Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
63.3K subscribers
873 photos
550 videos
4 files
534 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ehsonning mukofoti faqatgina ehsondir”

Bolalar qaytim uchun mayda puli yo’qligi sababli 1 dollarlik limonadni tekinga bergandi, evaziga 100 dollar oldi. Yaxshiligi qisqa fursatda 100 baravar bo’lib qaytdi (#)


🔘@xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Sizningcha, quyidagi ta’lim dargohlaridan qaysi birida boshqalariga nisbatan yaxshiroq, sifatliroq ta’lim beriladi? Zamonaviylikka intilish va ta’lim oluvchi yoshlarning xohishlarini qondirishga harakat bor?
Salkam 60 ming kishi ovoz bergan so’rovda nima uchun o’quv markazlari eng ko’p ovoz (50%) oldi, bilasizlarmi? Chunki bizda O’quv markazlari vazirligi yo’q. Xayriyatki, Xudoga shukurki yo’q.

Bironta vazirlik yoki davlat idorasi o’quv markazlarida nima o’qitilishini, qanday o’qitilishini, kim o’qitishini, nazorat qilmaydi.

Bironta vazirlik o’quv markazlariga qaysi darslikdan va qaysi dastur asosida o’qitishni yuqoridan belgilab bermaydi.

Mana shuning uchun ham o’quv markazlarida erkinlik bor va ular erkin raqobat bozorida bir-biridan o’tish uchun o’z ustida tinimsiz izlanishga majbur. Sifatli ta’lim berish yo’llarini qidiradi. Yangidan yangi usullar va metodikalar bilan ishlaydi. Har bir o’quvchiga individual yondoshishga harakat qiladi. Mijoz doim haq, prinsipiga rioya qiladi.

Agar Xudo ko’rsatmasin, ertaga o’quv markazlarini ham qaysidir vazirlik nazorat qilishni boshlasa, biz tasdiqlab bergan o’quv dasturlari asosida, biz belgilab bergan darsliklar bilan o’qitasan deb shart qo’ysa, bilingki, o’sha kundan boshlab o’quv markazlari ham "o’ladi", tamom bo’ladi. Ilohim, shunaqa bo’lmasin.


🔘@xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Salkam 60 ming kishi ovoz bergan so’rovda nima uchun o’quv markazlari eng ko’p ovoz (50%) oldi, bilasizlarmi? Chunki bizda O’quv markazlari vazirligi yo’q. Xayriyatki, Xudoga shukurki yo’q. Bironta vazirlik yoki davlat idorasi o’quv markazlarida nima o’qitilishini…
Avvallari o‘quv markazlari ham litsenziya olishi kerak bo‘lardi. Bir necha yil oldin bu talabni bekor qilishdi. Hozir o‘quv markazi ochish uchun hech qayerdan litsenziya olish yoki kimdandir ruxsat so‘rash shart emas. Bugun siz shunchaki "o‘quv markazi ochdim" deb e’lon qilasiz va ishni boshlayverasiz.

Xo‘sh, litsenziya talabi bekor qilingach, o‘quv markazlarida ahvol yomonlashib ketdimi? Hammayoq rasvo bo‘lib ketdimi? O‘quv markazlari odamlarni yoppasiga aldashga o‘tib ketishdimi?

Yo‘q. Aksincha sifat yanada oshdi. Bozorda erkin raqobat kuchaydi. Qaysi o‘quv markazi yaxshi va sifatli ekanini xonasidan chiqmaydigan davlatning amaldori emas, iste’molchilarning o‘zi belgilashni boshladi.

O‘quv markazlari bu faqat test yodlatadigan yoki faqat abituriyent tayyorlaydigan dargoh emas, balki zamonaviy kasblarni o‘qitib, mehnat bozorida yaxshi daromad topadigan mutaxassislarni tayyorlovchi maskanga aylandi. IELST, SAT, ACCA kabi xalqaro dasturlarda o‘qib chiqqanlar, kelgusida daromadli ish topishni boshladi. Dasturlash, 3D grafika, dizayn, animatsiya, SMM, mobilografiya kabi zamonaviy kasblarni o‘rganganlarning bozori chaqqon bo‘lishni boshladi. Ayrim o‘quv markazlarining 90%dan ortiq bitiruvchisi ishga joylashmoqda.

Agar biz o‘zimizning byurokratiyamiz bilan o‘quv markazlarini bo‘g‘ishda davom etganimizda edi, hech qachon bunaqa darajada rivojlanish bo‘lmasdi. Bundan ayrimlar xulosa chiqarishi kerak.

Yana qaytaraman: Xudoga shukrki, xayriyatki bizda O‘quv markazlari vazirligi yo‘q. Hech qachon bo‘lmasin ham.


🔘@xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Internet va real hayotning farqi bor, aldanib qolmang🤣


🔘@xushnudbekuz
Forwarded from Muhrim / Муҳрим
Аввало, автоблогер Айвошга раҳмат айтмоқчиман. Чунки у Ўзбекистонда ҳозир йўл ҳаракати қоидабузарлиги учун жазолар бетаъсир ва бесамар эканлигини кўрсатиб беряпти.

Юқоридаги учта видеонинг иккитаси Европада олинган. Ўрганган кўнгил ўртанса қўймас – у ерда ҳам қоидаларни қўпол бузишган. Масалан, тезлик чеклови 50 км бўлган жойда 123 км тезликда босишган. Яна бир видеоси бор эди – орқа ўриндиқдаги ҳамроҳи хавфсизлик камарини тақмагани учун жарима тўлаган. Ҳа, ҳайдовчи ё унинг ёнидаги эмас, айнан орқадаги йўловчи камарни тақмагани учун жарима тўлаган.

Жарималар майда-чуйда эмас. “15 кунда тўласанг 50 фоиз чегирма”, “60 кунда тўласанг бўлди”, деган гаплар йўқ. Жойида 1000 еврони ечиб олган. Яна жарима тўламаслик учун улар текис йўлларда 40-50 км тезликда юришга, орқа ўриндиқда “чмога ўхшаб” камар тақишга мажбур бўлган. Энг қизиғи, ортиқ қоида бузмасликка ҳаракат қилишган. Европадаги ватандошларни ҳам қоидаларни бузмасликка чақиришган.

Аммо Ўзбекистонга қайтиши билан... “Онасини эмсин штрафларни – саноғи йўқ-ку буни!”, деб ўзбек автоблогерига хос норозилик оҳангида видео чиқарган. Европада айтилган “қоидаларни бузманглар” деган гап Ўзбекистонда йўқ, чунки Ўзбекистонда жарима – сув текин ва улар билан мақтаниш ҳам мумкин. Шунга нафақат у, балки бошқа “миллионер” блогер-вайнерлар ҳам – Бобури бўладими, Мўмини бўладими, ҳаммаси жарималари билан уялмай мақтанади.

Аслида улар бу ҳаракатлари билан давлатга “айтяпти”: биринчидан, жарималарни ошириш керак, ииккинчидан, бир хил 10-20 та қоидабузарлик учун бир хил суммада жарима тўламаслик керак, жарима миқдори ошиб бориши керак, учинчидан, қоидабузар ҳайдовчи кўпроқ харажат қилишга мажбур (масалан, суғурта қиммат) бўлиши керак, тўртинчидан, балл тизими ишга тушиши керак.

Шунда қўли рулга тегиши билан бирдан пойгачига айланадиган ўзбекистонликларнинг бари нафақат Европада, балки Ўзбекистонда ҳам ўпкасини босади. Ҳар ҳолда, автоблогер Айвош ва унинг дўстлари хатти-ҳаракатлари шундай мужда бермоқда.
Bakalavr KVOTA-2024.pdf
4.2 MB
⚡️KVOTA TASDIQLANDI

Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi

Prezidentning 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

🔹 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
🔸 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.


🔘 @xushnudbekuz
Kvotalar bo‘yicha batafsil izoh
#abituriyent

Biroz avval e’lon qilingan kvotalar bo‘yicha ko‘pchilikda savol tug‘ilgani tabiiy. Chunki Prezident farmoyishi bilan tasdiqlangan joriy yilgi kvotalarning avvalgilaridan bir qancha farqi bor:

1️⃣ Birinchidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida e’lon qilindi;

2️⃣ Ikkinchidan, kvotalar faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun yo‘q;

3️⃣ Uchinchidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi, sirtqi, kechki va masofaviy uchun yo‘q.

Joriy yilda yangi tizim bo‘lgani uchun, ayrim tushuntirishlar berib o‘tmoqchiman.

Batafsil kvotalar qachon va kim tomonidan e’lon qilinadi?

Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Odatda bu yana 1 haftacha muddatni talab qiladi. Ya’ni Prezident umumiy kvotani tasdiqlagach, batafsil kvotalarni yana kutishga to‘g‘ri keladi.

Davlat qabul komissiyasi nimalarni tasdiqlaydi?

Davlat qabul komissiyasi 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagilarni tasdiqlashini kutishimiz kerak:

umumiy qabul parametrlarini (oliygohlar, ta’lim shakllari va tillar kesimida);
qo‘shimcha qabul parametrlarini (imtiyozga ega abituriyentlar uchun);
maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;
umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini.

Grant kvotasi yo‘nalishlar kesimida ekan, u qanday taqsimlanadi?

Joriy yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant kvotasi bo‘lmaydi, 50 ta oladi, 100 ta oladi, deyilmaydi. Balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.

Bunda respublikadagi barcha oliygohlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim oliygohlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.

Keling aniq misolda ko‘ramiz.

Joriy yilda yurisprudensiya yo‘nalishi uchun 115 ta grant kvotasi ajratilibdi. Masalan, TDYU, O‘zMU, QDU, SamDU va NamDUda yurisprudensiya yo‘nalishi bor deylik. Mana shu 5 ta oliygohning yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan barcha abituriyentlar ballar ketma-ketligida taxlab chiqiladi va eng yuqori ball olgan 115 nafar abituriyentga grant beriladi. Shunda, misol uchun, TDYUga 50 ta grant, O‘zMUga 25 ta grant, QDUga 20 ta grant va h.k. to‘g‘ri kelishi mumkin.

Ya’ni davlat endi falon universitetga grant beraman, degandan ko‘ra, ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan va yuqori ball olgan aqlli abituriyentlarga grant beraman, deyapti. Bu degani endi qaysidir oliygohga 160 ball bilan kontraktga kirib, boshqa bir oliygohda xuddi shu yo‘nalishga 100 ball bilan grantga kirish degan narsa yo‘qoladi.

Faqat bitta istisno joyi bo‘ladi. Davlat grantining barcha kvotasini bitta oliygoh olib qo‘yishining oldini olish maqsadida cheklov qo‘yiladi. Masalan, 115 ta kvotaning hammasi TDYUga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bunaqa paytda, masalan, 50%lik cheklov qo‘yiladi. Ya’ni TDYU faqat 115 ta kvotaning yarmini, ya’ni 57 ta grant kvotasini olishi mumkin bo‘ladi.

‼️XULOSA: hali kvotalar to‘liq tasdiqlanmadi, hozircha chala. Oliygohlar, to‘lov-kontrakt, ta’lim shakllari va tillar kesimidagi kvotalar tasdiqlanishini yana kutish kerak. Qancha kutishimiz noma’lum, bu Bosh vazir raisligidagi Davlat qabul komissiyasiga bog‘liq.


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, soat 12:00 da “Lolazor”ning navbatdagi sonida siyosatshunos Hamid Sodiq bilan suhbatimizni tomosha qiling.

Davlat va hokimiyat asoslari haqida qiziq ilmiy ma’ruza tinglaganday bo’lasiz, Xudo xohlasa.

📹 YouTube sahifamiz manzili


🔘 @xushnudbekuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#26 HOKIMIYAT SHAYTONIY XUSUSIYATGA EGA — Lolazor podcast

📹 https://youtu.be/bmkSy0C-LtE

Ushbu sonda biz siyosatshunoslik fani haqida, respublika va despotik davlatlarning farqi, hokimiyatning shaytoniy xususiyatga egaligi, saylov huquqi berilmagan erkinlikning xavfi, Amerikadagi saylovlar, siyosiy institutlarning qanchalik muhimligi, mustaqil va xolis sud tizimini yaratish, liberalizm, parlamentarizm, huquqshunoslik fanidan tushgan test savollari bilan bog‘liq muammolar, tarjima qilinayotgan kitoblar va yana ko‘plab mavzularda suhbat qurdik.

Mehmonimiz — siyosatshunos, “Fikrat” tahlilchisi Hamid Sodiq.

📹 https://youtu.be/bmkSy0C-LtE

Dam olish kunida yoqimli mutolaa tilaymiz.


🔘 @xushnudbekuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Temurbeklar maktabi bitiruvchilari uchun alohida qo‘shimcha kvota ajratiladi, ular endi boshqalarga xalaqit bermaydi
#abituriyent

Prezident imzolagan farmoyishga binoan, endilikda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan baliga nisbatan ma’lum miqdordagi qo‘shimcha ball beriladigan shakldagi imtiyozga ega abituriyentlar 2024/2025-o‘quv yilida tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, to‘plagan baliga mos ravishda davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi.

Bu nima degani?

Endilikda qo‘shimcha ball beriladigan imtiyozlar, eng asosiysi Temurbeklar maktabi bitiruvchilari agar o‘tish bali uchun yetarli ball to‘play olsa, unda ular uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi. Bunda oldindan qo‘shimcha kvota soni ma’lum qilinmaydi, chunki necha nafar bitiruvchi o‘qishga kira olishi oldindan ma’lum bo‘lmaydi. Mandatdan keyin imtiyozlilarga nechta grant yoki nechta kontrakt ajratilishi aniq bo‘ladi.

Eng muhimi, endi Temurbeklar maktabi bitiruvchilari boshqalarga xalaqit bermaydi. Nihoyat bizni eshitishdi, rahmat.


🔘 @xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 26 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Mario Benedetti. Ehtimol tuzatib bo‘lmas (hikoya)

Izoh
: Radiodan “Aviakompaniya 914–reysni majburan 24 soatga kechiktirdi” deb e’lon qilishdi. Serxio Rivera alamidan hatto yerni bir tepdi. Ularning bunaqa qilig‘ini u yaxshi biladi, turgan gapki, bunday vaziyatdan keyin deyarli yod bo‘lib ketgan bahonalar aytiladi: yaxshisi ko‘tarilgandan keyin havoda biron tuzatib bo‘lmas texnik nosozlikka ro‘para kelgandan ko‘ra reysni qoldirgan ma’qulroq degan tushunchalarga borilganining sabablari aytib o‘tiladi. Barchasi shundan so‘ng boshlangandi...

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/mario-benedetti-ehtimol-tuzatib-bolmas

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/dp7qLwcn7sM

🎙Bugungi hikoya audiosini Sabina Tursunova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
Javob bermoq yoki rad qilmoq: shudir masala

Bakalavrga hujjat topshirgan abituriyentlarning barcha savollariga imkon qadar batafsil javob berishga harakat qilaman, hatto u juda jo‘n va javobi oson savol bo‘lsa ham. Chunki ular endigina maktabni bitirgan o‘smir, hali umrida bir marta ham testga kirmagan, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish kerak.

Ammo magistratura, doktorantura va ikkinchi mutaxassislikka oid ayrim savollarga atayin javob bermayman. Chunki bu yerga hujjat topshirgan yoki topshirmoqchi bo‘lganlar oliy ma’lumotli, qo‘lida diplomi bor, kamida 4 yil o‘qiganlar bo‘ladi va ular oson savollarga bemalol o‘zi mustaqil javob qidirib, topishni bilishi kerak. Bilishi shart! O‘ta muammoli va tegishli rasmiy idoralar orqali aniqlashtirish kerak bo‘lgan masalalar bo‘lsa, bajonudil, bunga qo‘limdan kelganicha harakat qilaman.

Masalan, men bakalavrni falon yo‘nalishda tugatdim, endi magistraturaga falon mutaxassislikka topshira olamanmi, degan savolga javob topish juda oson, shunchaki turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati berilgan faylni ochib, qarash kerak xolos.

Yoki falon sertifikat magistratura/doktoranturaga o‘tadimi, falon mutaxassislikka falon daraja qabulmi, degan savollarga ham javob topish oson, shunchaki ro‘yxatni ochib, qarash kerak xolos.

Men ochib, qarashdan erinmayman, lekin nimaga buni o‘sha odamning o‘zi qilmaydi, degan prinsipdaman. Afsuski, bizda mustaqil ta’lim juda bo‘sh, hatto ko‘plab oliy ma’lumotli yoshlarimiz ham nimani qayerdan qidirishni bilmaydigan darajada yetishib chiqmoqda. Shu darajada dangasaki, uning uchun birovlar ishlashi kerak, boshqalar mehnat qilishi kerak. Albatta, bu gapim hammaga taalluqli emas, lekin gap egasini topadi.

Balki men tutgan yo‘l xatodir, kim bilsin. Sizning fikringiz qanday bu borada?


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston parlamenti qanday ishlaydi, deb so‘rashsa, mana shu videoni qo‘yib bersangiz yetadi

Ko‘pchilikning ovozi bir tiyinga qimmatligining juda bir chiroyli isboti bo‘libdi :)

Qisqa izoh: Spiker tanaffus e’lon qilamizmi yoki ishni davom ettiramizmi, deb so‘radi. Birinchi ovoz berishda 89 kishi (75,4%) davom ettiramiz dedi, 13 kishi (11%) tanaffus e’lon qilaylik dedi. Spiker kutilmaganda yana ovozga qo’ydi. Yana 89 kishi davom ettiramiz dedi, 22 kishi (18%) tanaffus e’lon qilaylik dedi.

Spiker esa xulosa o‘rnida oltinga teng gaplarni aytdi:

“Ko‘pchilikning fikrini e’tiborga olamiz, ammo tanaffus e’lon qilamiz”😂


🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Қойил. Чин қаҳрамон! Тўлиқ видео.
“Kombi” haydab 7 nafar qizini boqayotgan opaga bir saxovatpesha inson “Damas” sovg’a qilibdi.

Baraka topsin. Oramizda yaxshi insonlar, saxiy boylar ko’p. Ularning yaxshiligini e’tirof etish kerak. Toki qolgan boylarda ham ehson qilishga rag’bat uyg’onib qolar.

P.S.: mashina eshigida “Yuksalish group” degan yozuv bor ekan. Menimcha, bu qurilish kompaniyasi.


🔘 @xushnudbekuz
Yutamizmi, bugun, Xudo xohlasa?

🇺🇿💪Olg’a, O’zbekiston!


🔘@xushnudbekuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agressiv o’ynayapmiz. Bu yaxshi. Yigitlarimizda hadik yo’q. Faqat kartochkalardan sal ehtiyot bo’lishimiz kerak.
Afsuski, 1-golni o’tkazib yubordik. Standart vaziyatdagi tajriba.

Lekin hammasi joyida, menimcha, tenglashtirishga imkonimiz yetadi.
Penalti ishlab oldik!!!