayot va turmush tashvishlaridan chalg‘itadigan qandaydir xobbi bo‘lishi kerak odamda. Agar bu intellektual o‘yinlar bo‘lsa, unda ikki karra foydali. Ham chalg‘iysiz, ham yangi bilimlar olasiz.


🔘 @xushnudbekuz
2024-yilda men eng ko’p eshitgan qo’shiq ekan.


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Embappening davri keldi degan Axror ekspert
Mbappeni toshbaqa degan Bilol ekspert


🔘 @xushnudbekuz
Xudo xohlasa, yakshanba kuni “Lolazor”ni ko’ringlar.


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yo’l harakati xavfsizligiga mas’ul insonlarga savol: qonunlarga tupurib qo’ygan mana shu haydovchiga qanaqa jazo qo’llay olasizlar? Nari borsa 50% chegirmasi bilan arzimagan jarima va uzog’i uzr so’rattirish, shundaymi?

Haydovchilik huquqidan mahrum qilish, katta jarima ochkolari berish, qimmat sug’urta hisoblash degan tizimlar afsuski bizda yo’q. Qachon bo’lishi ham noma’lum. Agar bironta avtoterrorist AQSh yoki Yevropada shu ishni qilganda edi, burnini yerga ishqashardi, tug’ilganiga pushaymon bo’lardi.

Deputatlar hamda YHXga mas’ullarga oxirgi savolim: qonunbuzarligini ijtimoiy tarmoqlar orqali ko’z-ko’z qiladigan befarosat huquqbuzarlarga qarshi jiddiy va og’irlashtiruvchi jazo belgilashni qachon o’ylab ko’rasizlar? Qoida buzish boshqa, buni hammaga ko’rsatib, maqtanish umuman boshqa. Nega bunaqalarning boshini silashimiz kerak?

Nahotki millionlab insonlarga qonunga hurmatsizlik ruhini targ’ib qilayotganlarning tanobini tortib qo’yishga davlatning kuchi yetmaydimi? Tashabbus bildirishdan muncha qo’rqmasangiz, baraka topgurlar?


🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Yo’l harakati xavfsizligiga mas’ul insonlarga savol: qonunlarga tupurib qo’ygan mana shu haydovchiga qanaqa jazo qo’llay olasizlar? Nari borsa 50% chegirmasi bilan arzimagan jarima va uzog’i uzr so’rattirish, shundaymi? Haydovchilik huquqidan mahrum qilish…
Yuqoridagi video bo’yicha qiiiiiisqa izohim.

Ma’lumot uchun: bu yo’l yuqori kuchlanishli elektr simlari o’tkazish maqsadida ma’lum vaqtga yopilgan. “Men oqlamoqchi emasman-u, lekin” deb boshlangan gaplarning barchasi qoidabuzarlikni oqlash uchun aytilgan bo’ladi.


🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Voice message
Yana bir gap aytsam, ayrimlarning miyasi qisib, yuruk xuruji tutsa kerak:

o’zi aslida Toshkent shahridagi, va umuman barcha shaharlardagi hamma keng yo’llarni toraytirib, piyodalar uchun, velosipedlar uchun ko’proq joy ochishimiz kerak. Bizda yo’llar keragidan ortiq keng va yo’l qatorlari ham keragidan ortiq ko’p. Odamlar yurishi uchun hech qanaqa sharoit yo’q. Haydovchilarni keng yo’llar bilan erkalatganimiz uchun ham mana shunaqa sabrsiz va ozgina kutadigan joyda odamlar ustiga mashina haydashga ham tayyor bo’lib yovvoyiga aylangan ko’pchiligi.

Shaharlar piyodalar uchun bo’lishi kerak. Mashinalar uchun bitta qatorli yo’llar qolsa yetadi.


🔘 @xushnudbekuz
Konstitutsiya bayramimizning 32 yilligi munosabati bilan Manchester Yunayted jamoasi O‘zbekistondagi barcha muxlislari uchun sovg‘a tayyorlabdi. Faqat bu yer yutgurlar, bizda haliyam arab alifbosi amalda deb o‘ylashibdi.


🔘 @xushnudbekuz
Rostakam birinchi qor bilan! Qish xayrli va talafotlarsiz o’tsin, ilohim.


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uch haftalik tanaffusdan so‘ng “Lolazor” podkasti yana qaytdi.

Podkastimizning bugungi sonida darsliklar ijarasining bepul yoki pullik bo‘lishi masalasi, byudjetni tasdiqlash jarayoni, agar Parlament byudjetni tasdiqlamaganda nimalar bo‘lishi, valyuta bozori, gaz muammosi, paxta mavsumi, "parkovka"lar bo‘yicha qaror va yana boshqa mavzularda suhbatlashdik.

📹 https://youtu.be/0iB2yVZCRlQ

Dam olish kunida, ayniqsa sovuqda issiq ko‘rpaga o‘ranib olib, tomosha qilish tavsiya etiladi.

🔘 @xushnudbekuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 41 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Anor. Albatta, uchrashamiz

Izoh
: Ozarbayjonlik hikoya qahramoni yurti uchun oʻzga shaharlarda kichik boʻlsa-da yordam izlab yurgan kezlarida "yolgʻonchi amaldorlar"ning vaʼdalaridan figʻoni falak boʻladi. Ushbu hikoyada siz bosh qahramonning "yolgʻonchilar" tomonidan baʼzida kulgu ostida yoʻgʻrilgan, ammo achinarli sarguzashtidan boxabar boʻlasiz...

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/anor-albatta-uchrashamiz

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/kn5ytIO4E-w

🎙Bugungi hikoya audiosini Sug‘diyona Erdonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
Forwarded from Media
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun ko’p talabalar uyida, ota-onasi va yaqinlarining yonida bo’lsa kerak-a? Mana shu rolikni ko’rib qo’yinglar, ta’sirli chiqibdi.

Yaqinda bir oliygohdagi uchrashuvda talabalarga rahmat aytgandim, bir talaba “bizga emas, tun-u kun ishlab, kontraktimizni to’layotgan ota-onamizga rahmat ayting” deb qoldi. Qiziq gap. Hayotimiz shuning ustiga qurilgandek go’yo. Bizdan oldingi ajdodlarimizdan (bobo-buvi, ota-ona) qarz olib, bizdan keyingi avlodlarimizga (farzand, nabira va hk) qarz beramiz. Bu shunday qarzki, uni qaytarish talab qilinmaydi. Doim beminnat beriladi. Ammo mabodo kimdir qarzini qaytarsa, doim cheksiz xursandchilik bilan qarshi olinadi.

Jaydari tilda aytganda, ota-onamiz biz uchun qilgan yaxshiliklarni beminnat qiladi. Mabodo biz keksayganlarida ularga shu yaxshiliklarini qaytarsak, bu dunyoda ulardan baxtli insonlar bo’lmaydi.

Niyatim: barchamizga qarzimizni qaytarish nasib qilsin.


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi ijtimoiy reklama chiqibdi:

Iching va mast holda rulga o’tiring. Bizda [siz uchun] hammasi tayyor.


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolaligini eslaganlar bormi? 😃

Dam olish kunlari Chiroqchiga kelgandik. Qarindoshlarnikida to‘y bor ekan. Mazza qilib osh yeyayotgan beg‘ubor bolalarni ko‘rib, o‘zimning bolaligim ham esimga tushib ketdi.

Faqat biz stoldamas, o‘choq boshida yerda o‘tirib osh yerdik😂 Hozirgilar Coca-cola ichyapti, biz shishali limonad ichsak, tilla topgan tentakday 1 oy xursand bo‘lib yurardik 😃


🔘 @xushnudbekuz
Ushbu surat 17-noyabr kuni tongda Toshkent xalqaro aeroportida olingan. Bizning reys ertalab soat 6 da uchardi. Samolyotga chiqishdan oldin bo‘ladigan tekshiruvlarda aeroportdagi Parvozlar xavfsizligi xizmati xodimi e’tiborimni tortdi.

U yosh bolasi bor onaga yordam berish maqsadida, toki onasi tekshiruv jarayonlaridan to‘liq o‘tib olgunga qadar, uxlayotgan chaqaloqni ko‘tarib turdi. Mehr bilan, avaylab.

Albatta, bu juda kichik epizod. Lekin yoqimli. Shunaqa kichik epizodlar yig‘ilib, tizimning umumiy imiji shakllanadi. Xalqqa yaqinlashgan va umuman olganda, odamiylikni unutmagan tizimlar xalqning mehrini ham qozonaveradi.


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
18 yoshli jahon chempioni Gukesh Dommaraju 18-jahon chempioni! Shaxmat tarixidagi eng yosh chempion.

Qoyil!

18 yoshda men nima qilib yuruvdim degan savolni beryapman o'zimga o'zim. 18 yoshni qo'ying, hozir nima qilib yuribman o'zi :)

🔘 @xushnudbekuz