Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
62.7K subscribers
863 photos
543 videos
4 files
530 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu video O’zbekistonda olinganiga ishongim kelmayapti (#)

Biznikilar ham biror mojaroli vaziyatni so’kmasdan, baqirmasdan, urushmasdan, muomala bilan hal qilsa bo’larkan-da? Men uchun olamshumul yangilik bo’ldi lekin 🙂

Sabrli haydovchiga rahmat. Haq bo’lsa ham, past ketish uchun katta kuch kerak.

Qoidalarni buzmanglar!


🔘@xushnudbekuz
Salkam 20 daqiqada 2 ta gol ko’rdik.

Jamoalarning uyg’ongani rost bo’lsin, degan she’r yozish payti keldi, menimcha.
Angliya yana 90-daqiqadan keyin gol urdi :)
Do’stlar guruhidagi yozishmadan. Masonlar sho’ttami :)

Angliya — finalda!
Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent

Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.

Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi.

Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin.

Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.iss.one/xushnudbek/24239

Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz.

2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi.

Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.

Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.

3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.iss.one/xushnudbek/19940

❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa).

Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.


🔘 @xushnudbekuz
“Lolazor”ning keyingi sonida Behzod Hoshimov bilan suhbat qilamiz. Yakshanba kuni tomosha qilishingiz mumkin, Xudo xohlasa.

Sizningcha, yana kimlarni mehmonga chaqiraylik? Variant bering-chi.


🔘@xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga "Lolazor" podkastining navbatdagi sonida iqtisodchi, nufuzli New York University professori Behzod Hoshimov mehmon bo‘ladi.

Qiziq suhbat bo‘lgan, ko‘rish tavsiya etiladi.


🔘@xushnudbekuz
#25 QAYSI VAZIRLIKLARNI YOPISH KERAK? — Lolazor podcast

📹 https://youtu.be/iQxa_IPiyro

Ushbu sonda biz ta’limdagi muammolar, rektorlarni saylashda chet el tajribalari, xususiy universitetlar, qaysi vazirliklar bizga kerak emasligi, JST’ga a‘zolikning foyda-zararlari, yo‘llardagi halokatlar va yo’l harakati xavfsizligi muammolari, Prezidentga yozilgan maktub hamda jamiyatimizda nima uchun tashqi ko’rinishga qarab muomala qilinishi kabi mavzular haqida suhbatlashdik.

Mehmonimiz — Nyu York universiteti professori, iqtisodchi Behzod Hoshimov.

📹 https://youtu.be/iQxa_IPiyro

Dam olish kuni yoqimli tomosha tilaymiz.


🔘 @xushnudbekuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
🇪🇺Sizningcha, bugun finalda kim g‘alaba qozonadi?
Anonymous Poll
69%
🇪🇸Ispaniya
31%
🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 13 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Keyt Shopen. O‘kinch (hikoya)

Izoh
: Mamzele Aureliya hammaga oʻxshamagan ayol. U turmush qurish, farzandli boʻlish haqida hech ham oʻylab koʻrmagan. Yolgʻiz, ammo bunga afsus qilmaydi. Xoʻsh, unda Aureliyani nima qiynadi? Oʻzi erkakshoda boʻlsa ham, juda nozik koʻngil ayolning kechinmalari bilan hikoya davomida tanishasiz.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/keyt-shopen-okinch

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/fhkaHSgrHUo

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
Finalni shu yerda muhokama qilamiz.


🔘@xushnudbekuz
1-taym yomon bo’lmadi. Jamoalar juda unaqa yopilib olgani yo’q. Lekin xavfli vaziyatlar ham deyarli bo’lmadi hisob.

🇪🇸Ispaniya 0:0 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya


🔘@xushnudbekuz
Gooool! Nikko!

Ispanlar hisobni ochdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Niko Uilyamsning goli muxlis obyektivida ekan.


🔘@xushnudbekuz
Goooool!!!

Inglizlar hisobni tenglashtirdi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uning ismi Palmer Kol,
Urib qo’ydi go’zal gol.


🔘@xushnudbekuz
Vah! Yana gol! Ispanlar yana oldinga chiqib oldi.
Inglizlarda vaqt qolmadiyov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday gol bo’lmadi-ya?! Ispanlarning omadi kuldi lekin.


🔘@xushnudbekuz
ISPANIYA — CHEMPION!

Chiroyli turnir, adolatli natija.