XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.71K subscribers
8.29K photos
1.15K videos
9 files
5.22K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #seminar_trening #matbuot_kotiblar #AOKA

Кадастр агентлигида Матбуот котибларнинг малакасини оширишга қаратилган “Ахборот хизмати фаолияти самарадорлигини оширишга қаратилган замонавий PR ёндашувлар” мавзусидаги семинар-тренинг якунланди.

Семинарда малакали Медиа тренерлар Беруний Алимов, Гулнора Нишонова ва Гулмира Шукуровалар томонидан матбуот котиблар фаолиятини тўғри йўлга қўйишга хизмат қилувчи кўникмалар шакллантирилди.

Шунингдек, матбуот котиблар Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигида (АОКА) бўлиб ўтган матбуот анжуманида иштирок этишди ҳамда АОКА фаолияти билан таништирилди.

Семинар-тренинг якунида матбуот котиблар махсус сертификатлар билан тақдирландилар.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#AOKA #matbuot

Айни дамда “International hotel Tashkent” меҳмонхонаси залида “Ахборот хизматлари фаолияти: очиқлик, тезкорлик ва холислик бош мезон” мавзусида миллий конференция бўлиб ўтмоқда.

Конференция ташкилотчиси Ўзбекистон Республикаси Президенти
Администрацияси ҳузуридаги
Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги.

Конференцияда 180 га яқин вазирлик ва идоралар, давлат ташкилотлари ҳамда ҳокимликлар ахборот хизматлари иштирок этмоқда.

Telegram Instagram YouTube Facebook
🔹AOKAda brifing🔹

Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov brifingi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazildi.

#DavKadastrPalata #AOKA #brifing

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#AOKA #Brifing

😄Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 🌟Kadastr agentligi Matbuot kotibi N.Atamuratov tomonidan "Ko‘chmas mulklarga oid maʼlumotlarni UZKAD axborot tizimiga o‘tkazish ishlari" mavzusidagi Brifing bo'lib o'tdi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi 198-son Farmoniga asosan, UZKAD axborot tizimi ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi maʼlumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilangan.

🟢Bunda:

💬 Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish UZKAD tizimidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi va bu maʼlumotlarning haqqoniyligi davlat tomonidan kafolatlanadi;

💬Jismoniy va yuridik shaxslarga soliqlarni hisoblash, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, davlat xizmatlari, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko‘rsatishda ko‘chmas mulkka oid barcha maʼlumotlar tegishli davlat organlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarga UZKAD tizimi orqali taqdim etiladi;

💬 Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar va ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha «mulk tarixi»ga oid maʼlumotlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq bo‘ladi.


🎬 Batafsil videoda 🎬

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1