This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Yevropa chempionlar ligasida kim yutishi allaqachon aniq bo’libdiku 😆
Bugun yarim finalning javob o’yinlari boshlanadi, ko’ramiz, ushbu tuxumlar qay darajada natijani to’g’ri topishgan.
16-may. Inter - Milan (birinchi o’yin 2:0)
17-may. Manchester Siti — Real Madrid (birinchi o’yin 1:1)
🔘@xushnudbekuz

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
⚽️ Yevropa chempionlar ligasida kim yutishi allaqachon aniq bo’libdiku 😆 Bugun yarim finalning javob o’yinlari boshlanadi, ko’ramiz, ushbu tuxumlar qay darajada natijani to’g’ri topishgan. 16-may. Inter - Milan (birinchi o’yin 2:0) 17-may. Manchester Siti…
Hozircha hammasi to’g’ri chiqyapti. Inter finalga chiqdi😆
Mendan qaysi jamoaga muxlislik qilasiz, deb ko’p so’rashadi.
O’zbekistonda🔴 “Nasaf” muxlisiman. Bolaligimdan Nasaf o’yinlariga tushardim. Chiroqchidan muxlislar katta avtobusni yollab, to’ldirib Qarshiga borilardi. Mazza davrlar edi.
Bir paytlar O’zbekistonning xalqaro maydonlardagi asosiy vakili sifatida “Paxtakor”ga ham muxlislik qilardim, hozir unaqa emas, ushbu jamoa o’yinlarida neytralman.
1️⃣ Xorijda esa asosiy muxlislik qiladigan jamoam —😈 Manchester United. Ushbu jamoaga 1999-yilgi finaldan keyin muxlislik qilaman. Giggz, York, Koul, Sulsher, Bekhem, Stam, Shmeyxel… Zo’r tarkib edi. O’shandan mehrim tushgan bu jamoaga. Lekin MUni yaxshi ko’rishimda, futbolchilar emas, ko’proq murabbiy sababchi bo’lgan. Afsonaviy Ser Aleks Fergyussonni futbol tarixidagi eng zo’r murabbiy deb bilaman. Ser davrida MU hammayoqni titratardi. Odam shu davrlarni ham sog’indi, anchadan buyon MU oldingidek APL va ChLda chempion bo’lmay qo’ydi. Lekin kelasi mavsumda Ten Hagdan umidimiz katta.
2️⃣ Shuningdek, 2000-yildan buyon🇪🇺 Real Madrid muxlisiman. Yana bir buyuk klub. O’sha yili Real chempionlar ligasida g’alaba qozondi. Valensiyaga qarshi finalni xuddi kechagidek juda yaxshi eslayman. Roberto Karlosning autdan to’pni juda uzoqqa otishi va Stiv Makmanamanning qaychilab urgan chiroyli goli, yakunda Raulning maydonni 1 o’zi yolg’iz kesib chiqib gol urgani… Aytgancha, Real aynan men sevgan MUni chiqarib yuborgandi. Old Trafforddagi o’yin naq yongandi o’ziyam. O’sha yili yozda Figu sensatsion ravishda Barselonadan Realga o’tgandi. Xullas, 2000-yildan Real muxlisiman.
3️⃣ Va oxirgisi —🇪🇺 Inter! Interga ham taxminan 2000-2001-yillardan muxlislik qilaman. Bu jamoaga mehr qo’yishimga asosiy sababchi — Ronaldo! Braziliyalik “so’yloq tish”. Umuman futbol tarixidagi eng zo’r hujumchilardan biri. Bundan tashqari o’sha davrlarda Inter tarkibida juda kuchli futbolchilar o’ynardi: Roberto Badjo, Xaviyer Zanetti, Kristiyan Vyeri, Klarans Zeedorf, Alvaro Rekoba, Loran Blan, Luidji di Biadjo… Dahshat tarkib!
Xullas, o’shandan buyon ashaddiy interchiman.
Mana shunaqa gaplar. Ayrimlar faqat bitta jamoaga muxlislik qilish kerak deyishadi. Bunaqa qoida yo’q. Muxlislikni ilohiylashtirmaslik kerak. Endi esimni taniyotgan paytlarimdan yoqtirgan bir nechta jamoalarimga haligacha muxlisman.
P/S: shu paytgacha Chempionlar ligasi finalida biror marta men sevgan 2 ta jamoa o’zaro to’qnash kelmagan. Mabodo bugun Real juda qiyin sinovdan o’ta olsa, unda ilk marta shunaqa bo’ladi.
O’zbekistonda
Bir paytlar O’zbekistonning xalqaro maydonlardagi asosiy vakili sifatida “Paxtakor”ga ham muxlislik qilardim, hozir unaqa emas, ushbu jamoa o’yinlarida neytralman.
1️⃣ Xorijda esa asosiy muxlislik qiladigan jamoam —
2️⃣ Shuningdek, 2000-yildan buyon
3️⃣ Va oxirgisi —
Xullas, o’shandan buyon ashaddiy interchiman.
Mana shunaqa gaplar. Ayrimlar faqat bitta jamoaga muxlislik qilish kerak deyishadi. Bunaqa qoida yo’q. Muxlislikni ilohiylashtirmaslik kerak. Endi esimni taniyotgan paytlarimdan yoqtirgan bir nechta jamoalarimga haligacha muxlisman.
P/S: shu paytgacha Chempionlar ligasi finalida biror marta men sevgan 2 ta jamoa o’zaro to’qnash kelmagan. Mabodo bugun Real juda qiyin sinovdan o’ta olsa, unda ilk marta shunaqa bo’ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
⚽️ Yevropa chempionlar ligasida kim yutishi allaqachon aniq bo’libdiku 😆 Bugun yarim finalning javob o’yinlari boshlanadi, ko’ramiz, ushbu tuxumlar qay darajada natijani to’g’ri topishgan. 16-may. Inter - Milan (birinchi o’yin 2:0) 17-may. Manchester Siti…
Hozircha hammasi to’g’ri chiqyapti. Inter va Manchester Siti finalga chiqdi😆
🎙Diqqat, ovozli chat!
Ko‘pchilikka maʼlumki, oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlardan daromad solig‘i olinmaydi. Jaydari tilda aytganda, kontrakt va oylik to‘lovlardan 12% qaytarib beriladi.
Ammo ushbu tartib bo‘yicha aholida ko‘plab savollar va tushunmovchiliklar bo‘lishi tabiiy. Kimdir bu pulni qanday qaytarib olishni bilmaydi, kimlargadir esa soliq organlari rad javobi bergan, ammo nimaga bunday bo‘lganini yaxshi tushuntirishmagan.
Shu sababli ertaga, 19-may — juma kuni soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ovozli chat tashkil etyapmiz. Bunda daromad solig‘idan ozod bo‘lish va maʼlum miqdordagi pulni qaytarib olish tartibi to‘g‘risida batafsil maʼlumot beriladi.
Savollaringiz bo‘lsa, ushbu post tagiga izoh ko‘rinishida yozib qoldirishingiz mumkin(keyin nimaga menga so'z bermading, savolim qolib ketdi deb janjal qilish bo'lmasin😄)
Ovozli chat spikeri: Soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ismailov.
O‘tkazib yubormang, foydali maʼlumotlar olishingiz kafolatlanadi.
🔘@xushnudbekuz
Ko‘pchilikka maʼlumki, oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlardan daromad solig‘i olinmaydi. Jaydari tilda aytganda, kontrakt va oylik to‘lovlardan 12% qaytarib beriladi.
Ammo ushbu tartib bo‘yicha aholida ko‘plab savollar va tushunmovchiliklar bo‘lishi tabiiy. Kimdir bu pulni qanday qaytarib olishni bilmaydi, kimlargadir esa soliq organlari rad javobi bergan, ammo nimaga bunday bo‘lganini yaxshi tushuntirishmagan.
Shu sababli ertaga, 19-may — juma kuni soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ovozli chat tashkil etyapmiz. Bunda daromad solig‘idan ozod bo‘lish va maʼlum miqdordagi pulni qaytarib olish tartibi to‘g‘risida batafsil maʼlumot beriladi.
Savollaringiz bo‘lsa, ushbu post tagiga izoh ko‘rinishida yozib qoldirishingiz mumkin
O‘tkazib yubormang, foydali maʼlumotlar olishingiz kafolatlanadi.
🔘@xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)
O‘tkir Hoshimov. Nega? Nega-a-a?! (hikoya)
Izoh: Bugun biz tanlagan hikoya urushning jirkanch basharasini taʼsirli qilib ko‘rsatib beradi. Sovet davridagi ahmoqona afg‘on urushi natijasida halok bo‘lgan yuzlab hamyurtlarimizning porloq xotirasiga bag‘ishlanadi.
Hikoyani o‘qir ekansiz, tinchlik uchun yana bir bor shukrona keltirasiz (garchi bugun odamlarni shukr qilishga chaqirish biroz salbiy holatdek tuyulayotganda bo‘lsada).
📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/utkir-hoshimov-nega
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/LnlNanQ2slE
🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
🔘 @xushnudbekuz

🎙Bugun ovozli chat!
Ko‘pchilikka maʼlumki, oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlardan daromad solig‘i olinmaydi. Jaydari tilda aytganda, kontrakt va oylik to‘lovlardan 12% qaytarib beriladi.
❓12% qaytarib olish uchun faqat davlat ishida ishlash kerakmi?
❓ Ota-onam pensioner, qaytarib olsam bo’ladimi?
❓ Ta’lim krediti olganman, lekin menga qaytarilmayaptiku.
❓ Kontraktga naqd to’laganmiz, kvitansiyani yo’qotib qo’yganman, nima qilsam bo’ladi?
❓Bitirganimga 3 yil bo’ldi, o’sha payti bilmagandim, endi kechikdimmi, qaytara olmaymanmi?
Shu va shu kabi boshqa ko’plab savollarga bugun, 19-may — juma kuni soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ovozli chatda javob olishingiz mumkin.
Ovozli chatni tinglash uchun:
https://t.iss.one/xushnudbek?livestream
Ovozli chat spikeri: Soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ismailov.
O‘tkazib yubormang, foydali maʼlumotlar olishingiz kafolatlanadi.
Ko‘pchilikka maʼlumki, oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlardan daromad solig‘i olinmaydi. Jaydari tilda aytganda, kontrakt va oylik to‘lovlardan 12% qaytarib beriladi.
❓12% qaytarib olish uchun faqat davlat ishida ishlash kerakmi?
❓ Ota-onam pensioner, qaytarib olsam bo’ladimi?
❓ Ta’lim krediti olganman, lekin menga qaytarilmayaptiku.
❓ Kontraktga naqd to’laganmiz, kvitansiyani yo’qotib qo’yganman, nima qilsam bo’ladi?
❓Bitirganimga 3 yil bo’ldi, o’sha payti bilmagandim, endi kechikdimmi, qaytara olmaymanmi?
Shu va shu kabi boshqa ko’plab savollarga bugun, 19-may — juma kuni soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ovozli chatda javob olishingiz mumkin.
Ovozli chatni tinglash uchun:
https://t.iss.one/xushnudbek?livestream
Ovozli chat spikeri: Soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ismailov.
O‘tkazib yubormang, foydali maʼlumotlar olishingiz kafolatlanadi.
Ta’lim uchun qilingan to‘lovlarga daromad solig‘i imtiyozi berilishiga bag‘ishlangan ovozli chat boshlanadi.
Ulanish uchun:
https://t.iss.one/xushnudbek?livestream
Ulanish uchun:
https://t.iss.one/xushnudbek?livestream
Daromad solig’idan imtiyoz haqida chat
Xushnudbek.uz
Ta’lim uchun qilingan to‘lovlarga daromad solig‘i imtiyozi berilishiga bag‘ishlangan ovozli chatning to’liq audiosi.
Suhbatdoshimiz Soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ismailov bo’ldi.
🔘 @xushnudbekuz
Suhbatdoshimiz Soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ismailov bo’ldi.
🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh 1989-1993-yillarda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasida muftiy hamda Oliy Sovet deputati bo’lib ishlagan.
O’sha vaqtlarda Shayx hazratlari deputat sifatida jamiyatdagi ko’p muammolarni ko’tarib chiqqan, Hukumatga yetkazgan. Alloh ulardan rozi bo’lsin.

🇦🇷Argentina U20 2:1 🇺🇿O’zbekiston U20
Birinchi taym tugadi. Yigitlarimiz dastlab hisobda oldinga chiqib olishgandi, lekin keyin 2 ta gol o’tkazib yubordik.
Lekin umuman olganda o’yinimiz yomon emas. Ozgina hayajonni bosib, xatolarni kamaytirib, imkoniyatlardan foydalana olsak, kamida bu o’yinda yutqazmasligimiz mumkin bemalol.
2-taymda Ravshan Haydarov shogirdlari o’z so’zlarini aytishiga umid qilamiz. Asosiysi hisobni yiriklashtirib yubormaslik kerak.
Birinchi taym tugadi. Yigitlarimiz dastlab hisobda oldinga chiqib olishgandi, lekin keyin 2 ta gol o’tkazib yubordik.
Lekin umuman olganda o’yinimiz yomon emas. Ozgina hayajonni bosib, xatolarni kamaytirib, imkoniyatlardan foydalana olsak, kamida bu o’yinda yutqazmasligimiz mumkin bemalol.
2-taymda Ravshan Haydarov shogirdlari o’z so’zlarini aytishiga umid qilamiz. Asosiysi hisobni yiriklashtirib yubormaslik kerak.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fizikadan testga tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun😂 (manba)
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)
O’Genri. So‘nggi yaproq (hikoya)
Izoh: Bugun jahon adabiyotining eng nodir durdona hikoyalaridan biri - O‘Genrining «So‘nggi yaproq» hikoyasini mutolaa uchun tanladik. To‘g‘ri, bu shunchalik mashhur hikoyaki, balki uni kanalimiz mushtariylari orasida minglab insonlar allaqachon o‘qigan bo‘lishi ham mumkin. Shunday bo‘lsa-da, uni yana bir bor takrorlash, o‘qimaganlar uchun esa, shu paytgacha qilgan “xatosi”ni to‘g‘rilashga imkon bermoqchimiz :)
📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/o-genri-songgi-yaproq
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/FVsxjci_Mcc
🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
🔘 @xushnudbekuz
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)
O’Genri. So‘nggi yaproq (hikoya)
Izoh: Bugun jahon adabiyotining eng nodir durdona hikoyalaridan biri - O‘Genrining «So‘nggi yaproq» hikoyasini mutolaa uchun tanladik. To‘g‘ri, bu shunchalik mashhur hikoyaki, balki uni kanalimiz mushtariylari orasida minglab insonlar allaqachon o‘qigan bo‘lishi ham mumkin. Shunday bo‘lsa-da, uni yana bir bor takrorlash, o‘qimaganlar uchun esa, shu paytgacha qilgan “xatosi”ni to‘g‘rilashga imkon bermoqchimiz :)
📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/o-genri-songgi-yaproq
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/FVsxjci_Mcc
🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
🔘 @xushnudbekuz
O’zbekiston 0:2 Yangi Zelandiya
Birinchi taym tugadi.
Hozircha yigitlarimiz raqibni mensimay, o’zlaridan “zvizda” yasab olib o’ynashayotgani uchun 2 ta gol o’tkazib yuborishdi. Tinimsiz hujum va sanoqsiz imkoniyatlardan foydalanishmayapti. Hujumchilarimiz bugun dovdirab o’ynashmoqda. Ishtiyoq yo’q negadir.
Darvozabonimiz Otabek Boymurodov esa Osiyo chempionatidagi yulduzli onlaridan keyin hali o’ziga kela olmabdi shekilli.
Umuman olganda futbolchilarimiz ruhiyati bilan jiddiy ishlash kerak.
Ikkinchi taymda vaziyatni o’zgartirish kerak. Yigitlar o’zini qo’lga olishlari shart. Shuncha ustunlikdan foydalana olmasak, alam qiladi.

9 minut qo’shib berildi o’yinga. Endi shundayam urolmasanglar, bilmadim, nima qilish kerak yana.
Tugadi.
O’zbekiston 2:2 Yangi Zelandiya
G’alaba qozonmaslik qiyin bo’lgan bahsda bir amallab durang qilib oldik. Mayli, nima ham derdik, shunisiga ham shukr.
Bu deyman o’zbekning peshonasiga hech bir yaxshi hujumchi bitmas ekanda. U qaysi yoshdagi futbol bo’lishidan qat’i nazar.

Bugun maktabni bitirayotgan barcha yigit-qizlarning kelgusi katta hayotida omadlar tilayman! Ilm olishdan charchamang.
O’zim maktabni tugatganimga 20 yil bo’libdi🥺 Vaqt o’tishini qarang.
P/S: Chiroqchi tumanida maktabni 9-sinfgacha o’qiganman, keyin Toshkentga akademik litseyda o’qish uchun kelganman.
🔘@xushnudbekuz
O’zim maktabni tugatganimga 20 yil bo’libdi🥺 Vaqt o’tishini qarang.
P/S: Chiroqchi tumanida maktabni 9-sinfgacha o’qiganman, keyin Toshkentga akademik litseyda o’qish uchun kelganman.
🔘@xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 30 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Andre Morua. «Tanatos» mehmonxonasi (hikoya)
Izoh: Bankir Jan Mon'ye bor-budini aksiyalar sotib olishga sarflagandi. Iqtisodiy buhron uni xonavayron qiladi. Jan Mon’yeni o’zini o’ldirish fikri tinch qo’ymaydi. Shu pallada “Tanatos” mehmonxonasidan xat keladi…
📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/andre-morua-tanatos-mehmonxonasi
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/yLBNv8cWQWw