Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
63.3K subscribers
880 photos
554 videos
4 files
535 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Download Telegram
Muhrim A’zamxo’jayev (@muhrim ) bilan jurnalistlar kuniga bag’ishlangan bayram tadbirida.

Kecha jamoasi bilan 100 mln so’m yutishdi, “endi qachon yuvib berasan” deb boshini og’ritib turibman.

#hozirvashuyerda
⚡️⚡️⚡️Qabul boshlandi!

Vanihoyat DTMning my.dtm.uz sayti orqali yo’nalishlarni tanlash imkoniyati ochildi.

Abituriyentlar 5 tagacha yo’nalish tanlashi mumkin.

Joriy yildan boshlab bir paytning o’zida bir nechta ta’lim shakllarini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlasa bo’ladi.

Barchaga omad!

🔘@xushnudbekuz
Qabul-2022 bo‘yicha savollaringiz bormi?

Bugundan boshlab Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali 5 ta yo‘nalishni tanlash imkoniyati ochildi. Demak, qabul jarayonlariga amalda start berildi.

2 oydan oshiq davom etadigan mazkur jarayonlarda abituriyentlarda turli savollar, muammolar yoki takliflar bo‘lishi mumkin. Shu sababli barcha savollarni bitta joyda to‘plashga harakat qilamiz.

Sizda ham qabul jarayonlariga oid savollar bo‘lsa, ushbu post ostida izoh sifatida qoldiring. Bilganimni o‘zim aytaman, bilmaganimni mutaxassislardan so‘rab aniqlashga harakat qilaman.

‼️‼️Faqat iltimos, savol yozishdan oldin yuqoridagi izohlarni erinmasdan o‘qib chiqing. Agar sizdan oldin bu savolni berishgan bo‘lsa, unda bir xil masalani yana takrorlashingiz shart emas.
#abituriyent

🔘
@xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy pinned «Qabul-2022 bo‘yicha savollaringiz bormi? Bugundan boshlab Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali 5 ta yo‘nalishni tanlash imkoniyati ochildi. Demak, qabul jarayonlariga amalda start berildi. 2 oydan oshiq davom etadigan mazkur jarayonlarda abituriyentlarda…»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Qabul-2022 bo‘yicha savollaringiz bormi? Bugundan boshlab Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali 5 ta yo‘nalishni tanlash imkoniyati ochildi. Demak, qabul jarayonlariga amalda start berildi. 2 oydan oshiq davom etadigan mazkur jarayonlarda abituriyentlarda…
Hozirgacha 1 674 ta izoh qoldirildi. Avvalo shu kelgan xabarlar bo‘yicha javoblarni tizimli tayyorlab olishga ulgurishimiz uchun, vaqtinchalik izoh qoldirishni yopib turamiz. Yo‘qsa yana hammayoq “bardak” bo‘lib ketadi.

To‘g‘ri tushunganingiz uchun rahmat!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi yo‘nalishda qaysi fanlardan imtihon bo‘ladi? Buni qanday qilib oson bilish mumkin?
#abituriyent

Ko‘pchilik izohlarda shu savolni ham berishibdi.

Buni bilishning 2 ta yo‘li bor. Biri qiyinroq, ikkinchisi osonroq.

Qiyin yo‘li: avvalroq eʼlon qilingan fanlar majmuasi ro‘yxatidan bittalab qidirib topish va ko‘rish.

Oson yo‘li: my.dtm.uz saytidagi abituriyent shaxsiy kabinetidan kerakli yo‘nalishni tanlab, qaysi fanlardan test topshirilishi, qaysi fanga necha ball berilishi, O‘zbekistonda xuddi shunga o‘xshash yana qanday yo‘nalishlar borligini bilib olishingiz mumkin. Kimdandir so‘rab o‘tirishingiz ham shart emas.

Yuqoridagi videoda buning tartibi tushuntirilgan.


🔘@xushnudbekuz
Mana shunaqa savollarga javobni bemalol o’zingiz topa olasiz. Bu qiyin emas. Shunchaki my.dtm.uz saytiga kirib, hujjat topshirish joyini ochib, tekshirib ko’rsangiz bo’ldi.
#abituriyent

Mana bu yerda tartibi tushuntirilgan:
https://t.iss.one/xushnudbekuz/231

Ishoning, biror savolga javobni mustaqil qidirsangiz, o’z aqlingizni ishlatib, o’zingiz mehnat qilib javob topsangiz, mevasi shirinroq bo’ladi. Bahonada ko’p narsani o’rganib olasiz.

“Men qilolmayman, bilmadim topolmadim, voy-vuy bitta savol so’rasa shunchami” deb darrov xafa bo’lmang. Bu shunchaki do’stona maslahat va iltimos, savollarga mustaqil javob qidirishga odatlaning. Katta hayotda ham bu odat juda kerak bo’ladi.

🔘@xushnudbekuz
Masalan, mana bu savolning javobini ham bemalol mustaqil tekshirib ko’rsa bo’ladi. Shunchaki my.dtm.uz saytidan ro’yxatdan o’tadi, imtiyozlar bo’limini qaraydi: agar harbiy imtiyoz ko’rinsa, demak u bor, agar harbiy imtiyoz ko’rinmasa, demak u yo’q.
#abituriyent

Hammasi juda oddiy, faqat o’zimiz hayotni murakkablashtirib yuboramiz.

P.S.: imtiyozlar faqat bir marta o’qishga kirguncha. Qoida bo’yicha, o’qishga kirib, talaba bo’lgach, imtiyoz muddati kuyadi.


🔘@xushnudbekuz
Nogironligi bo’lgan shaxslarda imtiyoz ko’rinmayotgan bo’lsa, xavotir olishmasin. Hozir hammada ko’rinmayapti. Hujjat topshirish tugagach, hammaniki qayta tekshirilib, bittada tasdiqlanadi.

Batafsil bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/14776

***

Tanlov ustuvorligi nima degani?

Batafsil bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/14777

***

“Davlat granti” hamda “Davlat granti va to’lov-kontrakt” degan tanlovdan qaysi birini tanlash kerak? O’zi nima degani bu?

Batafsil bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/14778
#abituriyent

🔘@xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SAVOL: Assalomu aleykum Yuridik universitetga xujjat topwirish xaqida malumot bering iltmos.ewitiwimcha DXMda mas xujjatlarni toğri Yuridik Unuversitetni oziga topwiriw kerak db wu togrimi
#abituriyent

JAVOB: balki ensangizni qotirayotgan bo’lsam ham, yana ta’kidlashga majburman. Bunaqa mish-mishlarning rost yoki yolg’onligini o’zingiz mustaqil tekshirishga harakat qiling. Shunga odatlaning.

Shunchaki my.dtm.uz saytiga kirib, Yuridik universitetni qidirib topsangiz kifoya edi. Shunda bu mish-mishlar noto’g’ri ekanligiga o’zingiz guvoh bo’lasiz.

Yuqoridagi suratda ko’rib turganingizdek, Yuridik universitetga bemalol onlayn hujjat topshirsa bo’ladi, Universitetga borish shart emas. Agar o’zingiz mustaqil onlayn topshirishni istamasangiz, unda DXMlarga borsangiz ham bo’ladi, siz uchun haq evaziga hujjat topshirib berishadi.


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijodiy imtihoni bor yo‘nalish tanlansa, faqat bitta joyga topshira oladimi, boshqa yo‘nalishlarni tanlab bo‘lmaydimi?
#abituriyent

Jurnalistika universitetida ijodiy imtihon bo‘ladimi yoki testmi?

Qanday qilib shu va shu kabi savollarga mustaqil javob topish mumkinligini va o‘zi umuman mazkur savollar javobini bilmoqchi bo‘lsangiz yuqoridagi videoni ko‘rishni tavsiya qilaman.


🔘 @xushnudbekuz
Soat 21:26 da qabul qilingan buyurtma soat 22:39 da, ya’ni 1 soatu 13 minutda yetib keldi. 30 daqiqada yetkazamiz deb va’da berishgandi.

Bu paytda bemalol osh pishirsa bo’lardi. Yaxshiyam atigi 2 tagina lavash aytgandik.