Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
63.2K subscribers
872 photos
550 videos
4 files
533 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Asila Mirzayorova o‘tgan galgi Tokio-2020 Paralimpiadasida kumush medal olgandi va O‘zbekiston tarixida ko‘zi ojiz sportchilar orasida ilk medalni qo‘lga kiritgan sportchi sifatida tarixga kirgan edi. O‘shanda Asilaning ota-onasi uning murabbiyi Sardor Abduxoliqovga juda ko‘p minnatdorlik bildirgandi. Ha, bu safar murabbiyi Asilani yanada yuksakroq marra tomon olib chiqa oldi. Qoyil va rahmat sizga, Sardor aka!

Buni bilarmidingiz?

Yana bir ma’lumotni aytay. Balki kimdir eslasa kerak, o‘tgan safar Asila Mirzayorova kumush medal olganda, uning tarixini eshitib ta’sirlandim, deb yozgan edim.

Gap shundaki, Asilaning matonati biz sog‘lom insonlar uchun ham o‘rnak. Uning 15 yoshgacha ko‘zida hech qanaqa nuqsoni bo‘lmagan. Siz-u biz kabi dunyoni yorqin ranglarda ko‘rgan. Ammo 15 yoshida futbol o‘ynayotgan bolalardan birining kuchli zarba bilan tepgan koptogi kutilmaganda Asilaning boshiga tegadi va u boshidan jarohat olib, ko‘z nurini yo‘qotadi. Tasavvur qilyapsizmi, ko‘zi ko‘rib turgan yoshgina qizaloq birdan bunday ne’matdan mahrum bo‘lib qolsa, qanday dahshat bu. Ba’zan qo‘limizga bitta zirapcha kirsa, qancha dod-voy qilamiz, masalan.

Ammo yosh bo‘lishiga qaramay, ushbu o‘ta og‘ir sinovdan muvaffaqiyatli o‘ta olgan, deyishimiz mumkin. Shunchaki taqdirdan nolib, uyida yotmagan. Aksincha, matonatini ishga solib, qayta oyoqqa turgan, sportga qatnagan va mana bugun u Paralimpiya rekordchisi sifatida ham oltin, ham kumush medal egasi bo‘lib shohsupada turibdi!

Bu gaplarni yozyapman-u, etlarim jimirlab, yana nimalardir tomog‘imga tiqilmoqda.

Eh, qani edi, Asiladek qahramon qizimizning matonati ko‘pchiligimizda bo‘lganda edi... Afsus, bizda bunaqa jasorat yo‘q, ming afsus.

Barakalla, Asila! Ota-onang va ustozlaringga ming rahmat!


🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Asila Mirzayorova o‘tgan galgi Tokio-2020 Paralimpiadasida kumush medal olgandi va O‘zbekiston tarixida ko‘zi ojiz sportchilar orasida ilk medalni qo‘lga kiritgan sportchi sifatida tarixga kirgan edi. O‘shanda Asilaning ota-onasi uning murabbiyi Sardor Abduxoliqovga…
Ma’lumot uchun:

Paralimpiya o’yinlarida g’olib va sovrindor bo’lgan sportchilar ham xuddi yozgi Olimpiada sovrindorlari kabi bir xil taqdirlanadi.

Ularga ham 🥇oltin medal uchun 200 ming AQSh dollari, 🥈kumush medal uchun 100 ming AQSh dollari va 🥉bronza medali uchun 50 ming AQSh dollari miqdorida bir martalik mukofot beriladi.

Shuningdek, yozgi Olimpiada sovrindorlariga berilgani bilan bir xil 🚙 mashina va 🏘 uylar berish ham rejalashtirilgan.


🔘 @xushnudbekuz
Yadro uloqtirish bahslarida 🥇Qudratilloxon Ma’rufxo’jayev oltin medal, 🥉Tolibboy Yo’ldoshev bronza medalini qo’lga kiritdi.

O’zbekiston delegatsiyasi hisobida 🥇2 ta oltin, 🥈2 ta kumush va 🥉2 ta bronza, jami 6 ta medal bor.

Umumjamoa hisobida hozircha 8-o’rindamiz.


🔘 @xushnudbekuz
“Tashabbusli byudjet”da ovoz berish tugadi.

Bayramlar boshlandimi?


🔘 @xushnudbekuz
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️“Tashabbusli byudjet” gʻoliblari roʻyxati rasman e’lon qilindi

2024-yildagi 2-mavsumda jami 9 mln 81 mingta ovoz berildi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, 2 trln 139 mlrd soʻmlik 1 ming 772 ta loyiha gʻolib deb topildi!


👉 @xushnudbek 👈
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, super-kontrakt uchun shartnoma berish ertadan boshlanar ekan.

Aytishlaricha, yo‘nalish tanlash bo‘yicha o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolinar ekan, faqat moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda narx belgilash borasida ayrim kichik o‘zgarishlar kiritilishi mumkin ekan.

Rasmiy xabar berilsa, qo‘shimcha ma’lum qilamiz.


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Onasi nima deganini hammamiz tushundik-ku, to’g’rimi? Chunki har birimiz buni boshimizdan o’tkazganmiz yoki hozir ham o’tkazib kelyapmiz😂

Onalarimiz baxtimizga salomat bo’lishsin, ilohim. Olamdan o’tganlarini esa Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin.


🔘 @xushnudbekuz
Giveaway g’oliblari nomi ma’lum bo’ldi. Barcha g’oliblarni chin qalbdan tabriklayman!

Endi birma-bir so’rab chiqamiz, qani, kimning kontraktiga pul o’tkazamiz, va o’zi umuman oilasida kontraktda o’qiydigan talabalar bormikin, shularni aniqlashtiramiz.


🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
G'oliblardan biri kontraktda o'qiydigan talaba ekan. Bu juda yaxshi. Qolganlarining ham javobini kutamiz. 🔘 @xushnudbekuz
G’oliblarimizdan yana biri ham kontraktda o’qiydigan talaba ekan. Yaxshi.

Ikki kishining kontraktiga 3,3 mln so’mdan o’tkazib bo’ldik. Mustaqilligimizning 33 yilligini eslab yuradilar ancha payt.


🔘 @xushnudbekuz
Yana bir kishi talaba ekan. 3,3 mln so’m o’tkazib berdik.

Bitta g’olibimiz esa na o’zi talaba ekan, na yaqin qarindoshlari orasida talaba bor ekan. Qoidaga ko’ra, biz ushbu summani boshqa ehtiyojmand talabaning kontraktiga o’tkazib beramiz.

Qolgan 6 kishi hali javob bermadi (o’qimadi).


🔘 @xushnudbekuz
Yana 2 nafar g'olib ham kontraktda o'qiydigan talaba ekan. Ajoyib!

Ikkalasiga ham va'da qilingan summa o'tkazib berildi.

Javob bermagan 4 kishi qoldi...


🔘 @xushnudbekuz
G'oliblardan yana bir kishi kontraktda o'qiydigan talaba bo'lib chiqdi. Shunchaki ajoyib! Kerakli summa o'tkazildi.

3 kishi qoldi...


🔘 @xushnudbekuz
Yana bir g’olibimiz singlisining kontrakti uchun o’tkazishimizni so’radi. Shunaqa mehribon opalar ko’payaversin.


🔘 @xushnudbekuz