"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali
4.41K subscribers
13.5K photos
1.36K videos
8 files
2.83K links
"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filialining telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanali

""Ishonch" telefon: 1154
Murojaatlar uchun: @xorazmhetmuloqot
Download Telegram
Murojatlar - har doim eʼtiborda

"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filialiga isteʼmolchilar tomonidan yoʻllanilayotgan har bir murojaat imkon qadar tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda.

Urganch shaxar Baynalminalchi mahallasi fuqarolari tomonidan eski elektr ustunni yangisiga almashtirib berish haqida yoʻllangan murojaat ham Urganch tuman elektr taʼminoti xodimlari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf qilindi. Va yangi beton ustunga almashtirildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
⚡️Yangiariq, Urganch, Hazorasp tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasida uzilishlar bо‘lishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari
О‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning

Yangiariq tumanining Yangiariq, Urganch, Ogahiy, Yangiobod mahallalarida

Urganch tumanining CHо‘lobod, Oyoqbog‘, Uyshin, Miroblar, Arablar, Merganovul, Anjirchi, Jayhun, Yukori ovul mahallalarida

Hazorasp tumanining Jangiota, Navrо‘z, Shovot, Oq maydon mahallalarida

Joriy yilning 10 fevral kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bо‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun sizdan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali
matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари "Пахтакор элита уруғчилик" хўжалигининг даласини кўздан кечириб, фермер оиласи билан суҳбатлашди

Глава государства осмотрел поле хозяйства "Пахтакор элита уругчилик" и побеседовал с семьей фермера

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Qibla tozabogʻ mahallasiga yangidan elektr tarmogʻi tortildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan  Vazirlar mahkamasining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Xiva shahardagi Qibla tozabogʻ mahallasidagi ishlar yakuniga yetmoqda.

Qibla tozabogʻ mahallasida bugungi kungacha 43 dona temir beton tayanchlari oʻrnatilib 2.0 km uzunlikdagi elektr tarmogʻi yangidan qurildi va xonadonlarini yangi tarmoqqa ulash ishlari oxirlab bormoqda

Ushbu ishlar natijasida mahallalardagi 130 ga yaqin  xonadon aholisi sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Forwarded from Xorazm.uz
Сайёр қабул

Бугун Ҳазорасп туманидаги Боғдор маҳалласида вилоят ҳокими вазифасини бажарувчи Жўрабек Рахимовнинг навбатдаги сайёр қабули ўтказилди.

Қабулда вилоятимизнинг турли ҳудудларидан келган 126 нафар фуқаронинг мурожаатлари тингланди. Қабулга келганларнинг кўпчилиги Ҳазорасп, Тупроққалъа, Урганч туманлари ва Урганч шаҳридан бўлиб, мурожаатлар асосан уй жой, ер муносабатлари ва ноқонуний қурилишлар билан боғлиқ муаммолар, даволаниш учун моддий ёрдам ажратиш, ишга жойлашиш каби масалалар хусусида бўлди. Ҳар бир мурожаат тегишли соҳа мутахассислари иштирокида ўрганилиб, айрим масалаларга шу ернинг ўзида ечим топилди, баъзи фуқароларга ҳуқуқий маслаҳат берилди, ечими қўшимча ўрганиш ва вақт талаб қиладиган мурожаатлар ижроси назоратга олинди.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram