Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
63K subscribers
883 photos
562 videos
4 files
538 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Download Telegram
Loyiha: 1-yanvardan Toshkent shahridagi jamoat transportida 💵naqd pulda to’lov qilinsa, 3 ming so’m bo’lishi mumkin

❗️💳
Elektron to’lovda esa narx oshmaydi — 1 ming 700 so’mligicha qoladi.

Bu xabar faqat naqd pulda yuradiganlar uchun xavotirli xolos. Elektron to’lov qiladiganlar uchun hech narsa o’zgarmaydi.

Batafsil bu yerda tushuntirdim.


🔘 @xushnudbekuz
Bir loyihani sinovdan o’tkazyapmiz.

Asosiy kanalimdagi xabarlarni 3 ta tilda tarjimasini berishni boshladik.

🔸 Qoraqalpoq tilida:
@xushnudbek_qr

🔸 Ingliz tilida:
@xushnudbek_en

🔸 Rus tilida:
@xushnudbek_rus

Tarjima inson omilisiz, avtomatik ravishda bo’lmoqda. Bunda Tahrirchi platformasi yordam bermoqda.

Kirib ko’ringchi, fikrlar va takliflar bo’lsa, aytarsizlar.


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Men qo’ygan budilniklar va men” deb nomlangan video.

O’zingizni tanidingizmi, uyquchilar? 😂


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoning TOP-100 universitetlari safiga kiruvchi Moskva davlat universiteti yotoqxonasi ekan.

Sizlarda yotoqxonadagi sharoit qanaqa?


🔘 @xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Jon Morrison. Tungi odam

Izoh
: Bolalik bizga nafaqat umrimizning eng goʻzal xotiralarini taqdim etadi, balki bu hayotimizdagi eng oddiy haqiqatlarni anglash fursati hamdir. Hikoya qahramoni ham bola koʻngli, shuuri bilan topganlarini oʻquvchi bilan boʻlishadi.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/jon-morrison-tungi-odam

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/t0XkGxN6px0

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoning TOP universitetlaridan birontasiga kirishni orzu qilganman. Lekin bu nasib qilmadi (haliyam kechmasu, ammo endi vaqt va xohish yo’q). Endigi missiyam — farzandlarimni shunday oliygohlarda o’qitish, Xudo xohlasa.

Hurmatli yoshlar, sizlarda hali imkon bor. Vaqt bor. Faqat xohish va intilish bo’lsa kifoya. Eng TOP universitetlarga kirish baxtini qo’ldan chiqarmang. O’qing, izlaning, kelajakda zo’r mutaxassis bo’ling. Alal-oqibat yaxshi yashang, farovon hayot kechiring va albatta farzandlaringizni ham shunaqa zo’r joylarda o’qiting.


🔘 @xushnudbekuz
AQShga borganimda Stenford universitetini ham aylanib keldim. Qoyil qolish keragey, bu universitetmas, kichik mamlakat ekan.

O’qisang, shunaqa joyda o’qisang-da.


🔘 @xushnudbekuz
9-dekabr, dushanba dam olish kuni bo’ladimi?

Qisqa javob: ha, dam olish kuni.

📋 Batafsil javob: Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari dam olish kuniga to’g’ri kelib qolsa, unda dam olish kuni keyingi ish kuniga ko’chiriladi. Jaydari tilda aytganda, bayramlar yakshanba to’g’ri kelib qolsa, dushanba kuni ham dam olish kuni bo’ladi.

Joriy yilda 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami yakshanba kuniga to’g’ri keladi. Shu sababli dushanba, 9-dekabr kuni ham dam olish kuni, deb e’lon qilingan. Bu 2023-yil 23-dekabrdagi Prezident farmonida ham belgilangan.

Demak, besh kunliklar uchun 7, 8 va 9-dekabr kunlari (3 kun), olti kunliklar uchun esa 8 va 9-dekabr kunlari (2 kun) dam olish kuni bo’ladi.


🔘 @xushnudbekuz
Biz hali sinmadik, biz hali o’lmadik, voy mani, akaxonlariiiiiiim


🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Biz hali sinmadik, biz hali o’lmadik, voy mani, akaxonlariiiiiiim 🔘 @xushnudbekuz
Sariq kartochkalar sabab keyingi turda “Arsenal” bilan o’yinda 2 ta muhim o’yinchimiz tushmas ekan.

Shunchaki, oldindan aytib qo’ydim-da, har ehtimolga qarshi😂


🔘 @xushnudbekuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Zakovatda (umuman barcha intellektual o‘yinlarda) nima bor, vaqtingni boshqa narsaga sarflasang bo‘lmaydimi?" degan gaplarga javob shu videoda.

To‘g‘ri javob topilsa, quvonchdan hayqirganda oladigan adrenalin uchun yuramiz aslida. Shu hayqiriq ortidan hamma muammolar, tashvishlar, dardu g‘amlarni unutasiz, g‘uborlaringiz ketadi. Charchoqlaringiz tarqaydi.

Hayot va turmush tashvishlaridan chalg‘itadigan qandaydir xobbi bo‘lishi kerak odamda. Agar bu intellektual o‘yinlar bo‘lsa, unda ikki karra foydali. Ham chalg‘iysiz, ham yangi bilimlar olasiz.


🔘 @xushnudbekuz
2024-yilda men eng ko’p eshitgan qo’shiq ekan.


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Embappening davri keldi degan Axror ekspert
Mbappeni toshbaqa degan Bilol ekspert


🔘 @xushnudbekuz
Xudo xohlasa, yakshanba kuni “Lolazor”ni ko’ringlar.


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yo’l harakati xavfsizligiga mas’ul insonlarga savol: qonunlarga tupurib qo’ygan mana shu haydovchiga qanaqa jazo qo’llay olasizlar? Nari borsa 50% chegirmasi bilan arzimagan jarima va uzog’i uzr so’rattirish, shundaymi?

Haydovchilik huquqidan mahrum qilish, katta jarima ochkolari berish, qimmat sug’urta hisoblash degan tizimlar afsuski bizda yo’q. Qachon bo’lishi ham noma’lum. Agar bironta avtoterrorist AQSh yoki Yevropada shu ishni qilganda edi, burnini yerga ishqashardi, tug’ilganiga pushaymon bo’lardi.

Deputatlar hamda YHXga mas’ullarga oxirgi savolim: qonunbuzarligini ijtimoiy tarmoqlar orqali ko’z-ko’z qiladigan befarosat huquqbuzarlarga qarshi jiddiy va og’irlashtiruvchi jazo belgilashni qachon o’ylab ko’rasizlar? Qoida buzish boshqa, buni hammaga ko’rsatib, maqtanish umuman boshqa. Nega bunaqalarning boshini silashimiz kerak?

Nahotki millionlab insonlarga qonunga hurmatsizlik ruhini targ’ib qilayotganlarning tanobini tortib qo’yishga davlatning kuchi yetmaydimi? Tashabbus bildirishdan muncha qo’rqmasangiz, baraka topgurlar?


🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Yo’l harakati xavfsizligiga mas’ul insonlarga savol: qonunlarga tupurib qo’ygan mana shu haydovchiga qanaqa jazo qo’llay olasizlar? Nari borsa 50% chegirmasi bilan arzimagan jarima va uzog’i uzr so’rattirish, shundaymi? Haydovchilik huquqidan mahrum qilish…
Yuqoridagi video bo’yicha qiiiiiisqa izohim.

Ma’lumot uchun: bu yo’l yuqori kuchlanishli elektr simlari o’tkazish maqsadida ma’lum vaqtga yopilgan. “Men oqlamoqchi emasman-u, lekin” deb boshlangan gaplarning barchasi qoidabuzarlikni oqlash uchun aytilgan bo’ladi.


🔘 @xushnudbekuz