Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
63.9K subscribers
920 photos
588 videos
4 files
554 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Download Telegram
Qur’a boshlanmoqda

Post yangilab boriladi

“A” guruhi

1. 🇮🇷Eron
2. 🇶🇦Qatar
3. 🇺🇿O’zbekiston
4. 🇦🇪BAA
5. 🇰🇬Qirg’iziston
6. 🇰🇵KXDR

“B” guruhi

1. 🇰🇷Janubiy Koreya
2. 🇮🇶Iroq
3. 🇯🇴Iordaniya
4. 🇴🇲O’mon
5. 🇵🇸Falastin
6. 🇰🇼Kuvayt

“C” guruhi

1. 🇯🇵Yaponiya
2. 🇦🇺Avstraliya
3. 🇸🇦Saudiya Arabistoni
4. 🇧🇭Bahrayn
5. 🇨🇳Xitoy
6. 🇮🇩Indoneziya


🔘@xushnudbekuz
Shkalad guruh!!! Shundan ham chiqolmasak uyat bo’ladi!
Viktorinamizning g'olibi esa Мавлонов Д.Н. profili egasi bo'ldi!

Ularga sovg'a sifatida kanalimiz nomidan aqlli soat (smart watch) taqdim etamiz.

🔘@xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 16 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Said Ahmad. Ko‘zlaringda o‘t bor edi (hikoya)

Izoh
: Bugun Mutalning hayotidagi eng baxtli kun. U farzandli bo‘ldi, du damlarni 25 yildan ortiq kutgandi, axir. Lekin bir zumda xayoliga kelgan o‘y uning ana shu quvonchiga soya soldi. E’tibor bilsa nima bo‘ladi? Hikoya davomida bu savolga Mutal bilan birga javob topasiz.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/said-ahmad-kozlaringda-ot-bor-edi

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/8dJDMc8xJjI

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
«Yuksalish» nodavlat ta’lim muassasalari ta’sischisi Muhammadali Eshonqulov bugun shaxsan prezidentimiz qo’lidan “Kelajak bunyodkori” medalini qabul qilib oldi.

Tadbirdan so’ng, esdalikka selfiga tushdik.


🔘@xushnudbekuz
Bu pachaq Italiya yo’q joydan Xorvatiyani chiqazvorgani qoldi xolos.


🔘@xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#23 OBRO‘ UCHUN ILMIY ISH QILISH SHARTMI? — Lolazor podсast

👉 https://youtu.be/a_SvQtQl6EQ

Ushbu sonda biz mehmonimiz Botir Qobilov bilan uning ilmiy faoliyati, Harvardda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish jarayoni, Texas universitetida professor bo‘lib ish boshlashi, Toshkent qimmat shaharligi, Toshkent urbanizatsiyasidagi o‘zgarishlar, prezident bilan uchrashuvdagi taassurotlari, kriptovalyuta va kapital bozorlari, treyderlikda nimaga e'tibor berish kerakligi, O‘zbekistonning tashqi qarzi, JST’ga a’zo bo‘lish, AES qurilishi kabi mavzularda suhbatlashdik.

Suhbatni tomosha qilish tavsiya etiladi:
https://youtu.be/a_SvQtQl6EQ


🔘 @xushnudbekuz
Endi Angliya bilan xayrlashamiz deb turgandik, Bellingem super gol urib qoldiyey… A-lya, Ronaldu uslub!


🔘@xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Endi Angliya bilan xayrlashamiz deb turgandik, Bellingem super gol urib qoldiyey… A-lya, Ronaldu uslub! 🔘@xushnudbekuz
Angliyaning 2-goliga shunchaki Slovakiyaning o’ta katta ruhiy tushkunligi sabab bo’ldi. Hozir ularga juda alam qilyapti.
Lekin zo’r o’yin bo’ldi-a? Portugaliya yutgani yaxshi bo’ldi, Fransiya bilan chorak finalda dahshat o’yin ko’ramiz.
‼️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-iyuldan boshlanadi va 19-iyulgacha davom etadi
#abituriyent

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jami 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:

o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

🔘 @xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
‼️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-iyuldan boshlanadi va 19-iyulgacha davom etadi #abituriyent Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jami 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi. Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning…
Ijodiyga topshirganlar shaxsiy kabinetiga kirib ko’rsinchi, ma’lumot chiqibdimi?

Oddiy yo’nalishlarga ruxsatnomalar ham yaqin kunlarda chiqib qoladi. Hali testgacha 10 kundan oshiqroq vaqt bor, odatda 3-4 kun qolganda chiqardi.

🔘@xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Ijodiyga topshirganlar shaxsiy kabinetiga kirib ko’rsinchi, ma’lumot chiqibdimi? Oddiy yo’nalishlarga ruxsatnomalar ham yaqin kunlarda chiqib qoladi. Hali testgacha 10 kundan oshiqroq vaqt bor, odatda 3-4 kun qolganda chiqardi. 🔘@xushnudbekuz
Aniqlashtirdim, hozircha kasbiy (ijodiy) imtihonga topshirgan abituriyentlarning shaxsiy kabinetiga imtihon haqida ma’lumot joylanmagan ekan. Shu sababli hech kimda bunaqa ma’lumot ko’rinmayapti, qidirib ovora bo’lmang.

Ayni vaqtlarda texnik ishlar ketmoqda, yaqin fursatlarda ko’rinib qoladi. Vazirlik matbuot xizmati sal shoshib qo’yibdi shekilli.

Yangilik bo’lsa, xabar beramiz.


🔘 @xushnudbekuz
“Tashabbusli byudjet”da ovoz berish vaqti 10 kunga kamaytirildi

“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi 6-iyuldan start oladi. 2-mavsumda muddatlar va bosqichlar bilan bog’liq ayrim o’zgarishlar kiritilgan.

Jumladan, ko’plab takliflarni inobatga olib, endilikda ovoz berish muddati 10 kun etib belgilangan. Avval bu muddat 20 kun edi.

Shuningdek, joriy mavsumdan boshlab tashabbuslarni targ’ibot qilish uchun alohida 1 haftalik muddat berilmoqda. Avvallari tashabbuslar moderatsiyadan o’tgach, ertasi kuniyoq ovoz berish boshlanib ketar edi. Endilikda moderatsiyadan so’ng targ’ibot uchun 1 hafta beriladi va bu davrda ovoz berish imkoni bo’lmaydi.

2024-yil 2-mavsumi muddatlari quyidagicha:

1️⃣Loyihalar kiritish: 6–26-iyul;
2️⃣Loyihalarni saralash: 26-iyul–15-avgust;
3️⃣Targ‘ibot qilish: 15–22-avgust;
4️⃣Ovoz berish: 22-avgust–1-sentabr.

Ushbu mavsum uchun jami 2 trln so‘mdan ortiq mablag’ yo‘naltiriladi!


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadrdon do’stim Abdurahim Mansurov yo’q joydan stendap yo’nalishiga o’tib ketdi. O’zi kasbi umuman boshqa edi. Lekin yomon emas, stendapda ham ancha-muncha muxlis yig’ib qo’ydi, chiqishlari muvaffaqiyatli bo’la boshladi.

Abdurahim yaqinda o’zining ilk yakkaxon kichik konsertini qo’yar ekan. Aniqrog’i 12-iyul kuni soat 20:00 da.

Yaxshi kayfiyat xohlovchilar uchun tavsiya qilaman. Aytishlaricha, o’zi kamroq biletlar qolgan emish, qolganlari sotilibdi.

Chiptalarni xarid qilish uchun havola: https://t.iss.one/sahnastandup_bot?start=666ab8fd520b2_uz

Abdurahimga omad tilayman!


🔘@xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Nataniel Hotorn. Soyabon ostida (hikoya)

Izoh
: Uzoq vaqt adashgan qismatim kaftida aldangan yosh boladek giryon aylanaman, har devorga bosh urib oʼzimni topib olgim, soʼqqabosh va darveshona hayotimga tezroq xotima yasagim keladi. Yo Tangrim, noshukrlik qilmay, oʼzing kechir! Shubha yoʼqki, menga oʼxshash daydilar yer yuzida anchagina boʼlsa kerak, axir odamlar bir-birlariga benihoya oʼxshaydilarku!

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/nataniel-hotorn-soyabon-ostida

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/Lr87-sowLXA

🎙Bugungi hikoya audiosini Sabinaxon Tursunova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
Auf Wiedersehen, Germany!

Xayr, Germaniya!
Fransiya yoki Portugaliyadan qaysi biri yarim finalga chiqishidan qat’i nazar, bugungi Ispaniya “yeb” qo’ysa kerak ikkalasini ham.


🔘@xushnudbekuz