Guruhimizdagi vaziyat
Biz 2-o’rinda qoldik. Raqiblarimiz 3 ochko yaqinlashdi, Eron 3 ochko uzoqlashdi.
1. 🇮🇷Eron — 13 ochko
2. 🇺🇿O’zbekiston — 10 ochko
3. 🇦🇪BAA — 7 ochko
4. 🇶🇦Qatar — 7 ochko
5. 🇰🇬Qirg’iziston — 3 ochko
6. 🇰🇵KXDR — 2 ochko
6-tur. Ikkinchi davra boshlanadi.
Birinchi davra tugadi, hamma bir-biri bilan o’ynab chiqdi.
Keyingi turda biz 19-noyabr kuni 🇰🇵KXDR bilan kuch sinashamiz. Uchrashuv neytral maydon sifatida Laosda bo’lib o’tadi.
BAA Qatarni qabul qiladi, Qirg’iziston esa Eronni.
Bugungi o’yin uchun yigitlarimizga katta rahmat! O’yin boshidanoq kutilmagan jarohatlar bizni mushkul vaziyatga solib qo’ydi, ayniqsa ruhiyatimizga ta’sir o’tkazdi. Shunday bo’lsa-da, 2-0 vaziyatidan chiqi ketib, hisobni tenglashtira olishdi. Balki 2 ta goldan keyin yana hujumni va bosimni davom ettirib, tempni saqlash kerakmidi, kim bilsin. O’yindan keyin gapirishga oson bu. Chunki biz yana gol urishimiz dargumon edi. Qatarning goli esa kutilmaganda oxirgi soniyalarda urildi, buni baribir tempga aloqasi yo’q, chunki biz 112-daqiqada ham hujum qilayotgan bo’lmasdik baribir.
Xullas, bitta mag’lubiyatdan katta fojia yasamaslik kerak. Asosiysi keyingi o’yinda g’alaba qozonib, keyingi yil bahorgacha mustahkam o’rinda qolishimiz kerak. Hozir biz uchun eng muhimi shu.
🔘 @xushnudbekuz

Himoyaga “yotganimiz” uchun jazolandikmi?
Mag’lubiyatdan keyin istagancha tanqid qilsangiz yarashib ketaveradi. Kimdir inkor qilsa, “yutqazdik-ku” deb turaverasiz. Lekin tanqid eng avvalo xolis, bundan tashqari asosli bo’lishi kerak.
Bugungi mag’lubiyatimizga sabablar ko’p, Katanetsga savollar ko’p.
Lekin shaxsan men “himoyaga yotganimiz uchun yutqazdik” degan gapga qo’shilmayman.
Birinchidan, oddiy xronologik ketma-ketlikka qaraylik:
80’ — Abbosbek 2-golni urdi;
87’ — Qatar himoyachi va yarim himoyachi o’rniga naq 2 nafar hujumchi tushirdi, vabankka bordi;
90+1’ — Turg’unboyev o’rniga himoyachi Ashurmatov tushdi.
Ko’rib turganingizdek, Katanets gol urishimiz bilan himoyaga yotib olgani yo’q. U normal murabbiy qilishi kerak bo’lgan ishni qildi. Raqib birdaniga 2 ta hujumchi tushirgach, qo’shib berilgan daqiqalar uchun himoyachi qo’ydi. Murabbiylar bunaqa ishni doim qilishadi.
Agar mabodo, o’yinchi almashtirilmaganda va Qatar baribir gol urganda edi, baribir murabbiy tanqid ostida qolardi. “Raqib 2 ta hujumchi tushirganini ko’ra bila turib, biror chora qilmadi” deyishardi.
Ikkinchidan, agar o’yinni ko’rgan bo’lsangiz, ayting-chi, terma jamoamiz ikkinchi goldan keyin darrov himoyaga yotib oldimi? Hecham-da! Yana hujumlar qilishda davom etaverdi. Faqat bu safar endi Qatar ham uyg’ongandi, ular durangga rozi emasdi, shu sababli oldingidek osongina hujum qilolmay qoldik, to’p Qatarda edi. 2:0 yoki 2:1 yutayotgan Qatar bilan, o’z uyida 2:2 o’ynayotgan Qatarning farqi katta. Futbol bir tomonlama sport emas, raqibga ham ko’p narsa bog’liq.
Uchinchidan, Qatarning oxirgi soniyalardagi goli pozitsion hujum sababli emas, balki standart vaziyatdan urildi. Agar eslasangiz, o’sha standartga asos bo’lgan vaziyatda biz hujum qilib qaytayotgan edik. Agar himoyaga yotib olgan bo’lsak, oxirgi soniyalarda hujumda nima qilib yurgandik?
Bunaqa gol 3 ta himoyachi bilan o’ynasak ham, 10 ta himoyachi bilan o’ynasak ham, urilishi mumkin. Xuddiki, shu vaziyatda himoyachilarimiz soni golga ta’sir qilganday gapirmaslik kerak.
Yana qaytaraman, bugungi mag’lubiyatga sabablar ko’p, murabbiyga savollar ko’p. Ammo yigitlarimizni goldan keyin himoyaga yotib olganlikda ayblash, kamida insofdan emas.

Erinmasdan hisoblab chiqdim: 90-daqiqadan keyin toki Qatar gol urgungacha bo’lgan 12 daqiqa ichida salkam 4 daqiqaga yaqin o’yin bo’libdi xolos. Hakam aslida 6 daqiqa qo’shgandi.
Qizil kartochkani VAR uzoq tekshirgani, Husniddin Aliqulov hamda Qatarning ikki futbolchisiga tibbiy yordam ko’rsatilgani evaziga vaqt rosa cho’zilgan.
Demak, hakamga ko’p ham e’tiroz qilmaslik kerak. U to’g’ri qaror qildi.
Menimcha, qizil kartochka ham yo’q edi. Abbosbek yaqqol yolg’iz emasdi.

Bugun fizika fanidan bo‘lib o‘tgan attestatsiya savollari yuzasidan vazirlik mas’ullari hamda bir guruh o‘qituvchilar bilan uchrashdik.
Haqiqat bahsda tug‘iladi, deganlaridek, biz ham 4 soatga yaqin qizg‘in muhokama qildik. Urushdik, talashdik, yarashdik, ayrim joylarida yakdil xulosaga kelishdik, ayrim masalalarda umuman kelisha olmadik — xullas, hammasidan bo‘ldi. Muhokama videosini 2-3 kun ichida e’lon qilishga harakat qilamiz.
Bugungi uchrashuvga vaqt va mablag‘ sarflab uzoq-yaqindan kelgan barcha o‘qituvchilarga o‘z minnatdorligimni bildiraman hamda shunday insonlar bilan tanishganimdan juda xursandman. Ular fizika fanining haqiqiy fidoyilari ekan. Shunaqa ustozlar bor ekan, Xudo xohlasa, farzandlarimiz ishonchli qo‘llarda.
O‘z navbatida jamoatchilik fikrini inobatga olib, taklifimizga yo‘q demagan va savollar muhokamasi uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan vazirlik rahbariyatiga ham tashakkur aytaman.
Umumiy xulosam shu bo‘ldiki, asosiy muammo baribir o‘zaro muloqot va kommunikatsiya yo‘qligidan chiqmoqda. Bir tomon yetarlicha ma’lumot bera olmayapti, boshqa tomonda tushunmovchilik ko‘paymoqda. Bu bo‘yicha hali qilinadigan ishlar ko‘p.
Masalan, vazirlik mas’ullari hozirgacha fizika fanidan attestatsiyada 71% o‘qituvchi 70 balldan baland natija qayd etganini aytdi. Bu ilgari e’lon qilinmagan raqam edi, ko‘pchilik hayron qoldi va hatto ishonmadi. Shu kabi muhim ma’lumotlar o‘z vaqtida aytilsa, yaxshi bo‘lardi.
Yurtimizda fizika fanining shuncha jonkuyarlari bor ekan, ularning boshini bir yerga qovushtirish va doimiy faol muloqot olib boradigan hamjamiyatga aylantirish lozim. Vazirlik bu bo‘yicha kerakli amaliy ishlarni olib borsa, faqat va faqat foyda bo‘lar edi. Asosiysi borliqni o‘rgatuvchi eng qiziq va muhim fan bo‘lgan fizikaga qiziqish o‘quvchi yoshlar orasida ham ortardi.

Talabalar kuni bilan, hurmatli talabalar.
Yaxshi o’qing, o’z kelajagingiz uchun poydevorni bugun quring.
O’z kasbining eng zo’r mutaxassisi bo’ling.
🔘 @xushnudbekuz
Yaxshi o’qing, o’z kelajagingiz uchun poydevorni bugun quring.
O’z kasbining eng zo’r mutaxassisi bo’ling.
🔘 @xushnudbekuz
Toshkentdan Nyu-Yorkgacha 13 soatlik parvozdan keyin, endi Nyu-Yorkdan San-Fransiskogacha yana 7 soat uchish kerak 🤦🏻♂️
Tovba, bitta davlatning ichida 7 soat uchsang-a?
Lizyukova ko’chasidagi mushuk tili bilan aytganda, umrimning eng gullagan davrini samolyotda o’tkazaman shekilli…
“Amerikadaman” degan 1 ta so’zning o’rniga, shuncha uzun matn yozish shartmidi?
🔘 @xushnudbekuz
Tovba, bitta davlatning ichida 7 soat uchsang-a?
Lizyukova ko’chasidagi mushuk tili bilan aytganda, umrimning eng gullagan davrini samolyotda o’tkazaman shekilli…
🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Toshkentdan Nyu-Yorkgacha 13 soatlik parvozdan keyin, endi Nyu-Yorkdan San-Fransiskogacha yana 7 soat uchish kerak 🤦🏻♂️ Tovba, bitta davlatning ichida 7 soat uchsang-a? Lizyukova ko’chasidagi mushuk tili bilan aytganda, umrimning eng gullagan davrini samolyotda…
Izohsiz surat 😂
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Yutamizmi, Xudo xohlasa? 🔘 @xushnudbekuz
Birinchi taymda kamida 2 ta gol urib olish kerak edi. Chunki borgan sari maydon sifati yomonlashib boryapti, bu koreyslar foydasiga ishlaydi xolos.
Himoyaga bunchalar yotib olmaslik keragey. Koreyslar Eronga 2 ta urgan jamoa-ku.
To’pni atigi 3 daqiqa ham o’zimizda ushlay olmayapmiz. Nima balo bu, vey? Qanaqa jamoa bu?