Xorazmavtoyo'l Matbuot xizmati
199 subscribers
2.47K photos
80 videos
2 files
264 links
Xorazm viloyatidagi avtomobil yo'llarida amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha yangiliklar.
Saytga oʻting: 👉 xorazmavtoyul.uz

telegramdagi maxsus kanal:
t.iss.one/xorazmavtoyul_uz

Instagramdagi maxsus kanal:
instagram.com/xorazmavtoyul.u
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali 21-Sentyabr kuni “tarqalgan video bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu videoda ko‘rsatilgan yo‘l davlat ahamiyatidagi 4r-156 "Urganch sh-Xonqa sh -Xazorasp sh -Toshsoqa orqali Amudaryo" a/yo‘lining 73-78 km.lari oralig‘i bo‘lib, ushbu yo‘lda joriy ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli yo‘lning bir qismi yo‘l belgilari bilan to‘sib qo‘yilgan. Xozirgi vaqtda ushbu yo‘lga asfaltobeton qoplamasi bilan joriy tamirlash ishlari olib borilib,kamchiliklar bartaraf qilinganligini ma’lum kilamiz.


https://t.iss.one/xorazmavtoyul_uz
#Rasmiy_munosabat
Xorazm viloyati Urganch shaxridagi Urganch tuman yo’llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tasarrufidagi 4R157 “Urganch - Yangiariq” avtomobil yo’lining 0,8 km.dagi yo’l o’tkazgich 1977-yilda qurilgan, umumiy uzunligi 375 pm bo’lib yo’l o’tkazgichning uzunligi 216 pm. va oraliq qurilmalari 24x9.ni tashkil qiladi. Ushbu yo’l o’tkazgichda oxirgi marotaba 2020-yilda joriy tamirlash ishlari bajarilgan. Vizual kuzatuvlar natijasiga ko‘ra yo’l o’tkazgichning deformatsion choklar ustidagi asfaltabeton qoplamasida yoriqlar paydo bo’lgan. Ushbu holat 2025-yilning I-choragida joriy tamirlash dasturlari orqali bartaraf etilishini ma’lum qilamiz.
https://t.iss.one/xorazmavtoyul_uz
#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Antikorrupsiya” telegram kanalida 18- oktabrda aholi tomonidan ko'prikning chiqish va tushish joylarida chuqurchalar paydo bo'lganligi hamda ko'prikning armaturasi chiqib qolganligi haqidagi joylangan video murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.
Murojaatda ko’rsatilgan ushbu ko’prik Shovot tuman 4r 159 " Urganch sh.- Shovot sh.-Turkmaniston Respublikasi chegarasi " avtomobil yo'lining 39,1-kmda joylashgan ko'prik bo’lib, ushbu ko'prik korxonamiz mutaxasislari tomonidan o'rganilib, haqiqatdan ham ta'mirtalabligi aniqlandi.
Hozirgi kunga kelib 4r 159 "Urganch sh.- Shovot sh.-Turkmaniston Respublikasi chegarasi "avtomobil yo'lining 39,1-km dagi ko'prikga chiqish va tushish joylaridagi chuqurchalarga asfaltbeton yotqizilib, chiqib qolgan armaturalar kesib olinib, barcha kamchiliklar bartaraf qilinganini ma'lum qilamiz.
https://t.iss.one/xorazmavtoyul_uz
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “You tube” kanalida 2024 yil 05-dekabrda aholi tomonidan ko'prikning ustki qismida chuqurchalar paydo bo'lganligi haqidagi joylangan video murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.
Shovot tuman 4k 929 " Qoshko’pir - Shovot a/y-Qiyot q.-Turkmaniston Respublikasi chegarasi " avtomobil yo'lining 5,8-km.da joylashgan ko'prik bo’lib 1982-yilda qurilgan, umumiy uzunligi 79 pm bo’lib. oraliq qurilmalari 8,66x9.ni tashkil qiladi.
Murojaatda ko’rsatilgan ushbu ko’prik Shovot tuman 4k 929 " Qoshko’pir - Shovot a/y-Qiyot q.-Turkmaniston Respublikasi chegarasi " avtomobil yo'lining 5,8-km.da joylashgan ko'prik bo’lib, ushbu ko'prik Shovot TYFK DM mutaxasislari tomonidan o'rganilib, haqiqatdan ham ta'mirtalabligi aniqlandi.
Hozirgi kunga kelib Shovot tuman 4k 929 " Qoshko’pir - Shovot a/y-Qiyot q.-Turkmaniston Respublikasi chegarasi " avtomobil yo'lining 58,8-kmda joylashgan ko'prik tushish qismida chuqurchalar ta’mirlanganligini, kamchiliklar bartaraf qilinganini ma'lum qilamiz.

https://t.iss.one/xorazmavtoyul_uz
#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali «Effect.uz» kanalida tarqalgan video murojaat yuzasidan rasmiy munosabati.
Murojaat keltirilgan Xonqa tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi “Allabergan Rashidbek Alimovich” oilaviy korxonasi bilan Xonqa tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi o‘rtasida 2022-yil 5-yanvarda №14-sonli mashina-mexanizm va avtotransport xizmati shartnomasi tuzilgan, 2022-yil 14-fevralda №14/02-sonli xisob faktura bilan 58.437.341 so‘mlik va 2022-yil 8-iyundagi №08/06-sonli xisob faktura bilan 248.741.063 so‘mlik bajarilgan ishlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek 2022-yil 5-sentyabrda “Allabergan Rashidbek Alimovich” oilaviy korxonasi bilan Xonqa tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi o‘rtasida “Xonqa tuman Madaniyat mahallasi Madaniyat ko‘chasi 0,235 km ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash ishlari uchun №28-sonli pudrat shartnomasi tuzilgan va 2022-yil 6-oktyabrda №1-sonli xisob faktura bilan 28.152.925 so‘mlik bajarilgan ishlar rasmiylashtirilgan. “Allabergan Rashidbek Alimovich” oilaviy korxonasi tomonidan ko’rsatilgan xizmat va bajarilgan ishlar qiymati 335.331.329 so‘mni tashkil qiladi.
Urganch tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 16-yanvar 2023-yil 4-2201-2302/29-son sud buyrug‘iga asosan “Allaberganov Rashidbek Alimboevich” oilaviy korxonasi foydasiga 335.331.329 so‘m asosiy qarz, 1.676.656 so‘m davlat boji undirish belgilangan va Majburiy ijro byurosi Xonqa tuman bo’limi tomonidan ijro hujjati ochilgan.
Majburiy ijro byurosi Xonqa tuman bo’limi tomonidan “Allaberganov Rashidbek Alimboevich” oilaviy korxonasiga 2023-2024 yillar davomida jami 66.448.215 so‘m mablag‘ o‘tkazib berilgan.
Xozirgi kunda Xonqa tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasining “Allaberganov Rashidbek Alimboevich” oilaviy korxonasiga 270.574.770 so‘m qarzdorligi mavjud.

https://t.iss.one/xorazmavtoyul_uz
#Rasmiy_ munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali «@XORAZMLIKLAR» kanalida “Xiva shahrida ko‘prik muammosi qachon hokimlik nazariga tushadi? ” sarlavxasi ostida chiqqan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Murojaatda ko‘rsatilgan ko‘prik Xiva shahar Muntazam yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tasarrufidagi davlat axamiyatga ega D227 Xiva shahri aylanma yo‘li (5 km.dan) ” PK00+24 oralig‘ida Xumbuz kanali ustida joylashgan ko‘prigi bo‘lib, xozirgi kunda plitalari yaroqsiz xolga kelib yo‘l ustida o‘yiqlar paydo bo‘lib xarakatlanish uchun xavfli xolatga kelgan.
Mazkur ko‘prikda xarakat xavfsizligini taminlash maqsadida joriy tamirlash ishlari olib borilib,kamchiliklar qisqa muddatda bartaraf qilinganligini ma’lum qilamiz.   https://t.iss.one/xorazmavtoyul_uz
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “XORAZMLIKLAR” kanalida “Yangiariq tumanidagi serqatnov ko‘prik qachon ta’mirlanadi” sarlavhasi ostida tarqalgan video murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Ushbu ko‘prik Yangiariq tumanidagi umumiy foydalanishdagi maxalliy axamiyatga ega 90V039 “D217 avtomobil yo‘li (16 km.dan) - Bosh Qirshix q.- Jayxun q.” (eski nomi 4k958) avtomobil yo‘lining 1,3 km qismida joylashgan 26 pm uzunlikdagi ko‘prik bo‘lib, qurilganligiga
35 – 40-yildan oshganligi sababli eskirib bugungi kunda plitalari xamda nasadkalari sinib avariya xolatiga kelib qolgan. Shuningdek ko‘prikda transport vositalari va piyodalar xarakatlanishi uchun xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ko‘prikning singan qismi temir – biton to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yilgan.

Ushbu ko‘prik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi “Xorazm viloyatini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha Chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-410 sonli qarorini 7 ilovasiga asosan 2025-yilda ta’mirlash Dasturiga kiritilgan bo‘lib 2 105,0 mln.so‘m mablag‘ ajratilgan.

Xozirda ko‘prikning loyiha – smeta xujjatlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Loyiha – smeta xujjatlarini tayyorlanib pudratchi korxona tender savdolari orqali aniqlangandan keyin ta’mirlash ishlari olib boriladi.

https://t.iss.one/xorazmavtoyul_uz
#Rasmiy_ munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “XORAZMLIKLAR” kanalida 90 V 022 “Urganch – Chondirqiyot- Xonqa” yani xalq tili bilan aytganda Paxtakor yo‘lini tamirlash bo‘yicha tarqalgan video murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Murojaatda ko‘rsatilgan yo‘l, umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatga ega 90 V 022 “Urganch – Chondirqiyot k- D213 avtomobil yo'li
(5 km.dan)” (Vazirlar Maxkamasining 04.07.2024-yildagi 383 sonli qarori bo'yicha yangi nomi) avtomobil yo‘lining 0-8 km qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g‘risida”gi PQ-330 sonli qaroriga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini mukammal tamirlash loyihasiga kiritilgan bo‘lib, tamirlash ishlari 2025- 2028-yillarda amalga oshirilishi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan xozirgi kunda ushbu avtomobil yo‘li Loyihasining konsepsiyasini Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashi bilan kelishish uchun kiritilgan.

Shunga qaramasdan transport vositalari hamda piyodalar xarakatlanishi uchun xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘tgan yillarda avtomobil yo‘lini 0-5 km qismida asfaltobeton yotqizilib joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib yo‘lni holati yaxshilandi.

Xozirgi kunda avtomobil yo‘lining ta’mirtalab 5-8 km qismida havo xarorati ko‘tarilgandan keyin asfalto’beton yotqizilib yo‘lning xolati yaxshilanishini ma’lum qilamiz.

https://t.iss.one/xorazmavtoyul_uz
#Rasmiy_ munosabat

Ижтимоий тармоқларда “Боғот тумани марказий кўчалари тамирталаб ҳолатда эканлиги айтилмоқда” деган мазмунда тарқалган хабар юзасидан, бош бошқарма ва Боғот туман йўллардан фойдаланиш корхонаси давлат муассасаси мутаҳассислари томонидан, жойида ўрганиш ишлари олиб борилди.
Ўрганишда ушбу йўл Боғот туман йўллардан фойдаланиш давлат муассасасига қарашли давлат аҳамиятига эга Д213 автомобил йўли эканлиги аниқланди.
Ушбу таъмирталаб йўлдаги чуқурчалар шу куннинг ўзида Боғот туман йўллардан фойдаланиш давлат муассасаси томонидан асфалтобетон қопламаси билан таъмирланганлигини билдирамиз.
#Rasmiy_ munosabat

Ижтимоий тармоқларда 2025-йил 8 март куни “Хива шахри ва Янгиариқ туманини боғловчи йўлни таъмирлаш лозимлиги” мазмунида тарқалган хабар юзасидан, бош бошқарма ва Хива туман йўллардан фойдаланиш корхонаси давлат муассасаси мутаҳассислари томонидан, жойида ўрганиш ишлари олиб борилди.
Ўрганишда ушбу йўл Хива туман йўллардан фойдаланиш корхонаси давлат муассасасига қарашли давлат аҳамиятига эга D220 "Боғот қ.-Янгиариқ қ.-Хива ш. Қўшкўпир ш.-Шовот ш.-Гурлан ш." автомобил йўли эканлиги аниқланди.
Ушбу таъмирталаб йўлдаги чуқурчалар, йўл қопламасининг таъмирталаб қисмлари ва йўл ёқасини таъмирлаш ишлари 9-10 март кунлари Хива туман йўллардан фойдаланиш давлат муассасаси томонидан таъмирланганлигини билдирамиз. Хозирга кунда Хива туман йўллардан фойдаланиш давлат муассасаси ва Хива шахар мнтақавий йўллардан фойдаланиш корхонаси давлат муассасалари томонидан йўлнинг айрим жойларидаги асфальтобетон қоплама юзасидаги тўрсимон ёриқлар ва ҳар хил ҳажмдаги чуқурчаларни таъмирлаш ишлари давом этмоқда.
#Rasmiy_ munosabat

https://www.facebook.com/groups/1212937655886280/posts/2047003975812973/ Ijtimoiy tarmoqlar orqali qilingan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Murojaatda ko‘rsatilgan yo‘l Hazorasp tuman “Gulzor” mahallasi “Guliston” ko’chasida joylashgan xalq tili bilan aytganda Hazorasp yo‘li ta’mirtalab holatdaligi aytilmoqda degan mazmunda tarqalgan xabar yuzasidan Xorazm viloyat avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi hamda Hazorasp tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi mutahassislari tomonidan joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
O’rganishda, Murojaatda ko’rsatilgan yo’l Hazorasp tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi davlat muassasasiga qarashli umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatga ega 90V049 "Bog‘ot sh. - Toma q. - Dehqonbozor q. - Qizilravot q.- Hazorasp sh." avtomobil yo’lining 16-17-km oralig’i ekanligi, hamda haqiqatdan ham ta’mirtalab holatda ekanligi aniqlandi.
Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini ta`mirlash uchun obyektlarni moliyalashtirish ishlari O’zbekiston Respublikasi byudjet taqsimotida ko‘zda tutilgan parametrlardan kelib chiqib shakllantirilishi va obyektlarni moliyalashtirish bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinayotganligi sababli, ushbu avtomobil yo‘li Moliya vazirligi huzuridagi “Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi” hisobidan mablagʻ ajratilib, loyiha – smeta hujjatlarini tayyorlangandan keyin, 90V049 (4k968) "Bog‘ot sh. - Toma q. - Dehqonbozor q. - Qizilravot q.- Hazorasp sh." avtomobil yo‘lida belgilangan pudratchi korxonalar tomonidan ta’mirlash ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.
#Rasmiy_ munosabat

Xorazimliklar.uz telegram kanali orqali qilingan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Murojaatda ko‘rsatilgan yo‘l, mahalliy ahamiyatga ega 90 V 019 b “Urganch tuman kasalxonasiga (6 km.dan) avtomobil yo’li bo’lib, ushbu yo’lning 0-2 km qismida avtomobil yo’lini saqlash ishlari bajarilib, yomg’ir suvlaridan tozalandi.
90 V 019 b “Urganch tuman kasalxonasiga (6 km.dan) avtomobil yo’li jami 0-2 km bo’lib, yo’lning o’rtasidan “qirg’iz yop” o’tgan va yo’lning chap tomonida piyodalar yo’lakchasi bo’lgan. 2021- yil davomida Urganch tuman xokimligi tomonidan yo’lning o’ng tomonidan xam yangidan piyodalar yo’lakchasi qurilgan, shu sababdan yog’ingarchilikdan keyin yo’lda yomg’ir suvlari yig’ilib qolmoqda.
2024 –yilning aprel- may oylarida ushbu avtomobil yo’lning 1.5 km qismida 0.7 km yo’lning chap tomonidagi eski piyodalar yo’lakchasi buzib tashlanib, yo’lning nishabligi chap tomonga o’zgartirilib, ta’mirlash ishlari olib borildi.
90 V 019 b “Urganch tuman kasalxonasiga (6 km.dan) avtomobil yo’lining qolgan 0.8 km qismida yo’lning chap tomonidagi eski piyodalar yo’lakchasini xam buzib, yangidan tamirlash uchun yuqori turuvchi tashkilotlarga korxonamiz tomonidan reja va takliflar kiritilgan. Moliya vazirligi xuzuridagi “Avtomobil yo’llarini rivojlantirish maqsadli jamg’armasi” xisobidan mablag’ ajratilgandan keyin ta’mirlasjh ishlari olib borilishini ma’lum qilamiz.
#Rasmiy_ munosabat

Xorazimliklar.uz telegram kanali orqali qilingan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Videomurojatda ko’rsatilgan yo’l Urganch yo’llaridan muntazam foydalanish davlat muassasasi qarashli davlat axamiyatiga ega D 219 “Urganch aylanma yo’li”ning 11-12 km lar oralig’i bo’lib, ushbu avtomobil yo’lining tamirlash ishlariga korxonamiz tomonidan reja va takliflar kiritilgan. 2025-yil davomida ajratilgan mablag’lar xisobidan joriy tamirlash ishlari bajarilishini ma’lum qilamiz.
#Rasmiy_ munosabat

urganch_bugun telegram kanali orqali qilingan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Videomurojaatda ko’rsatilgan yo’l Urganch yo’llaridan muntazam foydalanish davlat muassasasi qarashli davlat ahamiyatiga ega D 219 “Urganch aylanma yo’li”ning 6-8 km lar oralig’i bo’lib, tender savdolari orqali "Bunyodkor bumosher" MCHJ tamonidan yangidan kanalizatsiya quvurlarini yotqizish ishlari bo’yicha tender savdolarida g’olib bo’lgan. Bugungi kunda ishlar hali to’liq yakuniga yetmaganligi sababli avtotransport vositalariga noqulayliklar tug’dirmoqda, tez kunlarda kanalizatsiya quvurlarini yotqizish ishlari yakunlanadi va ushbu yo’l oldingi holatiga keltiriladi.
#Rasmiy_ munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali «XORAZMBUGUN/24» kanalida tarqalgan “Shovot tumani va Turkmaniston chegarasidagi yo‘l nomiga tuzatishmoqdami?” sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan video murojaat yuzasidan quydagilarni ma’lum qilamiz.
Murojaatda ko‘rchatilgan yo‘l umumiy foydalanishdagi davlat ahamiyatiga ega D216 “Urganch sh. — Shovot sh. — Turkmaniston chegarasi” avtomobil yo‘li ekanligi hamda ushbu yo‘lning 36-56 km qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi PQ-454 sonli qaroriga asosan rekonstruksiya qilinishi belgilangan.
Pudratchi korxona Xorazm yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan avtomobil yo‘lida 20 km qismida ta’mirlash ishlarib olib borilayotgan bo‘lib, trasport vositalari xarakatini to‘htovsiz xarakatlanishi uchun ta’mirlash ishlari 2 bosqichda, yani birinchi bosqichda Turkmaniston Respublikasi chegarasidan Shovot tuman markaziga qarab 10 km uzunlikdagi qismida pudratchi korxona tomonidan asfalto’beton yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
Qisqa muddatlarda asfaltobeton yotqizilib transport vositalari xarakatlanishi uchun yo‘l ochib berilgandan keyin ikkinchi bosqich yani, Shovot tuman markazigacha bo‘lgan 10 km qismida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Ushbu ta’mirlash ishlari boshlangunga qadar aholiga qulayliklar yaratish, trasport vositalari xavfsiz va rovon xarakatlanishi uchun vaqtinchalik xarakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtomobil yo‘lining yuzasiga asfaltobeton bilan sirtki ishlov berilib avtomobil yo`lining holati yaxshilanganligini ma’lum qilamiz.
#Rasmiy_ munosabat


Ijtimoiy tarmoqlar orqali «XORAZMBUGUN/24» kanalida tarqalgan “Urganchda yo‘l bor, lekin e’tibor yo‘q: 4-daha va Gurlan ko‘chasi oralig‘i qachon ta’mirlanadi?” sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan video murojaat yuzasidan quydagilarni ma’lum qilamiz.

Murojaatda ko‘rchatilgan yo‘l Urganch shahrida joylashgan 4-daha va Gurlan ko‘chasi oralig‘idagi yo‘l Baynalminalchi ko‘chasida bo’lib, ushbu avtomobil yo’li O’zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktyabrdagi O’RQ-117-sonli “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunining 7,10,13 moddadalarida shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lishi hamda moliyalashtirish mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilganligi, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarorida Tuman (shahar)lardagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari tegishli tuman (shahar) Obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ichki yo‘llarni saqlashda obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi tuman (shahar) markazlari ichki yo‘llarini va yo‘lbo‘yi hududlarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari, shuningdek, saqlash bo‘yicha kompleks ishlar amalga oshiriladi, ushbu mahalladan o‘tgan ichki yo‘llar muassasaga taalluqli emasligini ma’lum qilamiz.
#Rasmiy_ munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali «XORAZMBUGUN/24» kanalida tarqalgan Qo‘shko‘pir tumani markazidan o‘tkan mahalliy ahamiyatdagi 90 V 025 ««Urganch-Xiva» a/y-Qoromon k- Qo'shko'pir k » avtomobil yo‘lining 15-16 km qismini ta’mirlash masalasida yo‘llagan murojaatingizga asosan, Qo‘shko‘pir tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasining rasmiy munosabati.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2021-yil 8-sentabrdagi 130-son bayoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi 98-son karori va 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-sonli qaroriga asosan, Investitsiya dasturi doirasida 2024-2025-yillarda “Qo‘shko‘pir tumani markazi oqova suv tizimlarini yangidan qurish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu dastur asosida tuman markazidagi “Mustaqillik” ko‘chasidan o‘tgan 90 V 025 avtomobil yo‘lining 15-16 kilometri oralig‘ida kanalizatsiya tarmoqlarini yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan loyiha 2024-2025-yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, kanalizatsiya tarmoqlari to‘liq qurib foydalanishga toshirilganidan keyin murojaatda ko‘rsatilgan yo‘lni ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan.
#Rasmiy_ munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "QORAQALPOG‘ISTON.R VA XORAZM VILOYATI O‘RTASIDAGI AMUDARYODA KO‘PRIKIDAGI XOLATGA KIM JAVOB BERADI” sarlovhasi orqali tarqalgan video murojaat yuzasidan quydagilarni ma’lum qilamiz.

Murojaatda ko‘rsatilgan ko‘prik umumiy foydalanishdagi davlat axamiyatga ega (4R-161) D218"Urganch sh. –Cholish q.-Beruniy sh." avtomobil yo‘lini 13 km qismida joylashgan “Amudaryo daryosi” ustidan o‘tadigan uzunligi 677 pm ni tashkil etadigan ko‘prik bo‘lib, ushbu ko‘prik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 dekabrdagi PQ-535-sonli qaroriga asosan 2008 yilda “Ko‘prikqurilish” AJ tomonidan qurilish ishlari boshlanib 2012 yilda qurib bitkazilgan.
Biroq bosh pudratchi tomonidan ko‘prikda qurilish ishlari tugallangan bo‘lsada Xorazm viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi korxonlarga foydalanish uchun topshirilmagan.
Shu sababli xozirgi kunda ushbu ko‘prikni saqlash va sodir bo‘lgan nuksonlarni baratarf qilish choralarini ko‘rish imkoni bo‘lmayotganligini ma’lum qilamiz.
#Rasmiy_munosabat

“KOMPORUZ” telegram ijtimoiy tarmoq orqali kelib tushgan Bog‘ot tumanida joylashgan “E’zoz market” oldidagi ko‘prikning temirbeton panjarasi ta’mir ta’lab ekanligi to‘g‘risidagi murojaat yuzasidan rasmiy_munosabat .


Murojaat boʼyicha Bog‘ot tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan  o‘rganilganda, ushbu ko‘prik Xorazm viloyati Bog‘ot tumani xududidan o‘tuvchi davlat ahamiyartida D220 "Bog‘ot q. – Yangiariq q. – Xiva sh. – Qo‘shko‘pir q.– Shovot sh. – Gurlan sh." a/yulining 2,5-km dagi “Bogot-2 zaxkashi” ko‘prigi ekanligi aniqlandi.

O’rganish natijasida ushbu ko‘prikning temirbeton panjarasi ta’mir ta’lab ekanligi aniqlandi va xozirgi kunda ta’mirlash choralari ko‘rilib, ushbu ko‘prikdagi yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda .
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Urganch tumani xalq tili bilan aytilganda tosh bozor yo‘li ta’mirtalab holatda ekanligi aytilmoqda” mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan, bosh boshqarma va tegishli korxonalar mutaxassislari tomonidan joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
O’rganishda murojaatda ko‘rsatilgan yo‘l, umumiy foydalanishdagi davlat axamiyatga ega D 219 “Urganch aylanma yo‘li” avtomobil yo‘lining 11-12 km oralig‘i ekanligi hamda haqiqatdan ham ta’mirtalabligi aniqlandi.
Xozirgi kunda ushbu avtomobil yo‘lining ta’mirtalab 11 - 12 km, yani murojaatda ko‘rsatilgan qismini ta’mirlash uchun manzilli dastur shakillantirilib, zarur mablag‘ ajratilgan bo‘lib, joriy yilning iyun -iyul oylarida asfaltobeton yotqizilib yo‘lning xolati yaxshilanishini ma’lum qilamiz.